Renessans ta’lim universiteti 401-tarix Mamatov Sobirning O’zbekiston tarixi fanidan qo’chimcha


Markaziy Osiyoda arab tili va grafikasining keng tarqalishi


Download 114.83 Kb.
bet3/3
Sana27.10.2023
Hajmi114.83 Kb.
#1725830
1   2   3
Bog'liq
Markaziy Osiyoda arab grafikasining tarqalishi.

Markaziy Osiyoda arab tili va grafikasining keng tarqalishi.

XIII-XIY asrlarda mo‘g‘o‘llar bosqini bilan bog‘liq holda bu yozuv bir oz e’tibordan chetda qolgan bo‘lsa ham, u Eron va O‘rta Osiyoda XYII asr oxiri-XYIII asr boshlarigacha hukmronlik qilgan. Uni mashhur xattot Ahmad Tabriziy bir oz o‘zgartirgan va uni nasta’liq yozuviga yaqinlashtirgan. Garchi XIY asr oxirida yangi nasta’liq yozuvi paydo bo‘lib, uni bir oz chekkaga surgan bo‘lsa ham, nasriy asarlarning ko‘pchilik qismi nasx yozuvida kitobat qilingan va XX asr boshlarigacha nasx yozuvi bilan nasta’liq yozuvi xattotlar uchun asosiy yozuv turi bo‘lib xizmat qilgan.
Markaziy Osiyoda arab tili va grafikasining keng tarqalishi.
Arablar islom dini bilan birga Xuroson va Movaraunnahrga о‘z yozuvlarini ham olib kirganlar. Bu yozuv asta-sekin bu hududlarda tarqala boshlagan va Abbosiylar hukmronligining ikkinchi asri о‘rtalarida (X asr boshlarida) Eron hududida amalda qо‘llanib turgan pahlaviy yozuvini va О‘rta Osiyodagi yozuvlarni butunlay iste’moldan siqib chiqargan. Arab yozuvining bunchalik tez tarqalishiga sabab, birinchidan, muqaddas kitob hisoblangan Qur’oni karim shu yozuvda yozlgan bо‘lsa, ikkinchidan, arab yozuvi mavjud mahalliy yozuvlarga qaraganda soddaroq va о‘rganish qulay yozuv bо‘lgan.
Xuroson va О‘rta Osiyoning mahalliy aholisi arab yozuvini hech bir о‘zgarishsiz qabul qilgan, lekin bu yangi yozuvga о‘tish jarayoni ancha uzoq davom etgan. Shuni ta’kidlash lozimki, arab tilida bor bо‘lib, mahalliy tillarda yо‘q bо‘lgan tovushlarni bildiruvchi harflar ham mahalliy aholi tomonidan qabul qilingan. (se, zol, xoyi huttiy, ayn, itki, izgi, sod, zod harflari). Bu harflar ifodalangan tovushlar fors va turkiy tillar fonetikasiga yot tovushlardir. Lekin bu harflar qabul qilinib, ular fors va turkiy tillardagi о‘sha tovushga eng yaqin tovush sifatida talaffuz qilingan. Mas., se, sod harflari sin harfi kabi, zol, zod, izgi harflari ze harfi kabi, itqi harfi te kabi, hoyi huttiy harfi hoyi havvaz kabi talaffuz qilingan. Har holda rab yozuvi fors va turkiy tillar fonetikasi uchun mos va talabga javob beradigan darajadagi yozuv emas edi.
Chunki arab yozuvi fors va turkiy tillardagi tovushlarning hammasini ifodalay olmas edi. Shuning uchun fors va turkiy tillarda mavjud bо‘lgan p, g, ch tovushlari va fors tilining о‘zida mavjud bо‘lgan j tovushi dastlabki paytlarda arab yozuvidagi be, kof, jim, ze harflari yordamida yozilavergan. Xuroson hududida arab yozuvini birinchi bо‘lib kim va qayerda fors tili ishlatilagnligi noma’lum. Lekin har holda bu jarayon Xurosonning har yer-har yerida oxitiyalik ravishda amalga oshgan bо‘lsa kerak. Bu yozuvni qо‘llashga hukmronlarning ma’muriy-hо‘jalik ehtiyojlari ham sabab bо‘lgan bо‘lsa kerak, chunki arab yozuvi mahalliy yozuvlarga qaraganda soddaroq, ishlatishga qulayroq va tez yozish uchun mos yozuv bо‘lgan.
O‘rta asrlarda yozuvlarning amaliy san’at darajasiga ko‘tarilishi. Xattotlik san’ati.
Arab harflari asosidagi fors va turkiy tillar yozuvining shakllanishi uch bosqichni о‘z ichiga oladi:
1-bosqich. Bu yozuvning shakllanishi va taraqqiyotining boshlanish bosqichi. Arab yozuvi fors va turkiy tillar uchun qо‘llana boshlagan dastlabki paytda ayrim muammolar yuzaga chiqqan, chunki bir tilning harflari ikkinchi bir til uchun ishlatilganda bunday muammoning yuzaga kelishi tabiiy edi. Mas., arab tilida mavjud bо‘lgan «al-» aniqlik artikli yoki sо‘z oxirida uchraydigan ta marbuta harfiga zarurat yо‘q edi. Chunki bu narsalarning о‘zi fors tilida ta marbuta ustidagi ikki nuqta olib tashlanib, xoyi havvazga aylantirilgan va u-e tovushini bildira boshlagan. Yoki arab tilida mavjud bо‘lgan hamza belgisi ayrim birikmalarda izofalikni bildirish uchun ishlatila boshlagan. Arab yozuvining fors tiliga moslashtirib olish IX asrda amalga oshgan.
2-bosqich. Bu bosqich arab harflari asosidagi fors va turkiy alifboning shakllanishi va bu bilan bog‘liq holda arab yozuvida sodir bо‘lgan ayrim sifat о‘zgarishlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda mahalliy filolog olimlar mahalliy tillarda mavjud bо‘lib, arab tilida yо‘q bо‘lgan tovushlarni yozuvda aks ettirish uchun tо‘rtta harf ijod etadilar va bu harflar pe, chim, je harflaridir. Bu harflarning yozuvda qо‘llana boshlashi X asrning boshlarida amalga oshgan.
3-bosqich. Bu bosqich arablarda mavjud bо‘lgan yetti yozuv turini о‘zlariga moslashtirish yо‘li bilan yangi yozuv turlarini ijod etish bosqichidir. Agar arablarda yozuvning yetti turi mavjud bо‘lgan bо‘lsa, (kufiy, muhaqqaq, rayhoniy, nasx, suls, tavki’, riqo), Xuroson va Movaraunnaxr qalam sohiblari о‘zlarining estetik didlari va badiiy qobiliyatlaridan kelib chiqib, XIY asr ikkinchi yarmidan boshlab, yuqoridagi yetti yozuv turini yanada rivojlantirganlar va ularning bazasida yana yangi tо‘rt yozuv turini ijod etganlar (ta’lik, shikastayi ta’lik, nastalik, shikastayi nasta’lik). Bular ichida keyinchalik eng keng tarqalgan yozuv nasta’lik yozuvidir.
Arab yozuvining harflaridagi egri va tо‘g‘ri chiziqli elementlarning о‘zaro uyg‘unligi, harflarning bir-biriga hajman mutanosibligi, bu harflar bilan aniq va chiroyli qilib yozishga bо‘lagn intilish mahalliy xattotlarga ijodiy izlanish va о‘zlaridagi estetik talabni qondirishlari uchun ulkan va tuganmas imkoniyatlar eshigini ochib bergan.
О‘rta asrlarda Xuroson va Movarounnaxrda ma’naviy va ruhiy madaniyat juda kо‘p aspekt va shakllarda namoyon bо‘lgan. Shu shakllardan biri shubhasiz, xattotlik san’ati edi. San’atning bu turi aholi о‘rtasida juda yuqori baholanagn. U yuksak zakovat va iqtidorning mezoni hisoblangan. Shuning uchun bu san’at turi e’zozlangan va yuqori qо‘yilgan.
Barcha musulmon о‘lkalarida bо‘lgani kabi, Xuroson va movarounnaxrda ham islom dini tasviriy san’atni cheklagan edi. Shuning uchun xattotlikdagi badiyat juda kо‘p sohalarda, xoh u me’morchilikda bо‘lsin, xoh sopol idishlar hunarmandligida bо‘lsin, xoh tо‘quvchilikda, kashtachilikda bо‘lsin, xoh kitob yaratish sohasida bо‘lsin, naqshinkor bezak san’ati qurilmalarining asosini tashkil etgan. Ayniqsa qо‘lyozmalarda kitoblarni rasmlar bilan bezash ancha cheklangan bо‘lganligi sababli, ular asosan chiroyli yozish yо‘li bilan san’at asari darajasiga olib chiqilgan. Shuni ham aytib о‘tish joizki, xattotlikdagi bor mahoratni ishga solib yaratilgan qо‘lyozma kitoblar kо‘pchilik kitobxonlar massasi uchun yaratilmas edi.
Chunki u juda qimmat turar edi va u xattotning mehnati uchun haq tо‘lay oladigan tabaqa uchungina yaratilar edi. Bitta qо‘lyozma kitobni yozib vujudga keltirguncha Yevropada murakkab kompozotsiyaga ega bо‘lgan ulkan kartinani yaratishga ketganchalik vaqt va mehnat sarf bо‘lar edi. Bunday qо‘lyozmalarni yaratishga juda qattiq talablar qо‘yilar edi. Qо‘lyozmaning hajmi qanchalik katta bо‘lmasin, boshdan oyoq u bir xil katta-kichiklikda va bir xil yozuv turida yozilgan bо‘lishi shart edi. Harflar va ularning о‘zaro bog‘lanishidagi mutanosiblik, egri va tо‘g‘ri chiziqlar yо‘g‘on va ingichka chiziqlarning о‘zaro uyg‘unligi, sо‘zdagi harflarning va satrdagi sо‘zlarning о‘zaro joylashishi va shu kabi professional detallar qо‘lyozma yaratilib bо‘lganidan keyin mutaxassis olimlar uchun juda katta munozara va baxs uchun material bо‘lib xizmat qilar edi. Bu uslubda yaratilgan qо‘lyozmaning taqdiri ham oldindan hal bо‘lar edi. U biror hukmdorning shaxsiy kutubxonasini yoki saroydagi kutubxonaning javonini bezab turadigan kitob bо‘lar edi.
Shaxsiy kutubxonalarda bunday qо‘lyozma kitoblarni saqlash amaldorlar uchun havas hisoblanar edi. Shuning uchun Xurosonning shahanshoxlari, Movarounnaxrning hoqonlari, Hindistonning rojalari bunday qо‘lyozmalarga buyurtmalar berganlar, ularni qidirib topganlar va Yevropada qirol va imperatorlar qimmatbaxo kartinalarning tо‘plamini saqlaganlari kabi, qо‘lyozmalarning majmuasini yig‘ib, kutubxonalar tashkil etganlar va ularni asrab-avaylaganlar.
Xulosa qilib aytish mumkinki, о‘tmishda yaratilgan qо‘lyozmalarimiz bizning ma’naviy qadriyatlarimizning muhim elementlaridan biridir.
XIV asrgacha asosan arab yozuvi mumtoz turlari kufiy, nasx va suls iste’mol etilgan bo‘lsa, XV asrdan boshlab yangi yozuv nasta’liq yozuvi turi Temuriylar davrida Mir Ali Tabriziy nomli xattot tomonidan ixtiro etilib, iste’molga kiritildi bu yozuv badiiy va tarixiy asarlarda yetakchi o‘rin egalladi.
Amir Temur va temuriylar davrida yozuvlar amaliy san’at darajasiga ko‘tarildi va xattotlik san’at darajasiga ko‘tarildi. Husayn Boyqaroniig saroy kutubxonasida o‘sha davrning ko‘plab mashhur rassomlari: Kamoliddin Bexzod, Mirak Naqqosh, Qosim Ali, Mahmud Muzaxxib (zarhallovchi usta), Shox Muzaffar, Sulton Muxammad, Dust Muhammad, Abdurazzoq, xattotlar Sulton Ali Mashxadiy, Mu­xammad ibn Nur, Darvish Muxammad Toki, Muhammad Xandon, Muxammad ibn Asxor, Sher Ali va boshqalar ishlashgan.
Download 114.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling