Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


Download 1.22 Mb.
bet28/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

Ish usullari. Qog‘ozga chizg‘ich yordamida belgi qo‘yish. Mozaika uchun turli shakllarni qirqish.
Loy va plastilin bilan ishlash (4 soat). Amaliy ish. Haykaltaroshlik kasbi tog‘risida suhbat. Namunaga qarab “Lagandagi uzum” yasash. Yaxlit loy (plastilin) bo‘lagidan odam qomatini yasash. Buyumga qarab yasash: Qumg‘on. Plastilindan yassi vaza yasash va bezatish.
Texnik ma’lumot. Kulolchilikda loydan foydalanish to‘g‘risida sodda ma’lumot. Loy (plastilin) bilan ishlaganda ish joyini tashkil etish va xavfsizlik qoidalari.
Ish usullari. Buyumni yaxlit bo‘lakdan va qismlarga bo‘lingan loy bo‘lagidan tayyorlash. Ish jarayonida turli usullarni qo‘llash. Buyum yasashda qismlarning mutanosibligiga e’tibor berish.
Gazlama va ip bilan ishlash (6 soat). Gazlama, uning ishlatilish o‘rni, tikuvchilik kasbi. Gazlama bilan ishlaganda kerakli asboblar, ipni o‘lchash, ignaga ip o‘tkazish. Tog‘ri chok, to‘g‘ri chokda jim-jima hosil qilish. Kashta tarixi, ishlatiladigan joyi. Kashta bilan (to‘g‘ri chok bilan) bezatilgan sochiq.
Texnik ma’lumot. Bezak choklarni qo‘llanilishi to‘g‘risida ma’lumot.
Ish usullari. O‘rganilgan chok yordamida sochiqqa kashta tikish.
Momiq doirachalardan applikatsiya yasash (4 soat). Momiq doirachalar bilan ishlash usullari, kerakli materiallar. Applikatsiya yasash: Baliq, mushuk, “Moychechak” guli. Xohishga qarab, rasmdagi applikatsiyalarning birini yasash.


IV bo‘lim (16 soat)
Qog‘oz va karton bilan ishlash (4 soat). Kartondan hajmli o‘yinchoqlar yasash: Yupqa kartondan quticha yasash. Chizg‘ich yordamida o‘lchab belgi qo‘yish. Quticha yon tomoniga rangli qog‘oz kesmalarini yopishtirish va applikatsiya bilan bezash. Applikatsiya naqshlari geometrik shakllardan iborat bo‘lib, ular uchun tayyor andozadan foydalaniladi. Qog‘ozdan stakan yasash. Tayyor andozadan foydalanib, o‘qituvchi yordamida namunaga qarab bajariladi. Mustaqil ravishda dumaloq shakldagi stakan yasash. Andoza yordamida belgilab olinadi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling