Respublikamizning eng chekka hududlarida istiqomat qiluvchi 500 mingga yaqin oilalarning tibbiy-ijtimoiy holati o‘rganildi


Download 26.26 Kb.
bet1/3
Sana09.04.2023
Hajmi26.26 Kb.
#1343328
  1   2   3
Bog'liq
insonoarvarlik tamoili


Inson zoti hamisha mehr va shirin so‘zdan quvvat olib yashaydi. Ayniqsa, ko‘ngli yarim, yordamga muhtoj kishilarga muruvvat va e`tibor ko‘proq zarur. Xalqimiz hamisha nogiron, kam ta‘minlangan, keksa va yolg‘iz, ko‘p bolalari fuqarolarga ko‘mak berishni ezgu a‘mol hamda savob deya asrlar osha unga amal qilib kelmoqda.
Respublikamizda ana shu ezgulik yo‘lida “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi jamoasi va respublika bo‘yicha hududiy — bo‘lim va tuman tayanch maskanlarida ham ulkan ibratga sazovor ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Tibbiy — ijtimoiy patronaj tizimining 15 yillik faoliyati davomida “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining ko‘chma brigadalari mutaxassislari tomonidan:
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga kerakli tavsiyalar berildi hamda doimiy ravishda muruvvat yordamlari ko‘rsatib kelinmoqda.
Respublikamizning eng chekka hududlarida istiqomat qiluvchi 500 mingga yaqin oilalarning tibbiy-ijtimoiy holati o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18-iyun 2008- yildagi “Irsiy kasalliklar va nogiron bolalar tug‘ilishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-iyuldagi “2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma‘naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 27- fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan “Mustahkam oila yili” davlat dasturi ijrosini amalga oshirish yuzasidan mahallalarda kam ta`minlangan, ko‘p bolali oilalardagi tug‘ish yoshidagi ayollar, o‘smirlar va bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, muhtoj bo‘lgan bemorlarga xayriya sifatida dori-darmonlar tarqatilmoqda. Tibbiy ko‘riklar nafaqat mahallalarda balki korxona va tashkilotlarda, harbiy qismlarda, o‘quv muassasalarida ham reja asosida amalga oshiriladi.
“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi Tibbiy-ijtimoiy markazi, jamg‘arma filiallarining ko‘chma tibbiy-ijtimoiy brigadalari mutaxassislari tomonidan 2012-yilning o‘tgan yetti oyi mobaynida respublika bo‘yicha 537 ta qishloq va 1 609 ta mahallalarida, o‘quv muassasalari, harbiy qismlar, harbiy bilim yurtlari, korxona xamda tashkilotlarda jami 116 678 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
2009-yilda tashkil topgan hududlararo tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi mutaxassislari tomonidan Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Bo‘stonliq tumanlari chekka xududlarida istiqomat qiluvchi, ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo‘lgan aholilarning 9 447 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, davolanish bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda muruvvat yordami tarzida dori-darmonlar tarqatildi.



Download 26.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling