Respublikada masofaviy ta’limning rivojlanishi va bu sohada olib borilgan kompleks chora tadbirlar reja


Download 43.07 Kb.
bet4/4
Sana06.11.2023
Hajmi43.07 Kb.
#1751576
1   2   3   4
Bog'liq
Respublikada masofaviy ta’limning rivojlanishi va bu sohada olib-fayllar.org

Birinchi bosqichda 15 ta oliy ta'lim muassasasidan jami 450 nafar professor – o‘qituvchilar va xodimlarni elektron o‘quv resurslarni yaratishga o‘rgatish uchun vebinar texnologiyasidan foydalanilgan holda masofaviy o‘quv kurslari orqali o‘qitiladi. Bu jarayon avgust oyining so‘ngiga qadar amalga oshirib bo‘linadi.
Ikkinchi bosqichda mas'ul professor-o‘qituvchilar va xodimlar tomonidan 8 xil pedagogika yo‘nalishidagi 144 ta fan elektron o‘quv resurslari yaratiladi. Hozirda yaratiladigan elektron o‘quv resurslarning tarkibi quyidagicha bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Unga ko‘ra, 1247 ta video ma'ruza, 1247 ta mustaqil o‘rganish uchun nazariy ma'lumot, 12000 ta glossariy, 25920 ta bilimlarni nazorat qiladigan interfaol elementlar, 87 ta labaratoriya ishlarini bajarish uchun interfaol elementlar, 24940 ta test sinovlar bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Uchinchi bosqichda mas'ul professor – o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan o‘quv resurslar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida tashkil etilgan Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan ko‘rib chiqiladi. Elektron o‘quv resurslar Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan tasdiqlangach, resurslar professor –o‘qituvchilar tomonidan platformaga (mooc.edu.uz) joylanadi.
To‘rtinchi bosqichda oliy ta'lim muassasalari maxsus sirtqi bo‘limida dars berayotgan professor-o‘qituvchilarni elektron ta'lim tizimidan foydalanish bo‘yicha masofaviy tarzda o‘qitiladi.
So‘nggi bosqichda maxsus sirtqi bo‘lim talabalari elektron ta'lim tizimidan foydalanadi. Maxsus sirtqi bo‘lim talabalarining o‘quv mashg‘ulotlari o‘quv jarayoni jadvaliga asosan boshlanadi. Shu muddatga qadar barcha elektron resurslarni yaratib, platformaga kiritish rejalashtiril Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom masofaviy ta’lim shakli orqali oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlarni tayyorlash faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
avtoproktoring — imtihon jarayonida talabaning shaxsini avtomatik ravishda autentifikatsiyalash, uning xatti-harakatlari va nigohi yo‘nalishini nazorat qilish, xonadagi tovushlarni tahlil qilish, videodagi buzilishlarni tuzatish va hisobotlar tayyorlashga yo‘naltirilgan dasturiy tizim;
asinxron rejim — o‘quv jarayoni ishtirokchilarining Internet jahon axborot tarmog‘ida bir xil bo‘lmagan vaqtlardagi o‘zaro aloqa rejimi;
masofaviy ta’lim — talaba va ta’lim beruvchining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishiga, interaktiv audio va videokonferensiyalar orqali ma’lum vaqt orasida o‘zaro muloqotda bo‘lishiga, elektron pochta orqali to‘g‘ri va teskari aloqa o‘rnatishiga, jumladan xabarlarni yuborishi va qabul qilishiga mo‘ljallangan, bilim va ko‘nikmalarni, o‘quv dasturlarini masofadan turib o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan ta’lim shakli;
masofaviy ta’limni boshqarish tizimi — ta’lim jarayonini rejalashtirish, boshqarish, amalga oshirish va baholashda qo‘llaniladigan dasturiy mahsulot (elektron ta’lim platformasi);
masofaviy ta’lim jarayonining ishtirokchilari — ta’lim tashkilotining masofaviy ta’lim shakliga qabul qilingan talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda masofaviy ta’limning tashkiliy-texnik va metodik ta’minotini amalga oshirishga mas’ul shaxslar;
masofaviy ta’lim texnologiyasi — talabalarga o‘quv materiallarining asosiy hajmini yetkazishni, talaba va professor-o‘qituvchining o‘zaro interfaol harakatini ta’minlab beruvchi, o‘quv materialini o‘zlashtirish bo‘yicha mustaqil ishlashi uchun talabaga imkoniyat taqdim etuvchi axborot-kommunikatsiya va o‘qitish texnologiyalari;
sinxron rejim — o‘quv jarayoni ishtirokchilarining Internet jahon axborot tarmog‘ida real vaqtdagi o‘zaro aloqa rejimi;
o‘quv kontenti — o‘quv jarayonida talabalarning foydalanishi uchun mo‘ljallangan, masofaviy ta’limni boshqarish axborot tizimiga joylashtirilgan o‘quv metodik materiallar (o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, ma’ruza matnlari, videodarslar, taqdimotlar, topshiriqlar, imtihon materiallari, o‘quv adabiyotlari).
3. Kunduzgi shaklda ta’lim jarayoni olib boriladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlariga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha masofaviy shaklda ta’lim faoliyatini olib borishga yo‘l qo‘yiladi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bundan mustasno.
4. Ta’lim tashkilotlari ta’lim berishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘zining masofaviy ta’lim platformasini joriy etishi yoki mavjud platformalardan foydalanishi mumkin.
2-bob. Masofaviy ta’limning maqsadi, tamoyillari va vazifalari
5. Masofaviy ta’limning maqsadi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida talabaning turar joyidan qat’i nazar, unga ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun imkoniyat taqdim etish, talabalarning qiziqishlari, iqtidori va ehtiyojlariga muvofiq kasbiy salohiyatini rivojlantirishdan iborat.
6. Masofaviy ta’lim quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:
ishtirokchilarning interfaolligi;
talabalarning identifikatsiya qilinishi;
yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik maqsadga muvofiqligi;
ta’lim berishning ochiqligi va moslashuvchanligi.
7. Quyidagilar masofaviy ta’limni tashkil etishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
talabalarning masofadan turib ta’lim olish va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
o‘quv jarayonini tashkil etishning umumiy, guruh va individual shakllarining uyg‘unligi;
kadrlarning kasbiy darajasini oshirish va ularning mustaqil bilim olishiga ko‘maklashish;
talabalarga mamlakatning har qaysi hududida va uning tashqarisida ta’lim olishning teng imkoniyatlarini taqdim etish;
ta’lim xizmatlari eksportini kengaytirish orqali ta’lim tizimining jozibadorligini oshirish.
3-bob. Masofaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar
8. Masofaviy ta’limni tashkil etish uchun ta’lim tashkilotida quyidagilar bo‘lishi talab etiladi:
masofaviy ta’limni boshqarish bo‘yicha dasturiy ta’minot “Learning Management System” (keyingi o‘rinlarda — LMS) platformasi;
Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanish va undan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydigan axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi;
o‘quv yili uchun mo‘ljallangan o‘quv kontenti;
o‘quv reja va dasturlardagi barcha fanlardan masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladigan, o‘quv kontentini qamrab oladigan elektron o‘quv-metodik majmualar, shuningdek, ilmiy va o‘quv adabiyotlarining elektron bazasi;
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq kompyuter texnikasi bilan jihozlangan alohida bino yoki auditoriyalar;
masofaviy ta’limning texnik va dasturiy komponentlari ishlashini va rivojlanishini ta’minlaydigan tegishli ma’lumot va malakaga ega muhandis-texnik xodimlar;
yuklamasi rejadagi talabalar soniga mo‘ljallangan, ta’lim tashkilotiga mulkiy yoki kamida 5 yil muddatga tuzilgan ijara shartnomasi asosida tegishli bo‘lgan, mamlakat hududida joylashgan server qurilmasi;
ta’lim tashkiloti to‘g‘risidagi barcha axborot, jumladan, tashkilot nizomi yoki ustavi, o‘quv reja va dasturlar, pedagog kadrlar haqida ma’lumot, akademik kalendar joylashtirilgan rasmiy veb-sahifa.
9. O‘quv-metodik resurslar O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti O‘zDSt 36.2030 — “Elektron ta’lim” milliy tizimiga kiritiladigan elektron metodik komplekslar va boshqa ta’lim resurslariga yagona talablar”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
4-bob. Masofaviy ta’limni boshqarish bo‘yicha dasturiy ta’minotga qo‘yiladigan talablar
10. Masofaviy ta’limni boshqarish bo‘yicha dasturiy ta’minot — LMS platformasi SCORM standartlariga mos hamda unda avtoproktoring tizimi mavjud bo‘lishi lozim.
11. Masofaviy ta’limni boshqarish bo‘yicha dasturiy ta’minot — LMS platformasi quyidagi komponentlardan tashkil topadi:
axborot-resurslari komponenti — o‘quv adabiyotlari, darsliklar, monografiyalar, ilmiy maqolalar hamda tadqiqot natijalari aks etgan ilmiy asarlardan foydalanishni ta’minlaydi;
boshqarish komponenti — tizimning xizmat ma’lumotnomasi va foydalanuvchilar reyestrini yuritish, foydalanish huquqlari hamda foydalanuvchilarning tizimga kirishda shaxsiy parametrlarini belgilash hamda foydalanuvchilar harakatlarini qayd etib borish, autentifikatsiya (shaxsni aniqlash) va foydalanuvchilarni boshqarishni ta’minlaydi;
davomat va o‘zlashtirishni hisobga olish komponenti — resurslardan foydalanishni hisobga olishga hamda ushbu resurslarni o‘zlashtirishga imkon beradi, talabalarning individual o‘quv rejalarini shakllantiradi va o‘zlashtirish natijalarini tahlil qiladi;
kommunikatsiya komponenti — foydalanuvchilarga o‘zaro interfaol axborot almashish (forum, chat, xabar, elektron pochta, videokonferensiya tashkil etish), xabarlar olish hamda tizim, kurslar va pedagog kadrlar bo‘yicha teskari aloqa orqali ma’lumotlar almashish imkoniyatini yaratadi;
kontingentni hisobga olish komponenti — kontingentning yagona reyestrini yuritishga imkon berib, talabalar va pedagog kadrlarga oid ma’lumotlarni kiritish va saqlash, shuningdek ularning shaxsiy kabinetlariga kirish va qidirishni ta’minlaydi;
kurslarni boshqarish komponenti — o‘quv kontenlarini boshqarish, tahrirlash, sinxron va asinxron rejimda o‘tkazilgan mashg‘ulotlarning videodarslarini yuklash (import/eksport), test sinovlarini tashkil etish, tashqi ta’lim resurslariga giperhavolalarni kiritish, topshiriq va vazifalarni qo‘yish imkoniyatlariga ega bo‘ladi;
o‘qitishni boshqarish komponenti — talabalarni kursdan kursga o‘tkazish, ularga kreditlar berish va qaytadan o‘qitish jarayonini nazorat qiladi, tashkiliy-metodik vositalarni (mashg‘ulotlar jadvali, konsultatsiyalar, konferensiyalar, vazifani topshirish muddati, vebinar, imtihonlar va boshqalar) boshqaradi, talabalarning o‘zlashtirishiga doir ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan holda shakllantiradi, o‘rganiladigan fanlar ro‘yxatini shakllantiradi va yangilab boradi;
statistika komponenti — talabalar kontingenti, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va kurslarning o‘quv kontenti bilan to‘ldirilganligi haqidagi ma’lumotlardan iborat axborot olish imkoniyatini beradi, ta’lim jarayoniga oid hisobotlarni shakllantiradi, talabalarning harakati (o‘qishga qabul qilish, ko‘chirish, chetlashtirish, qayta tiklash) haqidagi ma’lumotlarni yuritadi, o‘qishni bitirgan, o‘qishini ko‘chirgan yoki chetlashtirilganlar haqidagi ma’lumotlarni arxivlashtiradi;
talabalar bilimini nazorat qilish komponenti — o‘quv kontenti mazmuniga mos va testologiya talablari asosida shakllantirilgan nazorat materiallari bazasi va test tizimini, imtihon jarayonini tashkil etish uchun avtoproktoring tizimini o‘zida jamlaydi.
5-bob. Masofaviy ta’limga talabalarni qabul qilish va o‘quv jarayonini tashkil qilish
12. Masofaviy shaklda o‘qitish uchun talabalarni ta’lim tashkilotiga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish boshqa ta’lim shakllari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
13. Masofaviy ta’lim shakli to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
14. Masofaviy ta’lim shakli joriy etish mumkin bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi hamda har yili 1-aprelga qadar e’lon qilinadi.
15. Masofaviy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari va to‘lov-kontrakt qiymati:
davlat oliy ta’lim muassasalarida (moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari bundan mustasno) — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik (idora) tomonidan;
moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida — tegishli oliy ta’lim muassasasining Kuzatuv kengashi tomonidan;
nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida — nodavlat oliy ta’lim tashkiloti muassisi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
16. O‘quv jarayoni masofaviy shaklda tashkil etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari nodavlat ta’lim tashkilotlariga belgilangan tartibda beriladigan litsenziyada qayd etiladi.
17. Masofaviy ta’lim bo‘yicha o‘qish davomiyligi tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakli uchun belgilangan o‘qish davomiyligi muddatidan kam bo‘lishi mumkin emas.
18. Ta’lim kontenti talabaning tahsil olayotgan ta’lim tiliga hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va (yoki) magistratura mutaxassisligiga mos bo‘lishi shart.
19. Masofaviy ta’lim bo‘yicha o‘quv jarayoni:
davlat namunasidagi diplom beradigan oliy ta’lim tashkilotlarida — davlat ta’lim standarti va malaka talablari asosida ishlab chiqilgan o‘quv reja va o‘quv dasturlar asosida;
davlat namunasidagi diplom bermaydigan oliy ta’lim tashkilotlarida — kasbiy standartlar va malaka talablari asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
20. Masofaviy ta’lim shakli asosida kadrlar tayyorlashda bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qabul parametrlari 300 nafar talabadan, bir magistratura mutaxassisligiga 30 nafar talabadan ortiq bo‘lmasligi lozim. Bunda:
mazkur talab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;
talabalar sonini aniqlashda xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan talabalar hisobga olinmaydi.
21. Masofaviy ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilingan talaba quyidagi hollarda oliy ta’lim tashkilotiga shaxsan tashrif buyurishi shart:
o‘quv jarayoni boshlanishidan avval — masofaviy ta’limni boshqarish bo‘yicha dasturiy ta’minot — LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish uchun;
har semestr yakunida — yakuniy nazorat topshirish o‘tish uchun.
Shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy va magistrlik ishi himoyasi bevosita oliy ta’lim tashkilotida an’anaviy tarzda amalga oshiriladi, ularni sinxron yoki asinxron rejimida qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan talablar xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan talabaga nisbatan tatbiq etilmaydi.
22. Ish faoliyatini masofaviy ta’lim bilan qo‘shib olib borayotgan talabalarga semestr oxirida yakuniy baholashdan o‘tish, bitiruvchilarga esa yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish, bitiruv malakaviy va magistrlik ishini himoya qilish uchun kamida 15 kalendar kun muddatga ish haqi saqlangan holda ta’til beriladi.
23. Masofaviy ta’lim shaklida o‘qiydigan talabalarga amaliyotlar o‘quv rejada belgilangan muddatlarda mehnat faoliyatini olib borayotgan talabaning ish joyida, talabaning ish joyi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga (magistratura mutaxassisligiga) mos bo‘lmagan yoxud ish bilan ta’minlanmagan holda ta’lim tashkiloti bilan kelishuvga erishgan tashkilotlarda amalga oshiriladi.
24. O‘quv jarayonida barcha dars mashg‘ulotlari, amaliyotlar va mustaqil ishlar hamda ular bo‘yicha talabalarni baholash masofaviy ta’limni boshqarish bo‘yicha dasturiy ta’minot — LMS platformasida nazarda tutilishi lozim.
Dars mashg‘ulotlari, talabalarning bilimini baholash va o‘quv jarayonini nazorat qilish masofaviy ta’limni boshqarish bo‘yicha dasturiy ta’minot — LMS platformasi orqali amalga oshiriladi.
25. Masofaviy ta’lim bo‘yicha o‘quv jarayonini amalga oshirish uchun masofadan turib dars mashg‘ulotlari olib boradigan xorijiy pedagog kadrlar jalb etilishi mumkin.
26. Masofaviy ta’limda bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlari 1:50 nisbatda belgilanadi.
27. Masofaviy ta’lim berishga mo‘ljallangan o‘quv reja va dasturlarda ko‘rsatilgan fanlar va amaliyotlarni to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga tegishli akademik daraja va belgilangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat beriladi.
6-bob. Masofaviy ta’lim sifati monitoringi
28. Ta’lim tashkilotlaridagi masofaviy ta’lim bo‘yicha o‘quv jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan monitoring qilib boriladi.
29. O‘quv jarayonini monitoring qilishni masofadan turib amalga oshirish maqsadida oliy ta’lim tashkilotining masofaviy ta’limni boshqarish bo‘yicha dasturiy ta’minot — LMS platformasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimiga hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Ta’lim muassasalari, pedagog xodimlar, ta’lim oluvchilar va boshqa axborotlar to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasi axborot tizimiga integratsiya qilinishi majburiy hisoblanadi.
30. O‘quv jarayonining monitoringi dars mashg‘ulotlari va nazorat tadbirlarini kuzatish va tahlil qilish, so‘rovnoma o‘tkazish, fokus-guruhlar tashkil etish, intervyu olish, natijalarni baholash va boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin.
31. Monitoring natijalariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklar oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yoki Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining taqdimnomasi asosida bartaraf etilishi majburiy hisoblanadi.
7-bob. Yakuniy qoidalar
32. Oliy ta’lim tashkilotida masofaviy ta’lim bo‘yicha o‘quv-metodik jarayonlarning tashkil etilishi yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
33. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
gan.
ADABIYOTLAR:

1. Ziyomuhammadov B., Abdullayeva Sh. Ilg‘or pedagogik texnologiya: Nazariya va amaliyot «Ma’naviyat asoslari» darsi asosida ishlangan uslubiy qo‘llanma. -T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2001.


2. Ishmuhamedov R.J. Innovatsiya texnologiyalari yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari. – T.: TDPU, 2004.
3. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi: Nasaf, 2000.
4. Og‘ayev S. Yangi pedagogik texnologiya-hayotiy ehtiyoj. «Xalq ta’limi» jurnali, 2001, №3, 69-71 b.
5. Farberman B.L. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. – T.: Fan, 2000.
6. Farberman B.L., Musina R.T., Jumaboyeva F.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishning zamonaviy usullari. – T., 2002.
7. Yo‘ldoshev J.G‘. Yangi pedagogik texnologiya: yo‘nalishlari, muammolari, yechimlari. «Xalq ta’limi» jurnali, 1999, №4, 4-12 b.
8. Xo‘jayev N.X., Xodiyev B.Yu., Baubekova G.D., Tilabova N.T. Yangi pedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. – T.: Fan, 2002.


http://fayllar.org
Download 43.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling