Renessans ta’lim universiteti savod o‘rgatish tajribalarini tatbiq etish mavzusidagi kurs ishi bajardi
RENESSANS TA’LIM UNIVERSITETI
SAVOD O‘RGATISH TAJRIBALARINI TATBIQ ETISH
mavzusidagi
KURS ISHI
Bajardi: BT – 307 guruh talabasi
Xojiqulova Fazilat Nurmuhammedovna
Rahbar: “Pedagogika va ijtimoiy fanlar”
kafedrasi dotsenti v.b.Marufova Z.N.,
fil.fan.b.falsafa doktori (PhD)
--------------------------
Toshkent – 2023
Mavzu: Savod o‘rgatish tajribalarini tatbiq etish
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………3
I BOB. SAVOD O‘RGATISH DAVSLARINING ASOSIY MAZMUNI VA UNI O‘RGATISHDAGI IZCHILLIK
1.1. Savod o`rgatih davrida o`quvchilarni o`qishga o`rgatish……..………………6
1.2. Savоd o`rgatish davrida grammatik оrfagrafik bilimlarni amaliy o`zlashtirish……………………………………………………………………….12
II BOB.SAVOD O‘RGATISH DAVSLARIDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH
2.1. Savod o`rgatish davrida interfaol metodlarni qo’llash orqali o`quvchilar faolligini oshirish……………………………………………………………...….18
2.2. Savod o`rgatish davrida interfaol usullardan foydalanish……………………21
Xulosa……………………………………………………………………….……31
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………33
KIRISH
Mavzuning dоlzarbligi. Mamlakatimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish maqsad qilingan va bu amalga oshirilayotgan ekan, bu jarayonda yoshlarning o’rni va roli alohida ahamiyatga ega. Zero, yoshlar bizning kelajagimiz, avlodlardan meros qolgan muqaddas zaminni yuksaltirish, ilg’or davlatlar darajasiga ko’tarish ularning bilimi, iste’dodi, jasorati, ma’naviy barkamolligiga bog’liq. Shuning uchun ham Prezidentimiz o’zining barcha asarlari va ma’ruzalarida yoshlar tarbiyasini markaziy o’ringa qo’yish bilan, uni davlat siyosati darajasiga ko’tardi. Bu haqida I.A. Karimov shunday yozadi : ,, Biz halqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi ,farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli , dono va albatta, baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz , beqiyos ahamiyat kasb etadi .“
Do'stlaringiz bilan baham: |