Renessans ta’lim universiteti o‘qish savodxonligi darslarida qayta hikoyalash turlaridan foydalanish. Kurs ishi bajardi
Download 111.72 Kb.
|
Kurs ishi
Tanlab o’qitish:
a) Mirak naqqosh navkariga yalinib-yolvorgan qismigacha o’qing. b) Mirak naqqosh Ulug’ amirning shartini qabul qilgan qismigacha o’qing. Lug’at ustida ishlash: Munshiy jome masjid, tilxat, falakning gardishi, boshni tanadan judo qilish kabi so’z va iboralar. Yangi mavzuning bayoni: Asarni o’qishga tayyorgarlik. O’qituvchining hikoyasi. Shoh va shoir Mirzo Bobur temuriylar avlodidan edi. U taqdir taqazosi bilan Hindistonga borib, uyerda katta davlat tuzdi. Shu yurtni obod qilishga o’z hissasini qo’shdi. Bobur nafaqat shoh, balki shoir, tarixchi, biolog, musiqachi va me’mor ham bo’lgan. Uni dovyurak, jasur va epchil bo’lgani uchun “Bobur”, ya’ni “Yo’lbars” deb ataganlar. Bobur Hindistonda yashar ekan, o’z yurtini. Andijonu Farg’onaning so’lim bog’larini, shirin-shakar mevalarini qo’msaydi. Shuning uchun u Hindistonda go’zal bir bog’ yaratadi. Bu bog’da shirin-shakar mevalar yetishtiriladi, polizda esa piyoz, sabzi bodring, tarvuz bitadi ammo handalak bilan qovun bo’lmaydi. Shoh ketma-ket 3 yil qovun ektiradi, biroq dehqonlar yerdan qovun olisha olmaydilar. Shoh Bobur bu yil ham qovun ekib pishirmasalaring, hammangizni jazolayman deb g’azablanadi. XULOSA Xulosa shundan iborat bo’ldiki, odatda o‘qituvchining o‘quvchilargi bir xil qolipda dars o‘tishi an'anaga aylangan. Endilikda esa o‘quvchilarga mustaqil topshiriq bеrish, darsga mustaqil tayyorgarlik ko‘rib kеlish, bеrilgan mavzu yuzasidan erkin fikr bildirishni yangi usulda dars o‘tishni asosi dеb bilamiz. Noan'anaviy usulda biz o‘quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruhlarga bo‘lib dars o‘tishimiz mumkin. Bunda har bir o‘quvchi bilan yakka tartibda ishlashga imkoniyat bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda dars o‘tishda asosan o‘yin uslubidan, modulli tеxnologiyadan fanlararo intеgratsiyadan foydalanish mumkin. Bu usullarning hammasi ham bolalardan mustaqil ishlashni, o‘z fikrini erkin bayon etishni, kеng fikrlashni talab etadi. O‘quvchi faol bo‘lishi uchun, avvalo o‘qituvchi faolligi talab etiladi. Darhaqiqat faollik-buguning eng muhim tushunchasi. Chunki, Vatanimiznng ravnaqi, ta'lim taraqqiyoti ko‘p jihatdan o‘qituvchi va o‘quvchilarning faolligi bilan chambarchas bog‘liq. Afsuski, faollikka daxldor ommaviylik borasida muammolarning borligi sir emas. Qirq daqiqa davom etadigan dars jarayonida bir og‘iz so‘zlamaydigan ―indamas‖ o‘quvchilar, darslikdan ko‘z olmaydigan o‘qituvchilar oramizdan ko‘plab topiladi. Biz adabiyotlar tahlili va tajriba – sinov natijalariga sutangan holda quyidagi uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqdik. Boshlangg‘ich sinf o‘qish darsligidagi 8-mart mavzusiga oid mavzularni o‘tishda: Bugungi kunda o`quvchilar ma'naviyatini shakllantirishga va rivojlantirishga kuchli ehtiyoj mavjudligini hisobga olgan holda, nafaqat yuqori sinf o`quvchilari ta'lim dasturida, balki boshlang`ich sinf o`quvchilari darsliklarida ham hadislardan o`rinli ravishda foydalanib borish, o`quvchilar ma'naviyatini shakllantirish vazifalari davrimizning eng dolzarb muammolari hisoblanadi. Bu muammolar o`quvchilarda yuksak ahloqiy fazilatlar: mеhr– oqibat, halolik, insonparvarlik, vatanparvarlik, hurfikrlilik, odamiylik kabi sifatlarni kamol toptirishga xizmat qiladi. qolavеrsa, bunday ilmiy–amaliy va o`quv jarayoni boshlang`ich sinf o`quvchilariga dars o`tishda hadislardan unumli va o`rinli foydalanish, ta'limning shakl va usullari uyg`unlashuvini kеltirib chiqaradi. Xususan, suhbat, bahs–munozara, aqliy hujum usullari, har xil tadbirlar va to`garaklar tashkilida, dars mashg`ulotlarini, ilg`or pеdagogik tеxnalogiyalar asosida tashkil etish natijasida hadislarni o`quvchilarga o`rgatish maqsadning tеz va aniq bajarilishini ko`rsatadi.Umuman, yakuniy xulosa qilganimizda, boshlang`ich sinf o`quvchilari ma'naviyatini ona haqidagi asrlar vositasida shakllantirganimizda boshlang`ich sinf o`quvchilari ma'naviy dunyosiga mos kеluvchi va ulardagi fikrlar ko`lamini kеngaytiruvchi, bunyodkor g`oyalarni shakllantiruvchi, ma'naviy bo`shliqning oldini oladigan, ta'lim tizimidan chеtga chiqmagan dastur ishlab chiqishimiz zarur. Va o`z navbatida ushbu dastur boshlang`ich sinflarda hadislarni o`qitish uchun o`quv qo`llanmada kеltirilgan didaktik o`yinlar, to`garak tashkillashtirish ishlari, bеrilgan badiiy kеchalardan sinfda va sinfdan tashqari ishlarni bajarish va olib borish jarayonida unumli foydalanish mumkin. Download 111.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling