Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023


Download 2.19 Mb.
bet40/171
Sana03.06.2024
Hajmi2.19 Mb.
#1899102
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   171
Bog'liq
Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshke

Ta’limoti. Buddaviylik qadimiy hind diniy-falsafiy ta’limotlari asosida vujudga kelgan, o‘ziga xos nazariyot va amaliyotdan iborat bo‘lgan diniy tizimdir. Budda yangi diniy qonun-qoidalar, rasm-rusumlar ishlab chiqmagan, balki har bir inson tug‘ilish va o‘lim mashaqqatlaridan qutulishi uchun amal qilishi lozim bo‘lgan bir necha ko‘rsatmalarni ishlab chiqdi, xolos. Uning ta’limoti insonning xayolida, ishlarida va o‘zini tutishida samimiy oliyjanoblik g‘oyasini ilgari suradi. U vedalardagi gunohsizlik ta’limotini inkor qildi, hayvonlarni vahshiyona qurbon qilishni qoraladi, varna (kasta) tizimini va undagi ruhoniylarning boshqalardan ustunligini inkor qildi.
Budda «Yaratuvchi oliy kuch»ning borligiga shubha va ishonchsizlik bildirgan. Uning fikricha, eng muhimi insonning shaxsiy kamoloti va ezgu turmush tarzidir.
Budda ta’limotining asosida «hayot – bu azob-uqubat» va «najot yo‘li mavjud» degan g‘oyalar yotadi. Buddaviylik ta’limotiga ko‘ra, inson o‘ziga xos mavjudot bo‘lib, tug‘iladi, o‘zini-o‘zi halok qiladi yoki qutqaradi. Bu g‘oyalar Buddaning ilk da’vatida ta’birlangan to‘rt haqiqatda o‘z ifodasini topgan.
Birinchisi, azob-uqubat haqidagi ta’limot. Dunyoda har bir jon tug‘ilish, qiynoq, kasallik, og‘riq, kulfat, mashaqqat, ayriliq, orzu-havasga yetolmaslik, o‘lim kabi uqubatlarini boshidan kechiradi. Dunyo tuzilishining qonuni bir-biriga bog‘liq bo‘lib, hech bir narsa sababsiz yaralmaydi va uning sababini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun ham taqdirni shundayligicha qabul qilish lozim. Bu ta’limotga ko‘ra, har bir narsa yo hodisa elementlardan tashkil topgan bo‘lib, ularni harakatga keltiruvchi kuch bu insonning xayollari va so‘zlaridir. Shuning uchun ham insonning keyingi hayoti uning xohishlari, istaklariga bog‘liq bo‘lib, buni “hayot g‘ildiragi” – “sansara” deb ataladi. Inson bu dunyoda sansaraga bog‘lanadi, ya’ni qayta tug‘ilaveradi, azob-uqubatlarga duchor bo‘laveradi. Xohish istaklar va ehtiroslardan ozod bo‘lmagan hayot har doim azob keltiradi. Demak, birinchi xaqiqat-azob uqubat mavjuddir.

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling