Respublikamizda qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish
Download 158.98 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1-MARUZA
KIRISH Respublikamizda qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirish va ularni rivojlantirish, qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari turini hamda ularni ishlab chiqaruvchi korxonalar sonini ko‘paytirish borasida muayyan ijobiy natijalarga erishilmoqda. Respublikamizda yoqilg‘i va energetika resurslaridan samarali foydalanish borasida yuzaga kelayotgan muammolar sababli zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarishda energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan kompozitsion qurilish materiallarining ulushi tobora ortib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni, 2016 yil 28 sentyabrdagi PQ-2615-sonli «2016-2020 yillarda qurilish industriyasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi, 2017 yil 8 avgustdagi PQ-3182-sonli «Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustivor chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi, 2019 yil 23 maydagi PQ-4335-sonli «Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorlariga muvofiq qurilish materiallari ishlab chiqarish faoliyatining darajasi va sifatini yaxshilash, bu sohadagi ishlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida mamlakatimizda standart talablariga javob beradigan innovatsion va kompozitsion qurilish materiallarini ishlab chiqarishni kompleks rivojlanishini ta’minlash ustida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Kompozitsion qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish- ning asosiy yo‘nalishlari qo‘yidagilar: sohaga ilmiy yangiliklarni qo‘llash; kompozitsion qurilish materiallari sifat darajasi va samarasini oshirish; ishlab chiqarishda mehnat sarfini kamaytirish, yuqori sifatli kompozitsion materiallarni ko‘plab ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish texnologiyasini tubdan yaxshilash uchun eng zamonaviy texnologik jarayonlarni keng ko‘lamda tadbiq qilish; yuqori unumdor avtomatik uskunalarni ishlatish; kompozitsion materiallarni hossalarini aniqlashda xomashyo mahsulotlarning sifatini boshqarish va nazorat sistemasini eng sifatlisini qo‘llash; hisoblash texnikasidan keng foydalanish; chiqindiga chiqarmaydigan va resurslarni tejamlash texnologiyasini qo‘llash; sanoat chiqindilari va ikkilamchi mahsulotlarni keng ko‘lamda qo‘llash; ishchi, energiya va material resurslarini tejamkorligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish rezervlaridan keng foydalanish. Kompozitsion qurilish materiallari bu asosiy qurilish materiallaridan biri bo‘lib, ularni ishlab chiqarish kun sayin o‘sib bormoqda. Kapital qurilishdagi asosiy masalalardan biri, bu qurilish materiallarini ishlab chiqarish va qo‘llashni takomillashtirish, sifatini yaxshilash hamda ilmiy-texnik yutuqlarni qurilishda qo‘llash hisoblanadi. Globallashuv jarayonida har bir sanoatda o’ziga xos ravishda rivojlanish ham bo’lib bormoqda. Ayniqsa, hozirgi kun zamonaviy qurilishida eng ko’p ishlatiladigan kompozitsion materiallar ulushi ortib bormoqda. Zamonaviy kompozitsion materiallardan biri temirbeton”. Ma’lumki, temir-beton olishda, po‘lat armatura atrofida betonni qotiriladi. Natijada o‘ziga xos monolit hosil bo‘lib, beton asosan siquvchi kuchga, armatura cho’zuvchi kuchga ishlaydi. Kompozitsion materiallarning ba’zi turlari, masalan: uglerod bog‘lovchisi uglerod tolali kompozitlar 2500 0 C gacha temperaturaga bardosh beradi. Bog’lovchi turiga qarab kompozitlar uch xil bo’ladi: polimerli, metall va keramikali. Metall kompozitlarning turiga asosan alyuminiy yoki magniy bo‘lgan materiallar kirib, mustahkamlovchi sifatida uglerodli, borli va boshqa tolalar qo‘llaniladi. Kompozitsion materiallar turli xossalarga ega bo‘lgan komponentlar aralashmasidan olinadigan sun’iy materiallardir. Komponentlardan biri matritsa (asos) bo‘lsa, boshqasi mustahkamlovchi (tola, zarrachalar) hisoblanadi. Matritsa sifatida polimer, metall, keramika va uglerodli materiallar ishlatiladi. Mustahkamlovchi vazifasini shisha, bor, uglerod tolalari organik tola, ipsimon kristallar (karbidlar, boridlar, nitridlar va hokazolar) ning tolalari hamda mustahkamligi va bikrligi yuqori bo‘lgan metall simlar o’ynaydi. Kompozitsiyani tuzishda uni tashkil etuvchilarning individual xossalaridan samarali foydalaniladi. Kompozitsion materiallarning xossalari komponentlar tarkibi, ularning miqdori va ular orasidagi aloqalarning mustaxkamligiga bog’liq. Komponentlarning hajmiy miqdorini o‘zgartirib, ishlatilishiga qarab, kerakli mustahkamlik, otashga chidamliligi, elastiklik moduliga ega bo‘lgan material yoki zarur maxsus xossalarga (masalan, magnit va boshqa xossalar) ega bo‘lgan kompozitsiya olish mumkin. Kompozitsion materiallardagi mustahkamlovchining hajmi 20-80% ni tashkil etadi. Matritsaning xossalari siqilish va siljishda kompozitsion materialning mustaxkamligini belgilaydi. Mustahkamlovchining xossalari kompozitsion materialning mustaxkamligi va bikrligini belgilaydi. Metall kompozitlarning turiga asosan alyuminiy yoki magniy bo’lgan materiallar qirib, mustahkamlovchi sifatida uglerodli, borli va boshqa tolalar qo’llaniladi. Download 158.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling