Республикаси Олий ва Ўрта
Download 103 Kb.
|
Кasbiy psixologiya 6-ma\'ruza (1)
Idrokning turlari. Idrok klassifikatsiyasining asosi, sezgilardagi kabi, idrok jarayonida ishtirok qiluvchi analizatorlaring har xilligidir. Idrok jarayonida qancha analizatorning yetakchilik qilishiga ko’ra ko’rish, eshitish, tuyush, kinestizik, hid bilish va ta’m bilish idroklari farqlanadi.
Idrokning sof holatdagi turlari ham uchraydi. Odatda ular birlashib ketgan. Bundan tashqari materiyaning yashash shakllariga ko’ra ham idrok turlari, fazoni, vaqtni, harakatni idrok qilish aniqlanadi. 6.3. Diqqat. Diqqatning fiziologik asoslari va turlari Diqqat deb, – Ongimizni biz uchun ahamiyatli bo’lgan ob‘ektga yunaltirishga va shu ob‘ekt ustida tuplashga aytiladi. Diqqat har qanday faoliyatning asosi bo’ladi. Diqqat – ongimizning shunday bir eshigiki, ongimizga kelayotgan barcha axborotlar faqatgina shu eshik orqali kiradi. Diqqat barcha psixik jarayonlarning namoyon bo’lishi uchun muhim shartdir. Masalan o’quvchilar diqqat tufayligina o’qituvchini tinglay oladilar, uning tushuntirishlarini idrok qila oladilar. Diqqat kishining holatiga (sog’lig’i, toliqqan-toliqmaganligiga, tuyib uxlagan-uxlamaganligiga), oldiga qo’ygan maqsadi va vazifalariga, muayyan ishni bajarishga, tashqi sharoitga, diqqatning yaxshi o’tish-o’tmasligiga bog’liq bo’ladi. Diqqat hamisha kishining yuz harakatlarida, ya’ni mimikasida, ko’z qarashlarida, qaddining holatida yaqqol namoyon bo’ladi. Lekin diqqatning tashqi ifodasi diqqat jarayonining borishiga muvofiq bo’lishi ham, muvofiq bo’lmasligi ham mumkin. Masalan, kishining biror narsaga tikilib, qimirlamay turishi uning diqqatining biror narsaga juda ham jalb bo’lganini ko’rsatadi, lekin bu jim, qimirlamay turish tashqi ifodaning o’zigagina xolos. Aslida esa u murakkab fikrlash faoliyatidadir. Diqqat psixik faoliyatning yo’naltirilishi bilan birga, uning tuplanishini ham taqozo qiladi. Diqqatni bir joyga to’plash deganda, mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi-ko’pmi chuqur e‘tibor berish tushuniladi. Masalan, murakkab va zarur o’quv materialini o’qish va tushunish diqqatni to’plashsiz amalga oshmaydi. Diqqatning fiziologik mexanizmlari ma’lum nerv markazlarining qo’zg’alishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog’liq. Bu mexanizm sub‘ekt (organizm) uchun ahamiyatli bo’lgan qo’zg’atuvchilarni ajratishni psixik faoliyatning yo’nalganligini ta’minalaydi. Har qanday yangi qo’zg’atuvich (agar u yetarli darajada kuchli bo’lsa) bu refleksni, I.P.Pavlov aytganidek, «nima u» degan refleksni keltirib chiqaradi. Bu sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, orientatsiya refleksi paydo bo’lgan paytda xuddi uyqudan uyg’onib bedorlikka o’tishdagidek o’zgarish hosil bo’ladi. I.P.Pavlov tomonidan kashf qiligan nerv jarayonlarining induktsiyasi qonuni diqqatning fiziologik asoslarining tushunib olish uchun muhim ahamiyatga ega. Nerv jarayonlarining induktsiyasi qonuniga ko’ra bosh miya po’stining bir joyida maydonga kelgan ko’zg’alish jarayonlari bosh miya po’stining boshqa joylarida tormozalnish jarayonini yuzaga keltiradi. Va aksincha bosh miya po’stining bir joyida maydonga kelgan qo’zg’alish jarayonlari bosh miya po’stining boshqa joylarida tormozalnish jarayonini yuzaga keltiradi. A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik printsipi ham diqqatning fiziologik asoslarini tushunishda muhim rol o’ynaydi. Bu printsipga asosan, miyada qo’zg’alishining har doim ustun turadigan hukmron o’chog’i mavjud, bu hukmron qo’zg’alish o’chog’i ayni paytda miyaga ta’sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo’zg’alishlarni qandaydir ravishda o’ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo’zg’alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Bunday ko’zg’alish o’chog’ining paydo bo’lish asosi mazqur qo’zg’atuvchining quchigagina bog’liq bo’lmay, balqi nerv sistemasining ichqi holatiga ham bog’liq bo’ladi. Bu hol psixologiq jihatdan biror qo’zg’atuvchilarga diqqatning qaratilishi va ayni chogda ta’sir qilib turgan boshqa qo’zg’atuvchilardan chalg’ishda ifodalanadi. Diqqatning yuzaga chiqish mexanizmlari juda murakkab va ularning ko’rinishi, turlari ham turlichadir. Download 103 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling