Respublikaning eksport salohiyatini oshirishda logistika markazlari va erkin iqtisodiy zonalarning ahamiyati
Download 8.19 Kb.
|
1 2
Bog'liqlogistika1 (1)
Respublikaning eksport salohiyatini oshirishda logistika markazlari va erkin iqtisodiy zonalarning ahamiyatiAbdullayev J Zulimov Y Abdullayev M Erkin iqtisodiy zonalar — davlatlararo kelishuvlarga yoki maxsus qonunlarga muvofiq, xoʻjalik va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanish uchun imtiyozli soliq, moliya, huquqiy sharoitlar joriy qilinadigan muayyan hududlar. Xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni jalb etish maqsadlarida tashkil etiladi va ularda zarur ishlab chiqarish va ish yuritish infratuzilmasi barpo etiladi. Erkin iqtisodiy zonalar koʻp hollarda davlatlararo tutash hududlarda (bir necha davlatlarning chegaralari tutashgan hudud), xalqaro aeroportlar, port shaharlarda yoki transport yoʻllari tutashgan hududlarda tashkil etiladi.Erkin iqtisodiy zonalarda alohida xalqaro huquqiy status joriy etiladi. Lekin u qayerda joylashishidan qatʼi nazar, shu mamlakatning ajralmas boʻlagi hisoblanadi, barcha amaliyotlar (yer ajratish, firma va kompaniyalarni tashkil etish, chegaradan yuklarni, tovarlarni olib kirish va olib chiqish, boj toʻlovlari, soliq toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar, qaysi valyuta yoki valyutalar toʻlov vositasini oʻtashi, hududni boshqarish tartibi va boshqalar) qabul qilingan qoidalar asosida tezkorlik bilan bajariladi. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishdan maqsad koʻplab yangi texnologiya, investitsiyalarni jalb qilib, rivojlangan iqtisodiy makon yaratish va shu yoʻl bilan mamlakat iqtisodiyotini tezkorlik bilan rivojlantirishdir.O‘zbekistonning erkin iqtisodiy zonalari: Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida 24 ta maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ) mavjud bo‘lib, ulardan 23 tasi sanoat, 1 tasi qishloq xo‘jaligi ixtisoslashgan. 2008-yildan 2022-yilgacha bo‘lgan davrda maxsus iqtisodiy zonalar hududlarida 3,2 milliard dollarlik jami 604 ta loyihalar amalga oshirildi. Umumiy summadan 896,9 mln dollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Loyihalar hisobiga 55 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ushbu loyihalarning eng yirigi Angren EIZ (1038,2 mln dollarlik 84 ta loyiha), “Navoiy” EIZ (495,0 mln dollarlik 73 ta loyiha), “Urgut” EIZ (335,9 mln dollarlik 77 ta loyiha), va “Qo‘qon” EIZda (280,2 mln dollarlik 84 ta loyiha) amalga oshirildi.Download 8.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling