Repetitsion test topshiruvchilar uchun savollar kitobi


Download 227.31 Kb.
bet3/6
Sana21.04.2023
Hajmi227.31 Kb.
#1374088
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nemis tili ona tili tayyor uzb guruh

MATEMATIKA

11. Sotuvchida 115 kg olma bor edi. U olmaning


x kilogrammini sotdi va unda 65 kg olma qoldi.
Quyidagi tenglamalardan qaysi biri masala
shartiga mos tuzilgan?
A) 115 − x = 65 B) x − 65 = 115
C) 65 − x = 115 D) x − 115 = 65

12. Agar bir qarich (taqribiy) 22 cm bo‘lsa, 308 cm


necha qarich bo‘ladi?
A) 14 B) 13 C) 16 D) 12

13. Avtomobil 100 km yo‘l yursa, o‘rtacha 8 litr


benzin sarflaydi. Avtomobil 550 km yo‘l yursa,
o‘rtacha necha litr benzin sarflaydi?
A) 46 B) 40 C) 42 D) 44

14. Rasmda jami nechta to‘g‘ri to‘rtburchak


tasvirlangan?

A) 5 B) 6 C) 3 D) 4
15. Amallarni bajaring: (132 + 18) : 5 · 3 − 10
A) 80 B) 0 C) 210 D) 90

16. 165468453 son necha xonali son hisoblanadi?


A) 11 B) 8 C) 10 D) 9

17. Hasan 8 ta har xil kitobdan birini ko‘pi bilan


necha xil usulda tanlab olishi mumkin?
A) 8 B) 7 C) 1 D) 4

18. Qirrasi 8 cm bo‘lgan kubning yoniga rasmda


ko‘rsatilganidek kichik kub joylashtirilgan.
Kichik kubning to‘la sirtini (cm2) toping
(kichik kubning qirrasi katta kub qirrasining
yarmiga teng) .

A) 384 B) 96 C) 216 D) 320

19. 1260000 so‘mning 20 %i necha so‘m bo‘ladi?


A) 232000 B) 242000


C) 252000 D) 262000

20. noto‘g‘ri kasrning butun qismi nechaga


teng?

A) 4 B) 3 C) 1 D) 2




O‘ZBEKISTON TARIXI

21. Quyidagilardan qaysi biri XX asrning birinchi


yarmida tashkil topgan?
A) Toshkent bekligi
B) Turkiston general-gubernatorligi
C) Samarqand xonligi
D) Buxoro Xalq Sovet Respublikasi

22. Quyidagi qaysi asar Amir Temurning harbiy


san’ati va davlat boshqarish uslubiga
bag‘ishlangan?
A) “Al-Komil fit-tarix” B) “Ravzat us-safo”
C) “Habib us-siyar” D) “Temur tuzuklari”

23. Turk xoqonligi davrida O‘rta Osiyoda


ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni toping.
A) Rofe ibn Lays boshchiligidagi qo‘zg‘olon
B) Abruy boshchiligidagi qo‘zg‘olon
C) “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni
D) Mahmud Torobiy boshchiligidagi qo‘zg‘olon

24. Buxoro xonligida hukmronlik qilgan so‘nggi


shayboniy hukmdorni toping.
A) Navro‘z Ahmadxon B) Pirmuhammad II
C) Ubaydullaxon D) Abdullaxon II

25. “Teatr − bu ibratxonadir” degan fikr qaysi


jadid namoyandasiga tegishli?
A) Fayzulla Xo‘jayev
B) Mahmudxo‘ja Behbudiy
C) Abdulla Qodiriy
D) Abdulhamid Cho‘lpon

26. O‘zbekiston Respublikasida Xalq deputatlari


viloyat, tuman, shahar Kengashlariga
deputatlar necha yilga saylanadi?
A) 6 yil B) 5 yil
C) 7 yil D) 3 yil

27. Qadimgi bitiklarni o‘rganish bilan


shug‘ullanuvchi maxsus fanni toping.
A) numizmatika B) epigrafika
C) lingvistika D) geraldika

28. 1878-yilda qaysi hududda mustamlakachilar


zulmiga qarshi Yetimxon boshchiligida
qo‘zg‘olon ko‘tarilgan?
A) Namanganda B) Samarqandda
C) Mingtepada D) Toshkentda

29. “Musiqa kitobi” asari muallifini toping.


A) Abu Ali ibn Sino
B) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
C) Ahmad al-Farg‘oniy
D) Abu Nasr Farobiy

30. Qaysi dostonda qoraqalpoqlarning ozodlik va


mustaqillik uchun fidoyilarcha kurashi
tasvirlangan?
A) "Qirqqiz" B) "Edigey"
C) "Alpomish" D) "Bo‘zatov"



Download 227.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling