Respublikamizda mashinasozlikni rivojlan bosqichlari


O’zbekistonda mashinasozlik majmuining rivojlanish bosqichlari


Download 32.52 Kb.
bet2/2
Sana07.05.2023
Hajmi32.52 Kb.
#1440676
1   2
Bog'liq
MASHINASOZLIK SANOATI RIVOJLANISHNING NAZARIY ASOSLARI

O’zbekistonda mashinasozlik majmuining rivojlanish bosqichlari.

Mashinasozlik og’r sanoatning eng yirik va yetakchi tarmog’idir. Uning ahamiyati, avvalo, hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini xalq xo’jaliginining barcha tarmoqlarida joriy qilish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalashtiris va avtomatlashtirish, maxsulot sifatini yaxshilash hamda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ko’tarishda namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham mamlakat va viloyatlar iqtisodiyotining umumiy taraqqiyot darajasi mashinasozlikningrivojlanish darajasi bilan belgilanadi.
O‘zbekistonda mashinasozlik sanoatining dastlabki korxonalari 20-asr boshlarida vujudga keldi. 20-asr boshida O‘zbekiston metalga ishlov berish sanoati asosan 14 ta kichik remont ustaxonalaridan iborat edi. Ularda asosan temir yo’l, paxta tozalash va yog‘ zavodlarining ta’mirlash ishlari bajarilardi. Yalpi sanoat maxsulot umumiy xajmidan og‘ir sanoat va metalga ishlov berish tarmog‘ining hissasi 1,3 %ni tashkil etgan. 1900 yilda Toshkentda tashkil etilgan metalga ishlov beruvchi bosh temiryo‘l ustaxonalari shu davrning yirik korxonalaridan edi.
O’zbekiston sharoitida mashinasozlik sanoatining rivojlanishi muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, mashinasozlik malakali ish kuchini ko’p talab qilganidan uni aholisi va mehnat resuslari yuqori sur’atlar bilan o’sayotgan Respublikamizda rivojlantirish ayniqsa muhimdir.
Mashinasozlik sanoati O’zbekistonda asosan Sovet hokimiyati yillarida barpo etildi. Oktyabr’ to’ntarilishidan avval O’zbekistonning hozirgi hududida mashinasozlik va metallsozlik yettita kichik, yarim kustar holidagi ustaxonalardan iborat bo’lib, uninhg yalpi sanoat mahsulotidagi salmog’i 1913 yilda 1 % ni tashkil etgan edi. Eng katta sanoat korxonasi temiryo’l transporti mashina va uskunalarini ta’mirlash bilan shug’ullanardi.
Sovet hokimiyati yillarida respublikada mashinasozlik sanoati yuqori sur’atlar bilan rivojlantirildi. Masalan, 1940-1975 yillar orasida O’zbekistonda sanoat yalpi mahsuloti 13 marta ortgan bo’lsa, mashinasozlik sanoatida 587 marta o’sdi. O’ninchi besh yillikda (1976-1980) ham mashinasozlik ancha yuqori sura’tlar bilan rivojlantirildi. Butum sanoat mahsuloti ishlib chiqarish 35-38 % o’sgani holda, mashinasozlik mahsuloti 1.5 marta ko’paydi. 1980-1989 yillarda bu ko’rsatkichlar tegishli ravishda 46 % va65 % ni tashkil qildi.[4]
Umuman O’zbekiston mashinasozlik sanoati taraqqiyotini Vatan Urishiga bo’lgan davr, Vatan urushi davri va urushdan keying davrlarga bo’lish mumkin.


Download 32.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling