V. Dars yakuni.
O‘qituvchi: — Aziz bolajonlarim, bugungi darsimizning sermazmun, qiziqarli o‘tishida yordam berganingiz uchun barchangizga rahmat aytaman. (Dars yakunida guruhlar ishi tahlil qilinib, darsda faol qatnashgan o‘quvchilar reyting asosida baholanadi va rag’batlantiriladi).
Uyga vazifa. Vatan haqida ijodiy ish tayyorlab kelish.
Tanlov
«Rasmlar doskasi» tanlovini tashkil etish
O‘qituvchi har oyda o‘quvchilari bilan shu kunning muhim voqeliklaridan kelib chiqib, biror mavzu tanlaydi. Masalan, sentabr oyida «Men maktabni sog'indim», oktabr oyida «Ustoz», noyabr oyida «Kuz tashvishlari», dekabrda «O‘tgan yili hayotimda iz qoldirgan voqea», «Chaqqon qiz», «Odobli bola» kabi mavzularni tanlashi mumkin. Bunda o‘quvchilar aynan shu mavzuning o‘zini emas, balki shunga aloqador yo‘nalishlarda ham ijodiy ish olib borishlari mumkin. Masalan, «Kuz tashvishlari»da «Xazonlarni yoqmang», «Ustoz» mavzusida «Sevimli ustozimga xat» kabi o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan yo‘nalishlarni tanlashi mumkin. Har bir o‘quvchi chorak davomida o‘tiladigan mavzuni tanlagach, u o‘qituvchining qayd daftarida belgilanadi va shu kundan e'tiboran o‘quvchi tanlagan mavzusi yuzasidan ijodiy ish olib boradi. (Imkon qadar mavzularni yo‘nalishi o‘zgarmagan holda rang-barang qilib taqsimlash kerak. Bu matn tuzish chog'ida o‘quvchilar bir-birlarining fikrlarini takrorlab qo‘ymasligiga zamin yaratadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |