Releli himoya va avtomatika qurilmalariga nosinusoidal rejimning ta’siri


Download 358.63 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi358.63 Kb.
#211584
Bog'liq
Mustaqil ish



Mustaqil ish 

6-variant 



Releli himoya va avtomatika qurilmalariga nosinusoidal rejimning 

ta’siri

 

Zamonaviy elektr energetika tizimlarining (EET) o’ziga xos xususiyati 



shundaki, EET uskunilarining asosiy qismini to’g’irlagichlar, invertorlar, chastota 

o’zgartirgichlari, uzluksiz manba agrigatlari va boshqa iste’molchilar tashkil qiladi 

va ularning volt-amper xarakteristikalari chiziqli emas. 

Bunday iste’molchilarning mavjudligi o’zgaruvchan tok manbaida salbiy 

ta’sirlarni keltirib chiqaradi ya’ni tok va kuchlanishning yuqori garmonika tashkil 

etuvchilarinining ishlab chiqarilshini ko’zda tutadi. Tok va kuchlanishning yuqori 

garmonika tashkil etuvchilarini, o’z navbatida  EETlarida rezonans hodisasini kelib 

chiqish ehtimolini oshiradi, maxsus hisoblash texnikalarini, releli himoya va 

avtomatika qurilmalarini turg’un ishlashini buzadi hamda asosiy elektr 

qurilmalarining izolyatsiyasini eskirish teziligini oshiradi va shu bilan birga 

iste’molchilarning elektr ta’minoti ishonchliligini pasaytiradi. 

Releli himoya va avtomatika qurilmalariga nosinusoidal rejimning ta’sirini 

ko’rib  chiqsak.  Releli  himoya  va  avtomatika qurilmalarining  asosiy  vazifalaridan 

biri  tarmoqni  uzluksiz  nazorat  qilishdan  iborat  bo’lib  bunda  u  tarmoqqa  parallel 

ulangan  kuchlanish    transformatori  va  tarmoqqa  ketma-ket  ulangan  tok 

transformatorlari  orqali  bajaradi.  Tarmoqdagi  tok  va  kuchlanishning  qiymati 

o’lchov transformatorlarning ikkilamchi qiymatlari orqali nazorat qilinadi. 

 

1-rasm. Elektromexanik relelarning o’lchov tranformatorlari bilan bog’lanish 



sxemasi 


2-rasm. Mikroprosessor releli himoyasining signallarni qabul qilish va 

uzatish prinsipal sxemasi. 

 Yuqoridagi 1 va 2-rasmlardan ko’rinib turibdiki tarmoqdagi barcha normal 

bo’lmagan holatlar shuningdek nosinusoidal rejimdagi tarmoqning tok va 

kuchlanishlar qiymatlari ham releli himoya va avtomatikalarga o’z ta’sirini 

ko’rsatadi va ularning noto’g’ri ishlashiga yoki ishlamasligiga olib keladi. 

Releli himoya va avtomatika qurilmalarining ishonchli ishlashini 

ta’minlash uchun tarmoqdagi normal bo’lmagan halaqitlar va nosinusoidal 

qiymatlarni bartaraf etsh lozim.  

Nosinusoidallikni kamaytirishning eng oddiy usuli egri chiziqli yuklamani 

ko’p cho’lg’amli transformatorni biror cho’lg’ami ulangan seksiya shinasiga yoki 

reaktorga ulash. 

Aktiv filtrlardan foydalanish(3 va 4 -rasm). 

 

3-rasm. Uch fazali tarmoqqa ketma-ket ulangan aktiv filtrlarning asosiy 



qismi. 


 

 

4- rasm. Mikroprosessor releli himoyalarda filtirlarni qo’llanilish. 



3- rasimdan ko’rinib trubdiki aktiv filtirlarning asosini indiktivkik va 

kondensatorlar tashkil qiladi. Aktiv filtirlar qo’llanilganda ta’minlovchi 

tarmoqdagi tok va kuchlanishning katta qiymatdagi garmonikalarini ushlab qoladi. 

 

5-rasm. Nosinusoidal kuchlanishning aktiv filtrlar orqali filtrlanishini 



ossologrammasi. 

Xulosa qilib shuni aytamizki tarmoqdagi nochiziqli iste’molchilarni bishqarish 

orqali biz elektr energiyasi sifat ko’rsatgichlarini ruxsat etilgan qiymatlarda ushlab 

turishga erishamiz. 

 

 

 



 

 


Foydalanilgan adabiyotlar 

1. Управление качеством электроэнергии  при несинусоидальных 

режимах (А.В. АГУНОВ). 

2. Rele himoyasi va avtomatikas (T. Dadajonov) 

3. 

www.ziyo.net.com



 

  

 



 

Download 358.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling