Repraduktiv salomatlikning ijtimoiy- psixologik jihatlari
KONTRATSEPTIV MADANIYATNI SHAKILLANTIRISH
Download 0.57 Mb.
|
Oila psixologiyasi
KONTRATSEPTIV MADANIYATNI SHAKILLANTIRISH
Oilani rejalashtirishda , ya’ni uning eng asosiy yo‘nalishlari bo‘lmish bolalarning tug‘ilishini rejalashtirish , kutilmagan homiladorlikdan saqlanishda foydalaniladigan vositalar kontratseptiv vositalar deyiladi . O‘zbekiston aholisi 30 000 000 dan ortiq bo‘lib , Markaziy osiyoda aholisi eng zich joylashgan mamlakat hisoblanadi . 90- yillarning boshida mamlakatda tug‘ilish va abortning eng yuqori ko‘rsatkichlari qayd qilingan bu esa ma’lum darajada aholining kutilmagan homildorlikni oldini olishning zamonaviy usullariga to‘liq ega emasligi natijasidir. 1993 yildan boshlab , sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarligi ostida amalga oshirilayotgan milliy dasturlar doirasida tug‘ruqlar oralig‘ini kuzatib borish , yuqori darajadagi xavf bilan bolalar tug‘ilishini kamaytirish va va istalmagan homiladorlikni oldini olish maqsadlarida kontratseptivlardan foydalanish targ‘ib qilinmoqda . Hukumat tomonidan olib borilayotgan say harakatlar va UNFPA , Germaniya tiklanish va boshqa xalqaro hamkorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamlar tufay;li mamlakatda barcha turdagi zamonaviy kontratseptivlardan foydalanishga muvaffaq bo‘lindi . Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlarga muvofiq zamonaviy kontratseptiv vositalardan foydalanish darajasi mamlakat bo‘yicha deyarli 60% ga yetdi . UNFPA O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlaganga qadar kontratseptiv vositalar logistikasi va boshqaruvning nmuvofiq tizim mavjud bo‘lmagan edi . Ushbu vositalarni prognoz qilish va taqsimlash eskirgan usul va metodika asosida markaz doirasida amalga oshirilar edi . 2005 yildan boshlab UNFPA tomonidan O‘zbekistonda kontratseptiv vositalar logistikasi va boshqaruvning ( LMIS ) axborot tizimini tashkil qilish ishlariga yordam berish harakatlari boshlab yuborildi . Kontratseptiv vositalarga talabnomalarni me’tiborga olib ish ko‘ruvchi ,, ehtiyojlar asosida taqsimot tizimi “ ishlab chiqildi shuningdek demografik ko‘rsatkichlarga asoslangan oldingi tizimdan farq qilgan holda istemol darajasi asosida ehtiyojlarni baholash metadologiyasi joriy etildi bundan tashqari barcha pog‘onadagi kontratseptiv vositalarning ehtiyoji zahiralarini saqlash qonunlashtirilibg qo‘yildi , ularni saqlash amaliyoti takomillashtirildi hamda bir pog‘onadagi muassasalar o‘rtasida o‘zaro almashinuv imkoniyat ta’minlab berildi . Yangi tizim ilk bor O‘zbekistonning aholi eng zich joylashgan min taqasi hisoblanmish Farg‘ona viloyatida amalga oshirildi . Loyiha doirasida kontratseptiv vositalar bilan ta’minlash ishlari yo‘lga qo‘yildi va 2000 dan ziyod tibbiyot xodimlari uchun bazaviy treninglar tashkil qilindi . Tizimni Farg‘ona viloyatida sinovdan o‘tkazish bo‘yicha erishilgan muvoffaqiyatli natijalar uni butun mamlakat bo‘ylab keng miqyoslarda joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qildi . Shunday qilib sog‘liqni saqlash vazirligining 2010 yil aprelidagi buyrug‘iga binoan mamlakatda kontratseptiv vositalar logistikasi va boshqaruvning yangi tiuzimi joriy etildi . U kontratseptiuv vositalar istemol asosida taqsimlanishini nazarda tutadi . Shuningdek kontratseptiv vositalarning yetarlicha zahirasi saqlanishini qonuniylashtiradi . Shundan buyon yangi tizimni qo‘llashnig yangi monitoringi olib borilmoqda . Rasmiy statistika ma’lumotlariga muvofiq deyarli 100% taqsimlash punktlarida endilikda zamonaviy kontratsepsiyaning barcha usullari taklif etilmoqda . Logistika va boshqaruv axborot tizimining ishlashi uchun buyurtmalar va hisobot berishning yangi shakillaridan foydalanilmoqda , Shuningdek birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarida zahiralar darajasi oshirildi . Bundan tashqari zahiralarning yetarlicha darajasi zarurligi hisobga olingan holda hukumat 2010 yilda davlat byudjet hisobidan tahminan 2 000 000 AQSH dollorlik kontratseptiv vositalarni harid qildi . Bu mamlakat rahbariyatining ushbu ishda qatnashishi ulushini va uni yoqlashini isbot qildi . UNFPA muvoffaqiyatli natijalarga asoslangan holda endilikda milliy hukumat bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida ,, Chanel “ logistikasi va boshqaruvning komputerlashtirilgan axborot tizimini joriy etishga kirish. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling