Repraduktiv salomatlikning ijtimoiy- psixologik jihatlari


Jinsiy aloqani oldindan to‘xtatish


Download 0.57 Mb.
bet5/6
Sana21.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1368298
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oila psixologiyasi

Jinsiy aloqani oldindan to‘xtatish
Taraqqiy etgan hamda rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan usul
Ta’sir qilish mexanizmi: jinsiy olat shahvat to‘kilishidan oldin chiqarib olinadi .
Samarasi va afzalliklari: Bu usulning samarasi past hisoblanadi. Ammo erkak o‘zini boshqara olsagina , bu usulning samarasi birmuncha ortadi .
Noxush ta’sirlari: Yuqorida keltirilgan usul hech qanday ko‘ngilsiz tibbiy oqibatlarga olib kelmaydi-yu , lekin er-xotin orasida jinsiy qoniqmaslik hollariga sabab bo‘lishi mumkin .
Tavsiyalar: homiladorlikdan saqlanishning boshqa usullaridan foydalanish imkoni bo‘lmagan hollardagina bu usuldan foydalanish ma’quldir.
Prezervativ
Hozirgi vaqtda ishonchli va samarali bo‘lib hisoblangan homiladorlikdan saqlanish usullaridan yana biri – bu erkak va ayollar uchun mo‘ljallangan prezervativlardir . Ulardan ko‘proq rivojlangan mamlakatlarda foydalanishadi . Ayniqsa , OITS (SPID) kasalligining butun dunyo miqyosida keng tarqalganligi natijasida bu usuldan foydalanuvchilar soni kun sayin ortib bormoqda .
Ta’sir qilish mexanizmi: ayol qiniga spermatazoidning kirishiga to‘sqinlik qilish uning asosiy maxanizmi bo‘lib hisoblanadi. Prezervativlar lateksdan ishlangan bo‘lib , ko‘pchiligi spermitsid bilan ( shahvatni o‘ldiradigan modda ) shimdirilgan bo‘ladi . Ular erkaklarning o‘lati taranglashganidan keyin kiygiziladi . Ayollarga ishlatiladigan prezervativlar esa bevosita jinsiy aloqadan oldin qin ichiga tiqib qo‘yiladi .
Samarasi va afzalliklari: Homiladorlikdan saqlanishdan tashqari , jinsiy aloqa orqali yuqadigan turli kasalliklar , xususan , OITSdan himoya vositasi ham bo‘lib , u yetarli darajada ishonchli va afzal usuldir . Ular arzon , ishlatish uchun qulay , organizmga zararli ta’siri bo‘lmaydi .
Kamchiliklari: Prezervativ jinsiy faollikni o‘zgartirib , jinsiy qoniqish hissini kamaytirishi mumkin . Ishlatilingan prezervativdan qayda foydalanish aslo mumkin emas .

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling