Respublikada masofaviy ta’limning rivojlanishi va bu sohada olib borilgan kompleks chora tadbirlar reja


Download 105.79 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi105.79 Kb.
#1497562
1   2   3   4
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi t

O‘qitilayotgan borliqni markazlashtirish. Respublikamiz va xorij olimlari hamda mutaxassislarining bilim va tajribalarini qo‘llash, zamonaviy o‘quv qurollaridan foydalanish e’tiborda tutiladi. Bunda turli o‘quv manbalaridan foydalanish, talabalarni axborot bilan ta’minlash, bu axborot esa o‘z navbatida, butun dunyo mutaxassislari bilimlaridan, elektron kutubxonalardan olingan axborotlarni ishlatish talaba va o‘qituvchilar uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
O‘qituvchiga talabni kuchaytirish. Ta’lim jarayonining standart holda jamlanishi, tushunarli holda o‘qituvchi (pedagog)larning bilim darajasini oshirish majburiyatini yuklaydi. Bu uslublar ularning ish natijasi va bilim darajasini ko‘tarilishiga yordam beradi.
Oydinlashtirilgan ta’lim berish jarayonining ta’minlanishi, uzluksiz monitoring imkoniyati, o‘quv jarayonlarining to‘g‘ri nazorat qilinishi va boshqarilishini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va o‘quv yurtlari tomonidan o‘qituvchi va talabalarning bilim saviyasini tekshirilishini (ta’lim jarayonida talaba va o‘qituvchilarning harakatlarini nazorat qilish, bunga talabaning faolligi va o‘qituvchi ishining unumliligi, talabalarning attestatsiyadan o‘tkazish amallari ham kiradi) ta’minlanishiga olib keladi. O‘qituvchilarni qayta tayyorlash va qayta o‘qish tizimlarining samaradorligini oshirishga erishiladi.
O‘qitish turining egiluvchanligi. Qulay vaqtda shug‘ullanish mumkinligi, qulay joyda va qulay tezlikda o‘quvchi-talabalarning bilim qabul qilishining turli shakllarini qo‘llash mumkinligi, ular tomonidan modellashtirish va ko‘rgazmali vositalarni joyida qo‘llash, axborot va bilimlarni yetkazishda ko‘rgazmalilik, tasavvurlar hamda o‘qitishning o‘yin shakllaridan foydalanish kiradi.
O‘qituvchining o‘rni va xilma-xil imkoniyatlarni ko‘tarish. O‘qituvchining o‘quvchi-talabaga nisbatan shaxsiy yondashuvining turli shakllarini qo‘llash. Har bir o‘quvchi-talabaning bilim darajasi va tayyorgarligiga hamda uning qobiliyatiga mos ravishda shaxsiy yondashishni qo‘llash mumkin.
O‘quvchi-talabaning bilim va tadqiqot motivlari hamda stimullarini rivojlantirish. O‘quvchi-talabaning o‘qituvchi (pedagog)ga va o‘zaro muloqotdagi ishonchsizlik hissiyotidagi psixologik to‘siqlarni yo‘qotish, talabaning intellektual va ilmiy imkoniyatlarini, o‘zini o‘zi tashkillashtirishni rivojlantiradi.
O‘quvchi-talabaning shaxsiy faoliyati va o‘qitishni birga olib borish. Tejamlilik o‘qitish jarayonidagi uzluksizlikni ta’minlaydi. O‘quv xonalaridan foydalanishi, yo‘l xarajatlari va taklif qilingan malakali o‘qituvchi (pedagog)lar mehnatiga haq to‘lash. Ular o‘z bilimlarini masofadan o‘qitish shaklida uzatishlari mumkin. Sog‘lig‘i, ijtimoiy va moddiy ta’minlanganligidan qat’iy nazar bilim olishning keng imkoniyatlari yaratilib, ijtimoiy tenglik yuzaga keladi.
O‘qitish doirasida musobaqa muhitini yaratish.. Masofadan o‘qitish texnologiyasi – jamiyatni axborotlashtirishning umumiy oqimi va yo‘llari bilan jipslashgan bo‘lib, masofaviy o‘qitishning texnik vositalarini axborotlashtirish tizimlari va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish jarayonini avtomatlashtirish tizimlarini zamonaviy axborotlashtirish texnologiyasi asosida birgalikni ta’minlaydi.
Masofaviy o‘qitish usulidan foydalanishning kamchiligi o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi bevosita muloqot va psixologik birlikning chegaralanganligidir.

O‘zbekiston Respublika Oliy va O‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2018 yil 21 mayda “Maxsus sirtqi ta'limda o‘quv jarayonini elektron ta'lim resurslari asosida qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi 447-sonli buyrug‘iga asosan yangi o‘quv yilidan boshlab pedagogika yo‘nalishidagi maxsus sirtqi bo‘lim talabalari o‘quv jarayonini tashkil etishda masofadan turib mustaqil ta'lim olishi belgilangan.


O‘zbekistonda elektron ta'limning ilk bor oliy ta'lim tizimida amaliyotga joriy qilinishi rasman e'lon qilindi. Elektron darslarni tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlar oliy ta'lim tizimi amaliyotida ilk bor qo‘llanilayotgani sababli, tizimni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq qator savollar paydo bo‘lishi tabiiy, deyiladi Ta'lim muassasalarida elektron ta'limni joriy etish markazi axborot xizmatida.
Xo‘sh elektron ta'limni yo‘lga qo‘yishdagi tashkiliy jarayonlar qanday amalga oshiriladi?
Barcha tashkiliy jarayonlar beshta bosqichda amalga oshirildi.

Download 105.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling