Post, Post, Fast xristian dinidagi ro‘za. Post kunlari xristianlarga faqat o‘simlik mahsulotlarini yeyish ruxsat etiladi.
Presviter, presviter,presbyter (yunoncha, lotincha — “oqsoqol, jamoa boshlig‘i”) – xristian ruhoniylik ierarxiyasida yuqori o‘rinni egallovchi diniy lavozim. Qadimda yepiskoplar ham presviter deb atalishgan.
Pyatidesyatniklar – protestantlikdagi eng yirik yo‘nalishlardan biri. O‘zlarini Iso vafotidan 50 kun o‘tgach Muqaddas Ruh in’omiga ega bo‘lib, turli notanish tillarda gapira boshlagan havoriylarning izdoshlari, deb hisoblaganlari uchun shu nomni qabul qilganlar.
Ravvin, ravvin, rabbi – yahudiy din arbobi. U yahudiy jamoasi diniy va oilaviy masalalarida hakamlik qiladi.
Rim Papasining qarorlari – turli davrlarda Papa tomonidan chiqarilgan din sohasidagi qarorlar. Rim katolik cherkovi aqidasiga binoan Papaning qarorlari ham muqaddas ahamiyatga ega.
Rojdestvo, rojdestvo, cristmas – Xristianlikning asosiy bayramlaridan biri. Iso Masihning odam tanasida mujassam bo‘lib tug‘ilishi kuni munosabati bilan o‘tkaziladi. Ushbu bayram haqidagi ilk ma’lumotlar IV asrga tegishli xristian manbalarida qayd qilingan.
Rohib, Monax, monk, friar (yunoncha-monax – “zohid”) – xristianlikda dunyoviy lazzatlardan tarkidunyochilik qilib, faqat ibodat bilan shug‘ullanuvchi shaxs.
Rosh-Hashona, Rosh-Xashona, Rosh-Hashona – yahudiylikdagi yangi yil bayrami.
Ro‘za, Post, Fast - yilda bir oy – hijriy qamariy kalendarning Ramazon oyi davomida kunduz kunlari yeyish-ichish va jinsiy aloqada bo‘lishdan tiyilish.
Sinagoga, sinagoga, synagogue – yahudiylar ibodatxonasi.
Sinion, Sinion, Sinion – Quddus yaqinidagi tepalik.
Terrorizm, terrorizm, terrorism (fr. «qo‘rqitish») o‘z fikrini zo‘ravonlik yo‘li bilan boshqalarga o‘tkazish. Bu yo‘lda suiqasd, qo‘poruvchilik kabi usullardan foydalaniladi
Traditsionalizm, traditsionalizm, traditionally – an’anachilik. Dindagi ratsionalizmga qarshi o‘laroq, naql (taqlid) tamoyiliga asoslanuvchi oqim.
Do'stlaringiz bilan baham: |