Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi


XAVFSIZ, TARTIBLI VA QONUNIY MEHNAT MIGRATSIYASI


Download 2.2 Mb.
bet21/21
Sana04.11.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1747622
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
XAVFSIZ, TARTIBLI VA QONUNIY MEHNAT MIGRATSIYASI
HAMDA SAMARALI MIGRATSIYA SIYOSATI
Bugungi kunda migratsiyaning oshishi, ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy-huquqiy hamda aholi farovonligini oshirish va barqaror rivojlanishga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi iqlim va haroratning keskin oʻzgarishi, suv resurslarining kamayishi, tabiiy ofatlarning koʻpayishi va qishloq xoʻjaligi unumdorligining pasayishi kabi omillar bilan bogʻliq. Ushbu omillar, ayniqsa, aholining eng zaif qatlamlariga koʻproq taʼsir koʻrsatadi.
Dunyo tajribasida ushbu salbiy holatlarning oldini olishning ikkita samarali usuli mavjud.
Bu — mamlakatda koʻplab yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholida tadbirkorlik bilan shugʻullanish va uning hisobidan daromad topish koʻnikmasini oshirish hamda xavfsiz va qonuniy mehnat migratsiyasiga yoʻl ochib berishni nazarda tutadi.
Shu boisdan, ham Yangi Oʻzbekiston BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning xavfsiz, tartibli va qonunii migratsiya siyosatini amalga oshirish borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi.
PANDEMIYA TAHDIDI VA UNGA QARSHI KURASH TAJRIBAMIZ
Bugungi kunda insoniyat global ofatni — koronavirus pandemiyasini boshidan oʻtkazmoqda. Bunday ulkan falokat jahon miqyosida soʻnggi yuz yilda roʻy bermagan, desak, ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz.
Pandemiya jahon iqtisodiyoti uchun — har oyda qariyb 400 milliard dollar miqdorida zarar keltirmoqda.
Pandemiyaning birinchi kunlaridan boshlab butun boshqaruv tizimi va barcha tibbiyot muassasalari favqulodda ish rejimiga oʻtkazildi.
Qisqa muddatda Toshkent shahri va hududlarda barcha sharoitlarga ega boʻlgan qator davolash maskanlari tashkil etildi. Ular zarur dori-darmon, himoya va eng zamonaviy diagnostika vositalari bilan taʼminlandi.
Pandemiyaga qarshi kurashish uchun 200 mingdan ziyod tibbiyot xodimi, jumladan, chet ellik yuqori malakali shifokor va mutaxassislar jalb etildi.
Xorijdan 600 mingdan ortiq vatandoshlarimiz yurtimizga olib kelindi. Chet elda qiyin ahvolga tushib qolgan 200 mingga yaqin fuqarolarimizga zarur yordamlar koʻrsatildi.
Jahonda koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davom etayotgan hozirgi murakkab sharoitda mamlakatimizda boshlangan keng qamrovli islohotlar, Yangi O‘zbekistonni barpo etish sari tashlayotgan dadil qadamlarimizning bardavom boʻlishini taʼminlash eng asosiy vazifamiz boʻlishi shart.
Buni bizning mustaqillik yillarida bosib oʻtgan og‘ir va mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli tarixiy yoʻlimiz, bugun amalga oshirayotgan demokratik islohotlarimizning mantig‘i va falsafasi taqozo etadi.
Shu bois, oʻtgan davrda bosib oʻtgan yoʻlimizni, erishgan katta yutuq va natijalarimizni yana bir bor sarhisob va tahlil qilib, oldimizda turgan marralarimizni aniq- ravshan belgilab oldik.
Men barchamizning umidimiz, tayanchimiz va suyanchimiz boʻlgan, hal qiluvchi kuch boʻlib maydonga chiqayotgan aziz farzandlarimiz, navqiron avlodimizga murojaat qilib aytmoqchiman:
Qadrli oʻgil-qizlarim, siz istiqlol farzandlari, ozod va erkin, hur fikrli insonlar sifatida hayotga dadil kirib kelayotganingiz biz uchun eng katta baxt, katta davlatdir. Men ishonaman, sizlar zamonaviy bilim va taraqqiyot choʻqqilarini puxta egallab, biz boshlagan ulug‘ ishlarni munosib davom ettirasiz.
Aminmanki, yuksak salohiyatli xalqimiz oʻzining g‘ayrat- shijoati va fidokorona mehnati bilan yurtimizda Yangi Oʻzbekistonni - Uchinchi Renessansni bunyod etishga albatta qodir.
XOTIMA
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT
Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling