Республикамизда божхона идоралари фаолиятининг ҳУҚУҚий асослари
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat bojxona organlari faoliyati tashkil topishi
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari Bojxona organining mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini bajarish vaqtida davlat xokimiyatining vakillari hisoblanadilar va ularning bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etish borasidagi talablarini barcha yuridik va jismoniy shaxslar bajarishi shart. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini bajarish vaqtida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o‘qotar qurolni hamda maxsus vositalarni saqlash, olib yurish qo‘llash huquqiga egadirlar. O’zbekiston Respublikasi Bojxona kumitasi raisi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanib, Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari va viloyatdagi boshqarma boshliqlari kumita raisi tavsiyasiga binoan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Kolgan barcha mansabdor shaxslar O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan tayinlanadi. Maxsus unvonlari Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ular egallab turgan lavozimlariga hamda necha yil ishlaganliklariga qarab quyidagi maxsus unvonlvr beriladi. kichik boshliqlar tarkibi - bojxona xizmatining starshinasi; o‘rta boshliqlar tarkibi - bojxona xizmatining kichik leytenanti, bojxona xizmatining leytenanti, bojxona xizmatining katta leytenanti, bojxona xizmatining kapitani; katta boshliqlar tarkibi - bojxona xizmatining mayori, bojxona xizmatining podpolkovnigi, bojxona xizmatining polkovnigi; oliy boshliqlar tarkibi - bojxona xizmatining general-mayori, bojxona xizmatining general-leytenanti, bojxona xizmatining general- polkovnigi. Unvonlarni berish va mahrum etish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining hayoti va sog‘ligi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan majburan shaxsiy sug‘urta qilinishi lozim. Bojxona organlari xodimlari va ular oila a’zolarining pensiya ta’minoti harbiy xizmatni, ichki ishlar organlaridagi xizmatni o‘tagan shaxslar va ularning oila a’zolari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tarzda amalga oshiriladi. Bojxona organlari mansabdor shaxslariga bojxona organlarida xizmatni o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda pensiya tayinlash uchun ishlagan yillarini hisoblab chiqarish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bojxona organlari mansabdor shaxslari va ular oila a’zolarining pensiya ta’minotini tashkil etish Davlat bojxona qo‘mitasining pensiya xizmati zimmasiga yuklatiladi. Bojxona organlari xodimlarining ish haqi mansab maoshidan, maxsus unvonlar va ishlagan yillari uchun ustamalardan hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy etilgan tartibda belgilanadigan boshqa qo‘shimcha haqlardan iboratdir. Ular bepul formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadilar. O’zbekiston Respublikasi bojxona qo‘mitasi qonun hujjatlarda belgilangan tartibda bojxona ishi, kontrabandaga, giyoxvand vositalar, psixotrop moddalarning g‘ayriqonuniy muomalasiga qarshi kurash masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa organlari hamda halqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradilar. Adabiyotlar: 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, T.1992 y. 2. O’zbekiston Respublikasining Bojxona Kodeksi. «Iqtisodiyot va huquq dunyosi». T.: 1998 y 3. O’zbekiston Respublikasining qonuni «Boj tarifi to‘g‘risida» 1997 Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling