Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023


Menora (ibr., «shamchiroq») – yetti ustunli, tillodan yasalgan shamchiroq. Yahudiylikning asosiy ramzlaridan biridir. Ner Tamid


Download 2.19 Mb.
bet31/171
Sana03.06.2024
Hajmi2.19 Mb.
#1899102
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   171
Bog'liq
Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshke

Menora (ibr., «shamchiroq») – yetti ustunli, tillodan yasalgan shamchiroq. Yahudiylikning asosiy ramzlaridan biridir.
Ner Tamid (ibr., «abadiy shamchiroq») – sinagogada «Tav­rot» solingan sandiq ro‘parasida joylashgan, doimo yonib turuvchi shamchiroq. Singogalarda Ner tamid Menorani eslatib turuvchi ramz sifatida quyiladi.
Ravvin, ravvin, rabbi – yahudiy din arbobi. U yahudiy jamoasi diniy va oilaviy masalalarida hakamlik qiladi.
Rosh-Hashona, Rosh-Xashona, Rosh-Hashona – yahudiylikdagi yangi yil bayrami.
Saduqiylar, Sadukitы, Sadukits – qadimiy yahudiylikdagi oqim.
Siddur (ibr., «tartibga solish») – yahudiylikda ibodat vaqtida o‘qiladigan duo kitobi.
Sinagoga, sinagoga, synagogue – yahudiylar ibodatxonasi.
Sinion, Sinion, Sinion – Quddus yaqinidagi tepalik.
Syao Jen – «kichkina odam» konfutsiylik ta’limoti­ga ko‘ra insonlarning boshlang‘ich tabaqasi, ya’ni oddiy xalqdan chiqqan, hech qanday bilimga ega bo‘lmagan shaxs. «Syao jen»dan bilim olish va marosimlarni to‘la–to‘kis bajarish orqali «Szen–sze» darajasiga erishish mum­kin bo‘lgan.
Tavrot, Tora, Torah (ivritcha — “ta’limot, qonun”) – yahudiylik va xristianlik dinlarida tan olinadigan va Bibliya tarkibiga kiruvchi muqaddas manba. Tavrotning muallifi sifatida Muso payg‘ambar ko‘rsatiladi. Tavrot besh kitob: “Ibtido”, “Chiqish”, “Levit”, “Sonlar” va “Ikkinchi qonun”dan iborat.
Tay–Lyao – Xitoydagi eng muqaddas qurbonlik marosimi. Unda uchta jonivor – qo‘y, xo‘kiz va cho‘chqalardan iborat «uchlik» qurbonlik keltiriladi.
Tales – Yahudiylarda ibodat vaqtida yelkaga tashlab oli­nadigan choyshab. Taleslar odatda qora yoki ko‘k yo‘l–yo‘l oq matodan tikiladi.
Talmud, Talmud, Talmud – (ivrit. «lameyd» ­ «o‘rganish» so‘zidan) Tavrotga yozilgan sharhlar to‘plami.
Tantrizm, Tantrizm, Tantrism (sanskritcha – “tantra”-mato) – buddaviylik va hinduiylik dinlarida mavjud bo‘lgan diniy-falsafiy ta’limot. Eramizning birinchi asrida paydo bo‘lgan. Insondagi jinsiy va shahvoniy xislatlar muhimligi asosiga qurilgan. Ta’limot asoslari “tantralar” deb nomlanadigan yozuvlarda bayon qilingan.

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling