Rentgen apparatlari va rentgen nurlanishi


Download 140.79 Kb.
bet4/5
Sana11.05.2023
Hajmi140.79 Kb.
#1454276
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tibbiyot elektronikasi

Anodga yuqori kuchlanish berilganda anod sirtida tezlashgan elektronlar oqimi tufayli bombardimon sodir buladi. Hosil bulgan kinetik energiyaning bir qismi rentgen nurlariga, kup qismi issiqlik energiyasiga aylanadi. Rentgen apparati ishlayotganda xavfsizlikni taʼminlash uchun yuqori kuchlanish ostidagi qismlari muhofaza qilib qoʻyiladi, signalizatsiya tizimi bo‘ladi; rentgen apparatining baʼzi qismlari va apparat oʻrnatilgan xona blokirovka qilinadi, rentgen nurlaridan himoya qilish vositalaridan foydalaniladi.

Tibbiyotda rentgen apparati yordamida organlarni koʻrish, suratini olishdan tashqari, flyuorografiya oʻtkazish mumkin. Muqim rentgen apparatiga organlarni qavatmaqavat kuzatish (tomografiya), yurak va qon tomirlarini kontrast tekshirish (antiografiya) uchun alohida moslamalar oʻrnatiladi. Rentgen apparatidagi elektronoptik oʻzgartirgich tekshirilayotgan obʼyektdagi eng mayda organ va boshqalarni ham koʻrish, uni kinoga olish hamda televizion yoʻl bilan kuzatish imkonini beradi.

Rentgen nurlanish - bu nurlanish tormozli va xarakteristik nurlanishlardan iborat. Uning paydo bo‘lishi rentgen trubkasining anodida katta tezlikka ega bo‘lgan (yadrodan tashqari jarayon) erkin elektronlarning tormozlanishi natijasida yuz beradi. Rentgen trubkasi ichidan havosi so‘rib olingan shisha ballondan iborat (3.1-rasm). Idish ichiga ikkita elektrod kavsharlangan anod 1 va katod 3. Spiral shaklidagi volfram simdan tayyorlangan katod tok manbai tomonidan yuqori temperaturalargacha qizdiriladi va elektronlar 2 nurlaydi. Trubkaning tormozli nurlanishni olish uchun foydalaniladigan anodi volfram va molibdendan qilingan plastina ko‘rinishda tayyorlanadi. Elektronlar zarur kinetik energiyaga ega bo‘lishlari uchun trubkaning anodi va katodiga yuqori kuchlanish (10 kv dan ortiq) beriladi.

2.1-rasm. Rentgen trubkasining sxemasi: 1 - anod, 2 - elektronlar, 3 - katod, 4 - katod uchidagi kontakt, 5 - rentgen nurlanish

Yuqori kuchlanishli elektr maydoni beradigan ma’lum tezlik bilan anodga tushayotgan elektronlar unda tormozlanadi va oxir oqibatda o‘z tezligini, binobarin, kinetik energiyasini ham yo‘qotadi. Bunda elektronlarning kinetik energiyasi qisman nurli energiyaga aylanadi, u buyumlar defektoskopiyasida foydlaniladigan tormozli nurlanish fotonlari ko‘rinishda ajralib chiqadi, uning katta qismi esa (~97%) issiqlik energiyasiga aylanadi. Hosil bo‘layotgan rentgen nurlanishning minimal to‘lqin uzunligi kvantning maksimal energiyasiga mos keladi.


Download 140.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling