Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti ish mazmuni. Reja


Download 94 Kb.
bet6/6
Sana09.06.2023
Hajmi94 Kb.
#1467578
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
RESPUBLIKA MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI KABINETI ISH MAZMUNI

Yosh mutaxassislarning majburiyatlari
– O’zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi Qonunni, sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni, ish faoliyatiga taaluqli ish hujjatlar tuzilmasi, tashkilot faoliyatining o’ziga xosligi va egallab turgan lavozimi boyicha majburiyatlarini bilishi;
– Kasbiy mahoratini oshirishi, o’z ustida ishlashi, amaliy ko’nikma va malakaga ega bo’lishi;
– O’zining pedagogik bilim va ma’naviy ongini doimiy rivojlantirish;
– Koucherdan ilg’or pedagogik tajribalarni,uslub va shakllarini o’ganish,ular bilan ijodiy hamkorlik munosabatini tashkil etish;
– Yil yakunida o’zining amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot berish.
Pedagogik kouching” hamkorligining hujjatlari nimalardan iborat?
“Pedagogik kouching” hamkorligi to’g’risidagi Nizom, MTB va MTTning buyrug‘I, “Pedagogik kouching” hamkorligi ish rejasi, “Pedagogik kouching” hamkorligi faoliyati bo‘yicha o’tkazilgan ilg’or ish tajribalarni kuzatishlar asosidagi uslubiy tavsiyalar, hamkorlik yuzasidan o‘tgan ma’lumotlar yig’ma jildi (pedagogic kengash, frontal mashg’ulot, markazlardagi faoliyatni kuzatish, tahlil etish va tavsiyalar berish).
Hamkorlik muddati tugagandan so’ng (1 o’quv yili) 10 kun ichida MTB va MTT rahbarlari quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim:

  • Yosh mutaxassislarning bajargan ishlari yuzasidab hisobot;

  • Yosh mutaxassisning olib brogan ishlari yuzasidan koucherning yakuniy xulosasi;

  • Ish reja boyicha hisoboti va amalga osirilgan ishlarning oraliq va yakuniy hisoboti, koucherning yosh mutaxassisga kelgusidagi faoliyati boyicha taqriz va takliflar.

Pedagogik kouching” hamkorligini tugatish tartibi:

  • Agar yosh mutaxassis tomonidan mashg’ulotlarda zaruriy nazariy va amaliy bilimlarni o’zlashtirolsa;

  • Yosh mutaxassis muntazam ravishda o’z faoliyatini talab darajasida mustaqil olib borsa, ish jarayonida faol ishtirok etib, koucher tomonidan berilgan ko’rsatmalarni qo’rquvni his etmasdan bajarib, o‘ziga ishonch hosil qilsa;

  • Ish jarayoniga oid bilim va ko’nikmalarning o’zlashtirish tahlili (foizi) ko’tarilsa, faoliyat ko’rsatkichi oshsa hamda mutaxassislarning pedagogik faoliyati “qoniqarli” deb topilsa, bunday hollarda hamkorlik faoliyatini to’xtatish mumkin.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Qarori, 2019., 13 may, PQ 4312 son.
2. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob halqimiz bilan birga qo'ramiz. -Toshkent:O'zbekiston, 2017.-488 bet.
3. Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. -Toshkent: O'qituvchi, 1998.-43-bet.
Download 94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling