Respublikamizda keyingi yillarda puxta o‘ylangan pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli inflatsiya ko‘zda tutilgan prognoz ko‘rsatkichlar chegarasida saqlanib qolinmoqda
Markaziy bankning pul kredit siyosati
Download 122.58 Kb.
|
pul
2.2.Markaziy bankning pul kredit siyosati
Кredit tizimi bank va boshqa kredit muassasalarining tashkiliy huquqiy shaklini ifodalaydi. Кredit tizimining asosiy vazifasi bo‘sh pul mablag‘larini to‘plab ssuda kapitaliga aylantirishdir. Undan tashqari omonatlar qabul qilish va ular bo‘yicha turli hisoblar ochish, aksiya va obligatsiyalar chiqarish, moddiy boyliklarni saqlash, to‘lov operatsiyalarida vositachilik qilish vazifalarini bajaradi. Кredit tizimi kreditlash mexanizmiga tayanadi. Кredit mexanizmi o‘z ichiga kreditlash shakllarini, sharoitlarini, usullarini, uni boshqarish tizimini oladi. Кredit mexanizmi yordamida bank tizimining kredit siyosati amalga oshiriladi. Кredit mexanizmining muhim tarkiblaridan biri kredit shartnomasi bo‘lib, u kredit munosabatlarini amalga oshirishning huquqiy asoslari hisoblanadi. Кredit tizimi o‘z ichiga ikki bo‘g‘in: bank va maxsus moliya-kredit muassasalari tizimini oladi. Кredit tizimining hal qiluvchi bo‘g‘ini ‒ bu bank tizimidir. Pul munosabatlarining rivojlanishi bank tizimini yuzaga keltirgan. Bank iqtisodiy munosabatlarining pulning harakati yuzasidan kelib chiqadigan aloqalariga xizmat qiluvchi muassasadir. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra “Pul mablag‘larini jalb qilish hamda ularni qaytarishlik, to‘lashlik va muddatlilik shartlari asosida o‘z nomidan joylashtirish uchun tuzilgan muassasa bankdir, bank huquqiy shaxsdir”. Banklar eng avvalo, xususiy-tijorat tuzilma sifatida vujudga kelgan. Banklar o‘zining rivojlanishi jarayonida uzoq davr va ko‘p bosqichlarni bosib o‘tgan. Dastlabki banklar eramizgacha 2300yilda qadimgi Mesopotamiya davlatida savdo sherikchilik ko‘rinishida tashkil etilib, ssudaga pul berish va pul ko‘chirish operatsiyalari bilan shug‘ullangan. Lekin haqiqiy banklar rivojlanishi Bobillar davlati (miloddan avvalgi 2000-yilning boshlarida janubiy Mesopatamiyada) vujudga kelishi bilan bog‘liq. Banklar keyinchalik Afrika, Misr, Rim va Angliyada rivojlana boshlagan. Davlat banklari XIX asrga kelibgina tashkil topa boshlagan. Fransiya davlat banki 1800-yilda tashkil etilgan, 1816-yil Avstriya, 1825-yili Belgiya milliy banki keyinchalik Rus davlat banki, Italiya milliy banki vujudga kelib, tijorat banklari bilan birgalikda ish yurita boshlagan. Download 122.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling