Respublika ta'lim markazi
Download 14.38 Kb.
|
Синквейн методи
Respublika ta'lim markazi |Rasmiy kanal, [25.03.21 09:18] #Ustozlar_uchun O’tilgan mavzuni mustahkamlovchi metodlar: Sinkveyn Sinkveyn bu mavzuga doir tushunchalarni aniqlashtirish, esda saqlab qolish uchun shakllantiriladigan ko'nikmadir. Sinkveyn so’zi fransuzcha so’zdan olingan bo’lib, ”besh qatorli she’r” degan ma’noni anglatadi. Sinkveynni o'quvchilarning o'zlari mavzu asosida yaratadilar. Sinkveyn- ma’lumotlarni sintezlash (bir butunga keltirish) ga yordam beradigan qofiyalanmagan she’rdir. Sinkveyn tuzish- murakkab g‘oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechta so‘z bilan ifodalash uchun muhim bo‘lgan malakadir. O'quvchilarga sinkveyn tuzdirish jarayonida o‘rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to‘g‘risidagi axborot yig‘iladi. Keyin bu tushunchalar turli variantlarda va turli nuqtayi nazar orqali ifodalanadi. Sinkveyn tuzish qoidalari: O'quvchilar mavzu doirasidagi tushunchalarni quyidagi tartibda she'rga solishlari kerak. Avvaliga, 1- qatorda tushuncha bir so‘z bilan ifodalanadi ( odatda ot so'z turkumiga mansub so'z orqali). Keyin, 2- qatorda o'sha tushuncha ikkita sifat bilan tasvirlanadi. 3- qatorda mavzu doirasidagi hatti-harakat uchta so‘z bilan ifodalanadi. (3 ta fe’l yoki ravishdosh yoziladi). 4- qatorda mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi bir nechta so‘zdan iborat bo‘lgan fikr yoziladi. (bir necha so'zdan iborat jumla yoziladi). 5- qatorda tushunchaning mohiyatini takrorlaydigan, ma’nosi yaqin bo‘lgan bitta so‘z yoziladi (sinonim so‘z yoziladi). Mavzuga oid tushunchalar asosida sinkveyn tuza olgan o'quvchi, bu mavzuni unutib yubormaydi. Tushunchalarning mohiyatini anglab yetadi. 📌Hurmatli ustozlar, Siz darsda qanday texnikalardan foydalanyapsiz? Aniq misollar bilan dars o'tish texnikangizdan biri haqida https://t.me/Faol_Ustozlar guruhiga #mening_texnikam xash tegi bilan yozib yuboring. Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇 Telegram (https://t.me/edurtm_uz) | Facebook (https://www.facebook.com/edurtm.uz/) | Instagram (http://www.instagram.com/edurtm.uz/) | You Tube (https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ) Download 14.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling