Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023
Download 2.19 Mb.
|
Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshke
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchisi
Ikkinchisi – azob-uqubatlarning sabablari haqidagi ta’limot. Azob-uqubatlarning sabablari – insonning xohish-istaklari. Insonning yaxshi va yomon niyatlari kelajagi uchun “karma” hozirlaydi. Karma nazariyasi odamlar, hayvonlar, o‘simliklar dunyosiga tegishlidir. Karma qonuni insonning ruhiy ibtidosiga taalluqli emas, u kosmik jihatga ega. U ko‘r, ongsiz ibtido.
Inson hayoti muttasil iztirob, mashaqqatlardan iborat bo‘lishining sababi, avvalo, bilimsizlik va hissiyotlardir. Chunki, “hissiyotdan hayotga chanqoqlik, chanqoqlikdan mehr qo‘yish, mehr qo‘yilishidan borliqning yaralishi, borliqdan tug‘ilish, tug‘ilishdan ehtiros, ehtirosdan umid, umiddan baxtsizlik, baxtsizlikdan xo‘rlik, xo‘rlikdan nochorlik va nochorlikdan iztiroblar kelib chiqqan.”5 Yashashga nisbatan kuchli xoxish, ehtiroslar bari xomxayol bo‘lsada yana uni izlaydi. Demak, insonning xohishlari, istaklari, hissiyotlari, moddiy dunyodan uzilib ketolmasligi, hayotga tashnaligi (“trishna”) azob-uqubatlarning sababchisidir. Uchinchisi, azob-uqubatlardan halos bo‘lish haqidagi ta’limot. Azob-uqubatlardan qutulish mumkin, buning uchun inson hayot g‘ildiragidan tashqariga chiqishi, o‘zining hissiyotlarini to‘la jilovlashi zarur. Buddaviylikning xulosasi shuki, inson umr bo‘yi baxtli-saodatli yashaganda ham qayta tug‘ilish zanjiri halqasini uzib tashlashi kerak, chunki baribir hayotning oxiri nochorlik, qartayish, bemorlik, o‘limdir. To‘rtinchisi – azob-uqubatlardan qutilish, najot yo‘llarini topish haqidagi ta’limot. Unga ko‘ra, inson hayotida shu to‘rt haqiqatni bosib o‘tsa, haqiqatga erishadi “nirvana” holatiga yetishadi. Bu yo‘lga amal qilgan insongina yuksak kamolotga erishib ro‘shnolik topadi. Najot – bu dunyodan, ya’ni sansaradan, nirvanaga (ro‘shnolikka) o‘tishdir. Nirvanada jonning ko‘chib yurishi to‘xtaydi. Demak, iztiroblardan qutilish mumkin. Buning uchun buddaning ma’naviy ko‘rsatmasiga amal qilishi lozim. Najotga yetishishning Budda ko‘rsatgan sakkizta yo‘li – taqvodorlik e’tiqodi, taqvodorlik qat’iyati, taqvodorlik so‘zi, taqvodorlik ishi, taqvodorlik turmush tarzi, taqvodorlikka intilish, taqvodorlikni orzu qilish, taqvodorlik xayoli bilash yashash. Bu aqidalar sakkiz spitsali g‘ildirak tarzida ifodalangan va tasviriy san’atda keng ifodalangan. Xususan, Kushon arxeologik qazilmalari orasida ham ramziy sakkiz spitsali g‘ildirak tasviri uchraydi. Buddaviylikda insonning maqsadi – ong gumrohligiga barham berish bilan belgilanadi. Bu ta’limotning axloqiy talablari “pancha-shila” deb ataladi, bunga ko‘ra qotillikdan, o‘g‘rilikdan, yolg‘ondan, shahvoniyatga berilishdan, mast qiluvchi ichimliklardan saqlanishdir. Modomiki, dunyodagi baxtsizliklarga insonning o‘zi sababchi ekan, ulardan uzoqlashishning yagona chorasi, Budda taqvodori uchun nafsni mahv etib, sabr-toqatli bo‘lish va jabru zulmlarga qarshilik ko‘rsatmaslikdir 1. Buddaviylar hayotning qiyinchiliklariga bepisand va xotirjam qarash tarafdori. Zero, hayotga qiziqish, biron narsani o‘zgartirish uchun unga suqilish yangi va yangi iztiroblarga duchor qilaveradi. Shuning uchun, “Dunyodan qo‘l siltash – xotirjamlikdir.”6 Budda haykallari yuz ifodasida xotirjamlik aks etgandir. Buddaviylik ta’limoti 3 qismdan iborat: 1) Axloq, axloq normalari – «Pancha shila» (Buddaning besh nasihati)dan iborat; 2) Meditatsiya – to‘g‘ri tushunish, to‘g‘ri niyat qilish, o‘zini to‘g‘ri tutish, to‘g‘ri anglash, to‘g‘ri harakat qilish, to‘g‘ri hayot kechirish, to‘g‘ri fikr yuritish, to‘g‘ri gapirish. 3) Donolik, donishmandlik – bu diniy ta’limotning asosiy maqsadi bo‘lib, Budda ham donolik timsolidir. bu Buddaviylikning asosiy maqsadi bo‘lib, narsalar tabiatini to‘g‘ri tushunishdan iborat. Yuqorida ko‘rsatilgan uch amaliyot bosqichini o‘tagan inson oxir-oqibat oliy saodatga, ya’ni nirvana holatiga erishadi. Nirvana so‘zining lug‘aviy ma’nosi – «o‘chish, so‘nish». Unda hayotning har qanday ko‘rinishiga intilish yo‘qoladi. Buddaviylik ta’limoti, asosan, uch qismdan iborat: 1) axloq; 2) meditatsiya; 3) donolik. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling