Repititsion test topshiruvchilar uchun real education


ko’makchilar qaysi xususiyatiga ko’ra bir-biridan farq qiladi


Download 105.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana18.06.2023
Hajmi105.64 Kb.
#1555279
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
&7-sinf oylik 2023

ko’makchilar qaysi xususiyatiga ko’ra bir-biridan farq qiladi. 
1.ma’nosiga ko’ra ; 2.sof va vazifadoshligiga ko’ra ;3.qaysi kelishik shaklidan keyin kelishiga ko’ra ;4 .imlosiga ko’ra 
A)2 B)1,2,3 C)1,3 D)1,2,3,4
51. Qaysi asarda otashin va samimiy muhabbat kuylanib , islomiy e'tiqod yo’lida sobit tura oladigan iymonli kishilar madh 
qilinadi , ezgulik , mardlik va botirlik ulug’lanadi, zulm va zo’ravonlik , adolatsizlik qoralanadi? 
A) Yovvoyi yo’rg’a B) Yulduzli tunlar C) Ravshan dostoni D) O’tkan kunlar 
52. Ravshan dostonining nechi bo’g’inli vazni urush va jangavorlik holatiga mos keladi? 
A) 11bo’g’in B) 8bo’g’in C) 7 bo’g’in D) 11va 8 bo’g’inlarida
53.A. Navoiy asarlari haqida to’g’ri bo’lmagan tariflar berilgan javobni ko’rsating .
1. A. Navoiy " Muhokamat ul lug’atayn " asarida shunday yozadi . " Ilgimdan kelganicha zulm tig’in ushotib, mazlum 
jarohatig’a intiqom marhamini qo’ydum. Va ilgimdan kelmaganini ul Hazrat ga yetkurdim . 2. " Majolis un- nafois " asari 
, sharqda o’tgan mashhur shayxlar va so’fiylar hayotiga bag’ishlangan . 3. "Lison ut-tayr" asari Butun umr Navoiy 
xayolini band qilgan asar. 4. Sab' ai sayyor asarida yaxlit bir voqea hikoya qilinmay ,u fikr mulohaza , mushohada va 
tahlillardan iborat, maqolatlardan , kichik hajmli hikoyatlardan tuzilgan . 5. Mezon ul avzon asari aruzga doir asar 
hisoblanadi .
A) 1,2,4 B) 2,3,5 C) 1,3,5 D) 1,2,5 
54. " Agar yulduzlar odamga aylanib qolsa bormi, osmon ularga torlik qilib qoladi"- qaysi asardan olingan ? 
A) Ikki eshik orasi B) Ravshan dostoni C) Oq kema D) Qiyomat qarz 


55." Ravshan " dostoni haqida to’g’ri bo’lmagan hukmlar berilgan qatorni belgilang.
1. Bu dostonning sheriy qismi asosan 6, 8,11 bo’g’inli vaznda . 2. Yunus Parini Ko’hi Qofdan olib keladi va Bu pari 
Hasanxonni o’g’il qilib oladi . 3. Jiyronqush shunday ot . To’rt oyog’i teng tushgan biqini yoziq keng tushgan , 
qarchig’ayning havosi tekkan . 4. Hasanxon 3oylik yo’lni 20kunda bosib o’tadi . 5. O’zbeklar orasida " Ravshan " dostoni 
yuztadan oshadi . 6. " Yolg’iz bola yovdan yomon " deya Ravshanga nisbatan ishlatilgan . 
A) 1, 2,5 B) 2,3,5 C) 1,3,5 D) 1,2,3 
56. Oq kema asarida Mo’min cholga berilgan to’g’ri tarifni toping. 
1.xushnud damlari kamdan kam bo’ladigan qahramon 
2.ochiq ko’ngil, hatto sal pal biladigan odamiga ham Biron yaxshilik qilishga tayyor 
3.u doim davralarda qanday gapirdim, qanday o’tirdim ,bilib gapirdimmi , qanday javob qildim deya tashvish chekar, 
obro’si to’kilishidan cho’chirdi 
4. asar oxirida butun olamdan , odamlardan yuz o’girganday holga tushadi 
A) 1,2 B) 2,4 C) 2,3,4 D) 1,2,3 
57. Ravshan dostonida " egniga eski to’n kiyib, bir devona ahvolida " - deya qaysi obrazga ishlatilgan? 
A) Ravshan B) Go’ro’g’li C) Hasanali D) Qoraxon 
58. Navoiyning 1. Aruzga; 2. Tazkirachilikka doir asarlarini mosligini ko’rsating. 
A) 1. Muhokamat ul lug’atayn, 2. Lison ut tayr. B) 1. Mezon ul avzon, 2. Lison ut tayr 
C) 1. Mezon ul avzon, 2. Majolis un nafois D) 1. Munshoat, 2. Majolis un nafois 
59. Sab'ai sayyor dostoni qahramonlari haqida noto’g’ri berilgan tarifni toping.
A) Mehri munir - deya Mehrga ishlatilgan B) Zuhro yulduzidek - deya Mehr 
C) Zuhalvash - Suhaylga berilgan tariff D) Shatranj shohining sipohi deya Jobir nazarda tutilgan 
60. Sab'ai sayyor dostonida " odamzod orasida unga o’xshashi yo’q "- deya Kim aytilgan? 
A) Suhayl B) Mehr C) Navdar D) Numon
61. " Xudo inoyat etmasa , El jonidan qo’l yuvsin - umid uzsin " sabai sayyor dostonida Kim tarafidan aytilgan ? 
A) Navdar B) Numon C) Ovchi D) Kemachi 
62. Za'f, qosid , Jung so’zlarining manosi moslikda berilgan qatorni ko’rsating. 
A) kechish, xabar, oftob B) oftob, xabar, xabarsiz C) kasallik, xabarchi, kema D) kema , xabarchi, kuzatuvchi. 
63. Uvaysiyning qaysi g’azalida " ilohiy ishqdan o’rtanayotgan oshiq kechinmalari yer u ko’kni larzaga solishi " berilgan? 
A)Sog’indim B) Dog’ o’ldi C) Aylamakni mendan o’rgandi D) Uvaysiyman 
64. Sog’indim radifli g’azaliga berilgan tariflardan to’g’ri bo’lmaganlarini ko’rsating. 
1. " gada", " shohi davron" timsollari shoiraning intizorlik tuyg’ularini ifodalaydi. 2. Bu g’azalda shoira zohid bilan bahsga 
kirishishi sababbi yoritilgan. 3. Ushbu g’azalda o’zbek onalariga xos sifatlar va sog’inch iskanjasidagi ayol tuyg’ulari 
ifodalangan . 4. Ilohiy ishqdan o’rtanayotgan oshiq kechinmalari berilgan . 
A) 1,3 B) 3,2 C) 2, 3 D) 2,4
65. " banda-xanda" qofiyadosh so’zlaridagi raviy tovush qaysi ? 
A) n B) a C) d D) a va d
66. Zavqiyning zamona nosozliklari, illatlari to’g’risida yozgan sherlarini toping . 
1. Hajvi ahli rasta 2. Dar mazammati zamona 3. Ajab zamona 4. Ajab ermas 5. Bo’l 
A) 3,4,5 B) 2,3,4 C) 1,2,4 D) 2,3,5
67. Zavqiy qaysi asarida yurt kelajagi borasidagi o’zining armon , orzu va istaklarini yoritgan ? 
A) Hajvi ahli rasta B) Ajab zamona C) Ajab ermas D) Muncha ko’p
68." So’fini balosi ____ 
Qatig’lig’i o’xshamish danakka "- nuqta o’rnini to’ldiring .
A) Nazirbek B) Abduqodir C) Qosim D) Nusrat
69. Maxtumquli haqidagi to’g’ri hukmni ko’rsating
1. Maxtumquli Ozodiy taxallusi ko’plab sherlar yozgan. 2. No’g’ay domla qo’lida talim olgan. 3. 9 Yoshida bobosi va 
otasi izidan borib, xalq yo’lida qo’shiqlar to’qiy boshlagan . 4 . umumiy ijodi o’nming jildlik. 5. Turkman xalqiga xos 


g’urur , oriyat, ittifoqlik tuyg’ularini sherlarida iftixor bilan yozgan . 6. Otasi Davlatmand turkman adabiyotida alohida 
mavqega ega. A) 2,3,4 B) 3,5,6 C) 3,4,5 D) 1,4,6
70. Maxtumquli kimlar bilan aytishuv qilgan ? 
A) Turdi, Zunubiy B) Ozodiy va Marufiylar C)to’g’ri javob yo’q D) A va B javoblar
71. Zavqiyning Ajab ermas muxammasini Kim to’la matnda tiklab, matbuotda Elon qiladi ? 
A) Nosir Fozilov B) Mamarasul Boboyev C) Nizom Komil D) Rustamjon Tojiboyev
72. Maxtumqulining Adolat yaxshi sherida mechinchi bandini shoir faxriyasi deyish mumkin ? 
A) 1 va 2 bandlar B) so’ngi bandini yani 5 band C ) 4 bandini D) 3va 4 bandlar
73. Maxtumquli Adolat yaxshi sherida nimani "____bir darddir odam o’ldirmas, o’ldirmas lekin hayotda kuldirmas " deya 
tariflagan ? 
A) G’amginlik B) Yetimlik C) G’ariblik D) Faqir
74. Oq kema asari haqida berilgan tariflardan tòĝri bòlganlarini belgilang .
1. Shu asarda Odamlarning bir birini ĝajishi , odamning odamga ichi achimasligi berilgan . 2. Qaltis tashlangan qadamning 
qurboni bòlib, qaro yerda yotgan obraz haqida berilgan . 3. Asarda kamdan kam uchraydigan baxtli odam Bòkey xola . 
4. Aytilgan sòz- otilgan òq shu asarda ishlatilgan . 5. Oq kema asarida kema- mehru oqibat, diydor Ramzi . 
A) 1,4,5 B) 2,3,4 C) 1,3,4 D) 4,5
75. Qisqa so’zda ko’p Mano ifodalash mahoratiga ega bo’lgan ijodkor haqidagi to’g’ri malumotni toping . 
1. Uning birinchi sheri 17yoshida Elon qilingan 2. Ijodi 1924yildan boshlangan . 3. A. Qahhor insonni anglashga , uning 
ruhiy dunyosiga kirishga va odamning o’y tuÿg’ularini tasvirlashga intiluvchi ijodkor . 4. Uning bir asarida o’zi 
yashayotgan nobop sharoitga ko’nikmagan kishi fojeasi berilgan
A) 1,2 B) 2, 4 C) 3,4 D) 1, 4
76. " Dunyoda hayotidan qo’l yuvguvchiday tili uzun kishi bo’lmasa kerak"- deya Kim aytgan ? 
A) Anvar B) Shayx Sadiy C) Cho’lpon D) Hamza
77. Sharq allomalari tafakkuridan bahramand bòlgan ayni paytda donishmand sifatida Elda tanilgan ijodkor haqida tòĝri 
malumotni toping ? 
1. Xalqni marifatli kòrishni orzu qilgan . Haq va haqiqatni etiqodiga aylantirgan ijodkor. 2. Hamisha xalq orasida bòlgan , 
uning ehtiyojlarini orzu va istaklarini òz asarida yoritib bergan .3. Shoirning hayot va òlim , inson va odob axloqqa oid 
sherlarida islom dini va tasavvufiy qaradhlar yaqqol sezilib turadi 4. Umri davomida talay sherlar yozib , xalq olqishini 
olgan bòlsada , hayotlik choĝida ularni kitob holiga keltirmagan 5. Uning sherlarida Yassaviyning tasiri , Navoiyga 
izdoshlik chizgilari sezilib turadi 6. Firoĝiy taxallusi bilan qalam tebratgan shoir Niyozsolih domla maktabida talim olgan
A) 1,2,4 B) 3,4,5 C) 1,,3,5 D) 3,5,6, 
78. " Yorqinoy " dramasining muallifi Kim? 
A) Cho’lpon B) Qodiriy C) X. Soloh D) Qahhor
79. Azobli hayot tasirchan tasvirlangan sher qaysi ? 
A) Tug’ilish B) Go’zal C) Binafsha D) ona tilim
80. " Tabiatning o’tini yo’q o’tida , 
Sharaq - sharaq qaynab chiqqan buloqlar "- qaysi sherdan olingan ? 
A) Xalq B) Buzilgan o’lka C) Binafsha D) Tug’ilish
81. O’lka tabiatining go’zalligi va qismatning og’irligi yorqin ifodalangan sher qaysi ? 
A) Yo’l B ) Buzilgan o’lka C ) Kenja nevaram Shaxrizodga D) Tong
82. O’g’ri hikoyasida Aminga ishlatilgan maqollarni toping . 
1. Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi 
2. Uni begim deguncha kishining beli sinadi
3. Quruq qoshiq og’izni yirtadi
4. O’ynashmagil arbob bilan seni urar har Bob bilan
5. Berganga bitta ham ko’p , olganga o’nta ham Oz


A) 3,5 B ) 3,4 C) 1,2 D) 2,3
83. Tabiatdagi qudratli notinchlik bilan odam tabiatidagi " jimgina o’tirishga" moyillik o’rtasidagi bog’liqlik berilgan asar 
qaysi ? A) Oq kema B) Ikki eshik orasi C) Dahshat D) o’g’ri
84. Kayxusrav qilichidan kesikbosh bobom xoki,
Kim naxos oyoq qo’ysa _yo’yaman . Nuqta o’rnini to’ldiring . 
A) Haqoratga B) Kamchilik C) Yovuzlik D Ko’zlarini
85. Mirtemir " onaginam " sherida nimalarga " ko’zim yetsaydi" deya aytgan ? 
1. Dunyoga qayta kelishimga ;2. Elga xizmat qila olishimga ;3. Jon bergan onamni qayta ko’rishimga ;4. So’ngi yo’lga 
kuzatishimga ;5. Oq sutingni oqlay deyishimga ;6. Bir Kosa sharbat keltirib berishimga
A) 1,2,3 B) 2,3,6 C) 1,3,5 D ) 2,4,6
86. O’zbek ayoli sadoqati va g’ururiga faxriya tarzda bitilgan sher qaysi ? 
A) Surat bilan suhbat B) Onaginam C) Sog’indim D) Toshbu
87. " Ishqim va rashkim " sheriy to’plam muallifi uchun to’g’ri bo’lmagan malumotlarni ko’rsating. 
1. Ilk sheri 1935- yil 17yoshidan chiqa boshlagan .2. G’ayratiy rahbarligidagi to’garakka borgan . 3. Shulalar qo’ynida 
she'riy to’plam muallifi . 4. Namatak sheriy to’plami bor. 5. Uning asarlarida asosan biz yashab turgan dunyo haqiqati 
inson umrining mazmuni qabohat va ezgulik kabi tushunchalar berilgan
A) 1,3,5 B) 2,3,4 C) 1,3,4 D) 3,4,5 
88. Yulduzlarning paydo bo’lishi va so’nishi bilan odamlar taqdiri o’rtasidagi bog’liqlik to’grisidagi afsona , haqidagi sher 
qaysi? 
A) Mardlik afsonasi B) Yulduzlar afsonasi C) Buzilgan o’lka D) Tug’ilish
89. Kimning ajdodlari tog’liklar bo’lib , ular hamisha tabiat orasiida , tabiat bilan hamnafas yashadi ?
A) R. Hamzatov B) Ch. Aytmatov C) Tompson D) X. Saloh
90. Tompson asarlarini ko’rsating
1) Mitti yulduzlar ;2) Rolf o’rmonda 3. Sehrli nog’ora ;4. Quvg’indilar taqdiri ;5. Men bilgan jonivorlar
A) 1,2,3 B) 3,4 C) 2,4,5 D) 1,4,5
91. Tompsonning qaysi kitobi qo’lma qo’l o’qiladi, tik turib o’qiladi , ovoz qo’yib o’qiladi , xullas kechayu kunduz o’qildi 
?A) Jonivorlar haqida hikoyalar B) Shimoliy hayvonlar hayoti C) Yovvoyi hayvonlar hayoti D) Kanada qushlari
92. Tompson qaysi asari uchun Eliot oliy darajali medal oladi ? 
A) Shimoliy hayvonlar hayoti B) Yovvoyi hayvonlar hayoti C) Jonivorlar haqida hikoya D) Men bilgan jonivorlar
93.Kòchim haqidagi notòĝri malumot berilgan qatorni belgilang. 
1. Gulxaniyning " Toshbaqa bilan Chayon" , " Maymun bilan Najjor", " Tuya bilan Bòtaloq " asarlari majozning yorqin 
namunasidir . 2. Adabiyotshunoslik Ilmida istiora timsol va simvol atamalari bilan yuritiladi .3. Òquvchi anglashi 
murakkabroq bòlgan axloqiy manaviy sifatning shu sifatga kòproq ega narsa va jonivorlar orqali ifodalanishi ramz deyiladi 
4. Istiorada biror narsa va hodisaga xos xususiyatlarni boshqa bir narsa va hodisaga kòchirib , badiiy Mano yuzaga chiqishi
òziga xos xususiyatidir . 
A) 1,3 ,4 B ) 2,4 C) 2,3,4 D) 2,3 
94. " Chashma " nomli sheriy to’plam muallifi Kim? 
A) Mirtemir B) R. Hamzatov C) X. Soloh D) Cho’lpon 
95. Sab'ai sayyor dostonida nechi baytda Mehrning go’zalligi berilgan? 
A) 9baytda B) 7baytda C) 5baytda D) 8baytda
96) Yo’ldosh Oxunboboyevga shaxsiy kotib bo’lib Kim ishlagan ? 
A) R. Hamzatov B) X. Soloh C) Mirtemir D) Shuhrat
97. Ona oldida farzandlik burchini o’tay olmagan kishi afsuslari berilgan sher? 
A) Sog’indim B) Onaginam C) Toshbu D) Onajon 
98. " Durust , men ko’milgach qabrim ustidan ko’ksi dog’liq qizil lolalar ko’karar... Nimadan bu? Bu sizning kabi tubanlar 
solgan iz . " qaysi asardan olingan ? Va Kim tarafidan aytilgan ? 
A) O’tkan kunlar( Otabek ) B) Dahshat( Unsin) C) Oq kema (Mo’min ) D) Mehrobdan chayon( Anvar) 
99. Ravshan dostonida bosh obrazlar qaysi ? 
A) Ravshan, Hasanxon , Go’ro’g’li B) Ravshan , Hasanxon, Zulxumor C) Ravshan , Oqqiz , Shirvonlik kampir 
D) Ravshan , Kallar, Zulxumor
100. "Yer va Ter " sherining muallifi Kim? 
A) Mirtemir B) R. Hamzatov C) X. Soloh D) Cho’lpon 

Download 105.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling