Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023


Download 2.19 Mb.
bet29/171
Sana03.06.2024
Hajmi2.19 Mb.
#1899102
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   171
Bog'liq
Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshke

Hinduiylik. Hinduiylik juda murakkab din bo‘lib, turli dinlar qorishmasidir. Kastachilik asosiga qurilgan. Mil av 6 asrlarda Hindistonda buddizm dini vujudga keldi. U barhmanizmdagi bir necha jihatlarni qabul qilgan bo‘lsada kasta ta’limotini inkor etdi. O‘sha davrda Hindistonda kasta tuzumini saqlab qolishga brahmanizm dinini isloh qilib qayta tiklashga xarakat boshlandi. Bu xarakat brraxmanizm bilan buddizm o‘rtasidagi kurashni ifodalovchi hinduizm edi.
U asosan Hindistonda tarqalgan bo‘lib, aholisining 83 foizi, ya’ni 650 mln. Kishi shu dinga e’tiqod qiladi. Banladeshda 12 mln, Indoneziyada 3,6 mln, Shri Lankada 3 mln, Pokistonda 1,5 mln, Malayziyada 1 mln, AQShda 0,5 mln mavjud. Hinduizmni birinchi talabi kasta tuzumini saqlab qolishdir.
Qadimgi brahmanlarning buddizm bilan aralashgan qadimiy urf-odatlarini o‘zida mujassam qilgan.
Ularda vedalarning muqaddasligi, guru (pir, ustoz)ning tan olinishi, muqaddas joylarga ziyoratga borish, sanskritning muqaddas til ekanligi, sigirning muqaddasligi. Hinduizmda barhmanlar asosiy o‘rinni egallaydi. Shuning uchun mazkur adabiyotninglarning ko‘pchiligi brahmanlar tomonidan yaratilgan. Halq og‘zaki ijodi “Mahabxarata” ham muqaddas yozuvlar qatoriga qo‘shilgan.
Hinduizm barhmanizmdan katta farq qiladi. Hinduizm ta’limotiga ko‘ra, brahmanlar nafaqat oliy tabaqa vakillaridan, balki oddiy halq ichidan, xatto ayollardan bo‘lishi mumkin.
Hinduizmda trimutri (uchlik) – Brahma, Vishnu, Shiva xudolari asosiy xudolari sanalib, Brahma – dunyoni yaratgan xudo xisoblanadi. Biroq Hinduizmda Vishnu va Shivagagina sig‘inadilar. Shuning uchun Hinduizm 2 ga Shivaga sig‘inuvchilar, Vishnuga sig‘inuvchilarga bo‘linadilar.Shiva kambag‘allar ilohi.
Brahma odatda uchlikning birinchisi sanalgani bilan xindlar Vishnu va Shivaga sig‘inadilar. Shiva majozan sirli, beayov kuch jazo manbai. Vishnu esa tabiat, ijod va himoya asosi. Trimutrining mohiyati haqida Beruniy tomonidan nasroniylarning “Ota, o‘g‘il va muqaddas Ruh” tushunchasiga qiyoslashi yoki hind va Xristian dinlarida ilohlar tasvirini chizish an’anasining o‘zro o‘xshashligining zikr etilishi.
Vishnuizm bayramlari duolar o‘qib, ta’zim bajo keltiriladi, ommaviy diniy marosimlarda qatnashiladi, turli xadya qurbonliklar keltiriladi, ibodatxona ichidagi yoki yonidagi xovuzda cho‘milish majburiydir. Qurbonliklar turli gullar, xushbo‘yliklar, ovqatlardan, xudolar nomiga atab ozod qilinadigan va so‘yiladigan xayvonlardan bo‘ladi. Sigir qadimdan xindlar e’tiqodiga ko‘ra muqaddas xayvon hisoblanadi. Sigir muqaddas xayvon bo‘lganligi uchun u xudolar bilan bir qatorda extirom qilinadi. Vishnuizmda o‘zining muqaddas xayvoni bor. U Maymundir. Rigvedada erkak maymun timsolida xanumanning ajdodini ko‘rish mumkin, degan rivoyat keltiriladi. Shuning uchun Ramayana dostonida odam-xudoning ittifoqchisi xudo-maymun xanumanning vakili sifatida ulug‘lanadi. Bundan tashqari, ilon, sher, fil, ba’zi qushlar ilohiylashtiriladi. Xinduizmda xudoning xamroxi deb e’tiqod qilinadi.
Bhagavadgita (Ilohiy qo‘shiq) katta poema Maxobxoratning qismlaridan biri hisoblanadi. U hozirgi Hindistonda ustun turadigan din induizmning asosiy muqaddas matnidir. U iso Maseh davridagi nomalum muallif tomonidan yozilgan. Bxagavadgita Arjuna bilan uning izvoshchisi Krishna o‘rtasidagi dialog shaklidadir. Dialog jarayonida Krishna o‘zini olamning hokimi, Xudoning o‘zi bo‘lgan Vishnaning timsoli sifatida tasvirlaydi.Arjuna xokimiyat va shon shuhrat qozonish uchun emas, balki adolatli fazoviy tartibotni tutib turish maqsadida mal qiladi.


Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling