Республикаси олий ва ўрта махсус таълим


Download 66.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana15.10.2023
Hajmi66.97 Kb.
#1704408
1   2   3   4   5
Bog'liq
tezis 1

Масъул муҳаррир: Б. Утанов, и.ф.ф.д., доцент 
Таҳрир ҳайъати: И. Ҳабибуллаев, т.ф.д., профессор 
З. Тошматов, и.ф.д., профессор 
Х. Хўжақулов, и.ф.н., доцент 
Б. Маматқулов, и.ф.н., доцент 
Д. Сапаев, и.ф.ф.д., катта ўқитувчи 
А. Жумаев, и.ф.ф.д., в.в.доцент 
И. Жалолов, и.ф.ф.д., катта ўқитувчи 
Р. Урунов, катта ўқитувчи 
Ғ. Исмоилов, катта ўқитувчи 
А.Жамалдинова, катта ўқитувчи 
Тақризчилар: А.Набиходжаев, и.ф.н., доцент 
Қ.Жумаев, и.ф.н., доцент 
Мазкур тўпламга киритилган маъруза тезисларнинг мазмуни, ундаги статистик 
маълумотлар ва меъёрий ҳужжатлар санасининг тўғрилиги ҳамда танқидий фикр 
мулоҳазаларга муаллифларнинг ўзлари масъулдирлар. 
Тошкент молия институти, 2021 йил 



“O’ZBEKISTONDA MILLIY STATISTIKA TIZIMINI
TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI”
248 
M.B. Moyliyev –TMI magistranti 
Ilmiy rahbar: B.K.Utanov –TMI dotsenti, PhD 
 
XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA MOLIYAVIY 
HISOBOTLARNING XALQARO STANDARTLARIGA O’TISHNING 
AHAMIYATI 
Dunyodagi deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiy siyosatning eng muhim 
maqsadlaridan bir iqtisodiy o'sish ko’rsatkichini oshirishdan iboratdir.Bunda mamlakatga 
jalb etiladigan xoirjiy to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar hajmini oshirish muhim rol o’ynaydi. 
Hozirgi global miqyosada mamlakatlar bevosita va bilvosita xorijiy investitsiya jalb qilish 
borasida raqobat olib bormoqda. XVF saytida berilgan ma’lumotlarga asosan yozilgan 
xorijiy maqoladagi ma’lumotlariga ko’ra ,,Investitsiyalar, xususan, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy 
investitsiyalar iqtisodiy o'sishning eng muhim omillaridan biri sifatida qaraladi. O'tgan 
chorak asr butun dunyo bo'ylab to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimining sezilarli 
o'sishiga guvoh bo'ldi. Buning sababi shundaki, ko‘pgina mamlakatlar, ayniqsa,
rivojlanayotgan mamlakatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni o‘zlarining umumiy 
iqtisodiy rivojlanish strategiyasining muhim elementi sifatida ko‘rishadi’’.
66
To'g'ridan-
to'g'ri xorijiy investitsiyalar qabul qiluvchi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga ikkita 
asosiy yo'nalishda hissa qo'shadi. Ular yangi texnologiyalar, marketing va boshqaruv 
ko'nikmalari, innovatsiyalar va ilg'or tajribalarni almashish orqali mahalliy kapitalni 
ko'paytirish va samaradorlikni oshirishni o'z ichiga oladi. Ikkinchidan, to'g'ridan-to'g'ri 
investitsiyalar ham foyda, ham xarajatlarga ega va uning ta'siri umuman mamlakatning 
o'ziga xos sharoitlari va xususan, siyosat muhiti bilan belgilanadi. Bu o’z ichiga 
diversifikatsiya qilish qobiliyati, o'zlashtirish qobiliyati darajasi, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy 
investitsiyalar maqsadliligi amalga oshira olish va to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar va 
mahalliy investitsiyalar o'rtasidagi bog'liqlikni o’z ichiga oladi. Biz nafaqat xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish balkim uni o’zlashtira olish ham muhimligini Kosovoga 
to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar muvaffaqiyatsizligi misolida ham ko’rishimiz 
mumkin.Shuning uchun bugungi kunda bu mavzuni o’rganish va izlanishlar olib borish 
66
https://papers.ssrn.com/
Foreign direct investments and economic growth


“O’ZBEKISTONDA MILLIY STATISTIKA TIZIMINI
TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI”
249 
zamon talablaridan biri hisoblanadi
Xorijiy investor uchun biror bir mamlakatga investitsiya 
kiritishda muhim omillardan biri u investitsiya kiritmoqchi bo’lgan sektor haqidagi yuqori 
sifatli moliyaviy ma’lumotlar yetarliligi hisoblanadi.Xorjiy investor har doim yuqori 
sifatli,haqqoniy moliyaviy-iqtisodiy statistik ma’lumotlar bera oladigan bozorga intilishadi 
bu ularga kiritiladigan investitsiya samaradorligini aniq va arzon tarzda baholash imkonini 
beradi.Shuning uchun MHXS standarlari qo’llash xalqaro miqyosda investorlar uchun 
ochiqlik va oshkorolikni ta’minlashning asosiy omillaridan biri sifatida tan olingan va 
investorlar qaror qabul qilishda asoslanadigan asosiy ma’lumotlarni shu standartlar asosida 
tuzilgan moliyaviy hisobotlardan olishadi. MHXS moliyaviy ko’rsatkichlarni haqqoniy 
tarzda ko’rsatadigan va real iqtisodiy holatni ochiqlab beradigan standartlar to’plami 
hisoblanadi. MHXS ning muhiliginig yana bir omillaridan biri bu haqqoniy moliyaviy 
axborotlar iqtisodiy o’sishga erishishdagi muhim faktor hisoblanishidir. MHXS ni qabul 
qilishning 
ahamiyatini 
real 
iqtisodiyotdagi 
yaqqol 
misoli 
sifatida 
ASEAN 
mamlakatlarining 2001-2019 yillar oralig’idagi mamlakat miqyosida Moliyaviy hisob 
xalqaro standartlariga o’tishi va shu davrdagi to’g’ridan to’g’ri xorjiy investitsiyalarni jalb 
etish bo’yicha foizlarda eng yuqori ko’rsatkichlarga erishishini olishimiz mumkin.Bu 
mamlakatlar orasida Filippin 2005-yil, Myanmar 2011-yil, Singapur 2010-yil, Tailand 
2011-yilda moliyaviy hisobotlarni tuzishda Moliyaviy hisob xalqaro standartlariga 
o’tishgan hisoblanadi.ASEAN mamlakatlari ichida faqatgina Vietnam va Indoneziya 
haligacha Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga o’tishmagan
67
.Shu vaqt 
oralig’ida to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalar salmog’i bu mamlakatlarda bir necha 
barobarga oshganini ham ko’rishimiz mumkin. ASEAN tarkibiga kiruvchi 10 ta mamlakat 
umumiy statistikasini ko’radigan bo’lsak,bu mamlakatlarga to’g’ridan to’g’ri xorijiy 
investitsiyalar salmog’i 2000-yilda 21,31 mlrd dollarni,2005-yilda esa 42,999 mlrd dollarni 
tashkil etgan holda 2016-yilga kelib bir necha barobarga oshib 128.841 mlrd dollarni tashkil 
etgan va bu statistikada biz yaqqol o’sish tendensiyasini ko’rishimiz mumkin. Oxirgi 
yillardagi statistikaga murojaat qilsak bu ko’rsatkich pandemiya sababli 2019-yildagi 182 
67
https:// www.ifrs.org 


“O’ZBEKISTONDA MILLIY STATISTIKA TIZIMINI
TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI”
250 
milliard dollarlik ko’rsatkichdan 25% ga kamayib, 2020-yilda 137 Milliard dollarga 
tushgan.
68
Mamlakatda investitsiya muhiti yaxshilanishi iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar faol kirib kelishining asosiy faktorlaridan biri hisoblanadi va 
O’zbekistonda Moliyaviy xisobotlarning xalqaro standartlariga o’tish bu boradagi amalga 
oshirilgan eng katta qadamlardan biri bo’ladi. Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy 
investitsiyalarning jalb etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishini tezlashtirib, 
barcha sohalarda ichki imkoniyat va rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiya, 
eksportbop tovarlarni o’zlashtirish, ularni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish orqali davlat 
iqtisodiy qudratini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek mamlakatimizda 
asosiy kapitalga o’zlashtirilgan jami investitsiyalar 2020-yilda 210 195,1 mlrd so’m, 2021-
yil yanvar-sentyabr oylarida esa 163 933,8 mlrd so’mni tashkil etgan bo’lib bundan chet el 
investitsiyalari va kreditlari o’z navbatida 42.7% va 41.9% ni tashkil etadi.
69
O‘zbekiston 
Respublikasining 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturida 2021 — 2023-
yillarda 928,3 trln so‘m miqdoridagi markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalar, 
jumladan 37,5 mlrd AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilish nazarda 
tutilgan.
70
Mamlakatimizda ham MHXSga o’tish borasida qonunlar qabul qilinib, talay chora 
tadbirlar amalga oshirilmoqda.Bulardan biri 24.02.2020 dagi ,,Moliyaviy hisobotning 
xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida’’gi PQ-4611 
sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori hisoblanadi. Bu qarorga asosan 
aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar 
toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar 2021-yil 1-yanvardan boshlab, MHXS asosida 
buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy 
hisobotni MHXS asosida tayyorlaydi.
71
Unga muvofiq moliyaviy hisobotni ixtiyoriy 
68
https://asean.org/asean-launches-investment-report-2020-2021-investing-in-industry-4-0/ 
69
stat.uz 
70
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4937-son ,,O’zbekiston Respublikasining 2021-2023-yillarga 
mo’ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora tadbirlari to’g’risida’’ qarori
71
https//lex.uz/docs. 


“O’ZBEKISTONDA MILLIY STATISTIKA TIZIMINI
TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI”
251 
ravishda MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tadbirkorlik subyektlari buxgalteriya 
hisobining milliy standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot taqdim etishdan ozod etiladi. 
2

Download 66.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling