Республикаси Олий ва Ўрта
Kasbiy shakllanish jarayonida shaxs taraqqiyoti
Download 70.25 Kb.
|
Кasbiy psixologiya 3-ma\'ruza
3.3. Kasbiy shakllanish jarayonida shaxs taraqqiyoti.
Kasb jamiyatning mehnatga layoqatli a'zolarini ijtimoiy tashkillashtirishning alohida shakli bo'lib, bunda a'zolar faoliyatining umumiy turi va kasbiy ongi bilan birlashgan. Insonlar orasida qiziqishlari tufayli kasb tanlovchilar ham bo'ladi va bu qiziqish kamdan-kam hollarda romantik xarakter kasb etadi. Tanlagan kasbi o'zi uchun qiyin bo'lib, ko'p hollarda turli to'siqlarni yuzaga keltiradi va ayrim hollarda o'z kasbini o'zgartirishiga to'g'ri keladi. Bunday hollarda kasb tanlash ko'pgina sharoitlarga bog'liq bo'lib qoladi. Lekin hammasidan oldin kasb tanlashga e'tiborni tortish kerak. Ko'pgina, tanlangan faoliyatlar insonning qobiliyat va moyiligiga muvofiq bo'ladi. Shaxsning shakllanishida unga maqsadga yo’naltirilgan tarzda ta’sir o’tkazishda tarbiya yetakchi rol o’ynaydi. Tarbiya shaxsni rivojlantirishning jamiyat tomonidan qo’yilgan maqsadlarga muvofiq tarzda yo’naltirib boradi va uyushtiradi. Shaxsning mutaxassis sifatida shakllanish jarayoni xususida turlicha qarashlar keltirilgan. Ilgari ishlab chiqilgan shaxsning mutaxassis sifatida shakllanishi yosh xususiyati va ish stajiga bog'liq degan qarashlardan farqli ravishda muallif tomonidan shaxsning kasbiy mahorati bu parametrlarning funksiyasi hisoblanmasligi, aksincha individning kasbiy shakllanishining qaysi bosqichida ekanligiga qarab aniqlanishini ko'rsatib bergan. Kasbiy faoliyatni turli darajada o'zlashtirgan mutaxassislar haqidagi tasavvurlar, qolaversa, kasbiy shakllanish mezonlarining tavsifi keltirib o'tilgan. Kasbiy shakllanish jarayonini o'rganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy qobiliyatlarning ishni bajarishning muayyan bir usuliga asoslangan normativ faoliyatga yo'naltirilganligidadir. Shuning uchun ham kasbiy yetuklik darajasi ajratib ko'rsatilmaydi, balki faqatgina yosh xususiyati va mutaxassis sifatida yuritilayotgan vaqt inobatga olinadi. Shaxsning kasbiy shakllanishi masalasi ko'pgina mualliflar tomonidan tadqiq qilingan. Bu inson taraqqiyotida tez-tez uchraydigan jarayondir. Ko'pincha mutaxassis shaxsining to'la tahlil qilish tushib qoladi, shaxsning kasbiy shakllanish bosqichi esa hayot yo'li bosqichi bilan muvofiq tarzda ko'rib chiqiladi. Shuning uchun vaqt doirasida qatiy chegaralanib qoladi. Ijtimoiy sohalarda faoliyat yurituvchi shaxsning kasbiy shakllanishini o'rganishda insonning imkoniyatlarini to'liq ochib beruvchi sub'ekt va ijtimoiy muhit orasidagi turli ijtimoiy aloqalar tipiga ahamiyat berish muhimdir. Har bir ijtimoiy aloqalarning yana odamovilik va muloqotchanlik kabi kichik tiplarga bo'linishi biz uchun muhim ahamiyatga egadir. Birinchi tipda sub'ekt o'zini “topgan”, o'zida va faoliyatida o'zini o'zgartirishni xohlamasligi bilan tavsiflanadi. Ikkinchi tip esa sub'ektning o'zini o'zi “qidirishi” bilan izohlanadi. Bu o'tish, oraliq holat hisoblanadi. Individ (yoki jamiyat) bir shaklni tark etib jamiyatning boshqa yuqori darajasiga erishadi. Shaxsning kasbiy kamoloti masalasi uning hayotida muhim o'rin tutadigan faoliyat yo'nalishidir. Bu faoliyat yo'nalishini to'g'ri tanlash va belgilash keng ko'lamdagi shaxsiy muammolarni hal etishga olib keladi. Shunga ko'ra, quyidagi mulohazaga e‘tibor qaratish ancha muhimdir. Kasb tanlash – kasb talablaridan kelib chiqib, bir qancha variantlar orasidan shaxsiy xususiyatlari va xislatlari ustuvorligiga ko’ra munosibrog’ini tanlashni bildiradi. Kasb tanlash kasbiy yo’nalganlikka nisbatan bir muncha murakkabroq jarayon. Chunki shaxsda kasbga xos xususiyatlar – muayyan kasbni egallashga tayyorgarlik (bilim, tajriba, dunyoqarash doirasining kengligini) darajasining mavjudligini aniqlash talab etiladi. Shaxsning kasbiy shakllanishini boshqa vektori inson allaqachon o'zini “topganligi”, uning o'zini va o'z faoliyatini o'zgartirishni istamasligi bilan yakunlanadi. Shaxs faoliyatga nisbatan o'z ehtiyojlarini qondiruvchi vosita sifatida qaraydi. Download 70.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling