G L O S S A R I Y
Aximsa, Aximsa, Ahimsa- hind diniy-falsafiy ta’limotlarida mavjud bo‘lgan tirik jonga ozor bermaslik qonuni
Budda, Budda, Buddha – (sanskr. «nurlangan, oliy haqiqatga erishgan») buddaviylik asoschisi Siddxartxa Gautamaga berilgan nom.
Varna, Varna, Varna – (sanskr. «sifat, rang») qadimiy hind jamiyatidagi diniy-sinfiy kasta.
Vinaya-Pitaka, Vinaya-pitaka, Vinaya-pitaka – Tripitakaning rahboniylik odobi va xonaqoh nizomiga bag‘ishlangan qismi.
Kanjur, Kanjur, Kanjur (tibetcha – “Budda o‘gitlari”) – buddaviylikning asosiy aqidaviy masalalari bayon qilingan kitob. Milodiy XIV asrda to‘plangan. 7 bo‘lim, 108 jild, 84 000 o‘gitdan iborat.
Karma, Karma, Karma – (sanskr. «harakat, burch, faoliyat») hindlarning diniy ta’limotlarida alohida mistik kuch, insonni qayta dunyoga kelishiga hal etuvchi ta’sir ko‘rsatadigan amallar to‘plami
Kasta, Kasta, Kasta – (portugal. «irq, qavm, tabaqa») muayyan kasb bilan shug‘ullanadigan, o‘ziga xos turmush tarzi, urf-odatlari, an’analari, tartib-qoidalari va h.k. bilan o‘zgalardan ajratilgan ijtimoiy guruh.
Maxayana, Maxayana, Mahayana – (sanskr. «katta g‘ildirak») buddaviylikdagi oqim.
Meditatsiya, Meditatsiya, Meditation – (lot. «fikrlash, o‘ylash») shaxsning ruhiy faoliyatga chuqur berilish holati.
Mistitsizm, Mistitsizm, mysticism – (qad. yunon. «yashirin, sirli») ilohiyot olami bilan bevosita muloqot qilish mumkinligi haqidagi ta’limot.
Nirvana, Nirvana, Nirvana – (sanskr. «so‘lish») buddaviylik va jaynizm diniy falsafalariga ko‘ra, ruhning sansara kishanlaridan to‘la ozod bo‘lishi va oliy maqomga erishish.
Pergament, Pergament, vellum – qog‘oz kashf etilguniga qadar yozuv materiali sifatida ishlatilgan teri.
Rohib, Monax, monk, friar (yunoncha-monax – “zohid”) – buddizmda dunyoviy lazzatlardan tarkidunyochilik qilib, faqat ibodat bilan shug‘ullanuvchi shaxs.
Siddxartxa Gautama, Siddxartxa Gautama, Siddhartha Gautama – Buddaning shaxsiy ismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |