Renessans ta’lim universiteti bolalarning savod o‘rgatish jarayoniga tayyorgarligini o`rganish mavzusidagi kurs ishi bajardi
Alifbogacha tayyorgarlik va alifbo davri
Download 167.61 Kb.
|
Bolalarning savod o’rgatish jarayoniga tayyorgarligini o’rganish
1.2. Alifbogacha tayyorgarlik va alifbo davri.
Analitik-sintetik (tahlil-tarkib) tovush metodida savod o'rgatish jarayoni 4 oy davom etadi. Bu jarayon quyidagi 2 davrga bo'linadi: a)Alifbogacha tayyorgarlik davri (2 hafta); b) Alifbo davri (31 dekabrgacha davom etadi). Alifbogacha tayyorgarlik davri. Bu davrning asosiy vazifasi o'quvchilarnimaktab, sinf, tartib-intizom qoidalari va o'quv qurollari bilan tanishtirish, nutq o'stirishga oid mashqlar o'tkazib, fonematik eshitishni o'stirishdan iboratdir.Alifbogacha tayyorgarlik davri, o'z navbatida quyidagi 2 bosqichga bo'linadi: 1. Harf o'rganilmaydigan bosqich (1 hafta). 2. Unli tovush va ha/f о'rganiladigan bosqich (1 hafta). 1-bosqichda o'quvchilarga og'zaki va yozma nutq haqida, gap,so'z, bo'g'in va tovushlar haqida, nutqning gaplardan, gaplarning so'zlardan tuzilishi, so'zlaming bo'g'inlarga bo'linishi, bo'g'inlarning tovushlardan tashkil topishi haqida ma’lumot beriladi, tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajratilishi o'rgatiladi, ulardan amaliy foydalana bilish ko'nikmalari hosil qilinadi. Bu jarayonda maxsus nusxalar asosida o'quvchilaming bog'lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga,,Alifbe“da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o'zlari bilgan she’r, ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalqashulalari, alia, qo'shiqlar, latifalardan ayttiriladi.Tayanch so'zlar asosida gap tuzdirish, „Alifbe" sahifalaridagi so'zlaming talaffuzi, o'qilishi va ma’nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi (Bu tarzdagi ishlar har bir darsda mavzularga bog'liq ravishda izchil davom ettirib boriladi).Bu bosqichdagi yozuv darslarida o'quvchilar yozuv daftari va yozuv chiziqlari bilan tanishtirilib, harf elementlarini yozishga o'rgatiladi,ularda namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash - o'z-o'zini tekshirish,harf oralarining tengligiga rioya qilish, chamalab yozish kabi ko'nikmalar hosil qilinadi. 2-bosqichda unli tovush-harflar o'rgatiladi. Bunda ularning quyidagiuch xususiyatini o'quvchilar amaliy ravishda puxta egallashlarigaerishish lozim: a) talaffuzda (og'izda) to'siqqa uchramasligi; b) cho'zib aytilish; d) faqat ovozdan tashkil topishi. Shuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o'rgatish ko'zda tutiladi. Ushbu bosqichdanoq tovush va harf o'rtasidagichegaraga qat’iy rioya qilinadi. Bolalarga tovush haqidagi ma’lumotlar kitob ochtirilmay beriladi. Tovushni ifodalovchi harf ko'rsatilgach,harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid o'ziga xos xususiyatlar(tovushlami talaffuz qilamiz, eshitamiz; harflarni yozamiz, ko'ramiz, o'qiymiz) ham izchil ravishda o'quvchilaming o'zlashtirishlarini hisobga olgan holda sekin-asta tushuntirila boriladi. Download 167.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling