Modernizm, modernizm, modernism – dinni hozirgi zamon voqeligiga moslashtirishni yoqlab chiquvchi oqim.
Monastir, monastir, monastery – xristianlikda ruhoniylar jamiyatdan ajralib, faqat ibodat bilan shug‘ullanadigan joy, muassasa. Ayollar va erkaklar uchun mo‘ljallangan monastirlar mavjud.
Mutaassiblik, , fanatizm, fanaticism – o‘z g‘oyasini «to‘g‘ri» deb, boshqacha fikr egalarini tan olmaslik va ularni buzg‘unchilikda ayblash.
Panislomizm, panislamizm, – XIX asrning oxirlarida O‘rta Sharqda vujudga kelgan islom mamlakatlarini yagona bayroq ostida birlashtirish g‘oyasini ko‘tarib chiqqan siyosiy oqim.
Papa, Papa, pope – katolik oqimining bosh ruhoniysi.
Pastor, pastor, pastor (lotincha - cho‘pon) – protestantlikdagi cherkov rahbari. Pastorlar ommaviy ibodatlarda ma’ruzalar o‘qish va cherkovning ichki faoliyatini boshqarish bilan shug‘ullanadi.
Pasxa, pasxa, Easter (yunoncha, ivritcha – “yonidan o‘tish”) – xristianlikdagi asosiy diniy bayramlardan biri. Iso Masihning qayta tirilgan kuni sharafiga nishonlanadi. Hozirgi kunda Pasxa kuni Oy-Quyosh kalendari asosida hisoblanib, har yili o‘zgarib turadi.
Patriarx, , patriarx, patriarch – (qad. yunon. «ota, asos soluvchi») ortodoksal cherkovdagi (pravoslavie) oliy diniy martaba bo‘lib, undagi 14 ta avtokefal – mustaqil cherkovlar boshliqlari shu nom bilan ataladilar.
Pozitivizm, pozitivizm, positivism – falsafada XIX asrning 30-yillarida vujudga kelgan, pozitiv (aniq) fanlarni birdan-bir haqiqiy bilimlardir, deb e’tirof etgan oqim.
Post, Post, Fast xristian dinidagi ro‘za. Post kunlari xristianlarga faqat o‘simlik mahsulotlarini yeyish ruxsat etiladi.
Presviter, presviter,presbyter (yunoncha, lotincha — “oqsoqol, jamoa boshlig‘i”) – xristian ruhoniylik ierarxiyasida yuqori o‘rinni egallovchi diniy lavozim. Qadimda yepiskoplar ham presviter deb atalishgan.
Ravvin, ravvin, rabbi – yahudiy din arbobi. U yahudiy jamoasi diniy va oilaviy masalalarida hakamlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |