Reptiliyalarning individual rivojlanish hususiyatlari
Download 177.47 Kb.
|
REPTILIYALARNING INDIVIDUAL RIVOJLANISH HUSUSIYATLARI
REPTILIYALARNING INDIVIDUAL RIVOJLANISH HUSUSIYATLARIJalolova Muxtasar Reptiliyalar nima?Reptiliyalar (sudralib yuruvchilar) — sovuq qonli mavjudot, aksariyatining terisi muguzsimon tangachalar bilan qoplangan. Ular o’pkasi yordamida nafas oladi, tana harorati o’zgarib turadi. Tuxum qo’yib ko’payadi. Reptiliyalarning to’rt turi bor: toshbaqalar (dengiz va quruqlikdagi), timsohlar, gatteriylar (tumshuqboshlar) va kaltakesak hamda ilonlar (tangachali). Sudraluvchilarning eng yirigi Janubiy Amerikada yashaydigan anakonda ilonidir. Uning o’rtacha uzunligi 7-8 metr, hatto 10 metr keladiganlari ham uchraydi. Timsoh eng ta’sirchan va “ko’rkam” reptiliyadir.Sudralib yuruvchilar (Reptelia) — umurtqalilar sinfi. Qadimgi Sudralib yuruvchilar — kotilozavrlar oʻrta karbonda stegotsefallardan paydo boʻlgan. Keyinchalik stegotsefallar 2 shoxga ajralgan; ularning biridan — sut emizuvchilar, ikkinchisidan — qushlar paydo boʻlgan. Sudralib yuruvchilar permdan kaynozoy erasi boshlarigacha Yer yuzi faunasida hukmronlik qilgan. Mezozoyda kengtarqalgan; ular orasida dengizda suzuvchilari va havoda uchadiganlari boʻlgan. Eng yirik hayvonlar — dinozavrlar qam mezozoy davrida yashagan. Mezozoy tugab, kaynozoyning boshlanishi qadimgi Sudralib yuruvchilar ning qirilib ketishi, sut emizuvchilar bilan qushlarning keng tarqalishiga toʻgʻri kelgan.Hozirgi Sudralib yuruvchilarning 8000 ga yaqin turi, Oʻzbekistonda 2 turkum (tangachalilar, toshbaqalar)ga mansub 58 turi tarqalgan. Antarktidadan tashqari barcha kitalarda uchraydi.Download 177.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling