Relyef turlarini va shakllarini aniqlash va tahlil qilish


Download 96.22 Kb.
bet5/7
Sana11.03.2023
Hajmi96.22 Kb.
#1261365
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
RELYEF TURLARINI VA SHAKLLARINI ANIQLASH VA TAHLIL QILISH

Strukturali platolar qattiq cho‘kindi va magmatik (masalan, trapplar) jinslardan tuzilgan bo’ladi.
Vulkan lavalari oqib chiqib, yuzadagi avvalgi baland-pastqamliklarni to‘ldirishidan, vulkanik platolar hosil bo’ladi.
Balandliklar va tog’lar denudatsiya ta’sirida emirilib tekislikka aylanishidan denudatsion tekisliklar vujudga keladi.
Ularning yuzasi yassi (gorizontal), qiya, qabariq yoki egilgan bo’lishi mumkin. Geologik tuzilishi va ekzogen jarayonlar ta’siriga ko‘ra akkumulyativ va denudatsion tekisliklarga bo’linadi.
Mutloq balandligi 1000 m gacha yoki undan yuqori bo’lgan ancha parchalangan yuzali, gorizontal yotuvchi tog’ jinslaridan tashkil topgan tekis yoki to‘lqinsimon tekislik va qirlar yassitog’ deyiladi.
Tog’liklar ham tog’ tizmalari, ham yassitog’lar, ham tog’ vodiylarini o‘z ichiga olgan katta tog’li hududlardir (masalan, Pomir, Eron, Tibet tog’liklari).
Tog’lar-yer po‘stining burmali yoki burmali palaxsali tuzilishga ega bo’lgan, qisqa masofada balandliklar keskin o‘zgaradigan, balandligi turlicha bo’lgan keng hududlardir. Ular gipsometriyasi bo‘yicha

  • past (1000 m gacha),

-o‘rta (1000 m dan 3000 m gacha) va
-baland (3000 m dan yuqori) tog’larga bo’linadi.
Okean va dengizlarning gipsometriyasi batimetriya (lotincha-chuqurlikni o‘lchash) deyiladi. Batimetrik farqlar bo‘yicha ajratiladi:

  • dengiz tagining neritik zonasi (chuqurlik 0-200 m),

-batial zona (200-3000 m),
-abissial zona (3000-6000 m) va
-gipabissial zona (6000 m dan chuqur).
Relyefning morfografik va morfometrik xaraktyeristikasi katta amaliy ahamiyatga ega. Bu ma’lumotlarni bilmay turib binolarni qurish, temir va avtomabil yo‘llarini o‘tkazish, turli meliorativ ishlarni amalga oshirib bo’lmaydi.

Download 96.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling