Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023
Download 2.19 Mb.
|
Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshke
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yozma manbalari.
Sintoizm VII-VIII asrlarda to‘la shakllangan Sintoiylik (xitoycha, “shin”,“sin”– Xudo va “dao”, “to” – yo‘l, ya’ni, Xudolar yo‘li) yapon xalqi diniy e’tiqodi, afsonalari va marosimlari majmui bo‘lishi bilan bir qatorda unda tabiat hodisalari, ajdodlar ruhi, magiya hamda shomonlikning elementlarini yaqqol uchratish mumkin. Keyinchalik Xitoydan konfutsiychilik va Koreyadan kirib kelgan buddaviylik (bukkyo)dan farqlanib turishi uchun XVI asrda Yaponiya (Nippon)ning milliy diniga aylantirildi. 1549 yilda Yaponiyaga xristianlikning kirib kelishi bu jarayonni yanada tezlashtirib yubordi. Shunday bo‘lsa-da, bugungi kunda yapon orollarida yuqoridagi dinlarning barchasiga birdaniga yoki har biriga alohida e’tiqod qiluvchi aholi mavjud.
Yozma manbalari. Yapon xalqi an’analarining eng qadimgi yozma manbasi “Kodziki” (“Qadimiy ishlar haqida qaydlar”) bo‘lib, 712 yilda malika Gemmey tavsiyasi bilan zobit Ono Yasumaro tomonidan fenomenal xotiraga ega qo‘shiqchining afsonalari asosida yozilib, jamlangan. Unda Yaponiyaning yaratilishidan 628 yilgacha bo‘lgan davr voqealari aks topgan. 701 yilda yozilgan “Tayxore” qonunlar majmuasida sintoiylik aqidasi va marosimlariga oid masalalar aks topib, diniy bayramlarning rasmiy ro‘yxati kirilgan. 720 yilda aslida 31 jilddan iborat (1 jildi saqlanmagan) “Nixongi” (“Nixon seki” – “Yaponiya solnomasi”) kompilyativ qaydnomalar yagona kitob sifatida jamlangan. Shuningdek, qadim yaponlarning diniy qarashlari “Fudoki” (VIII asr), “Kogosyui” (807-8 yil), “Sinsen Syodziroku” va “Engi siki”(927 yil) asarlarida aks topgan. 1087 yilda imperator oilasi qaramog‘ida bo‘lgan sintoiylik ibodatxonalarining mukammal ro‘yxati tuzildi. Unda 7 ta imperatorlik, 7 ta tarixiy va muhim mifologik hamda 8 ta mahalliy kamilarning ibodatxonalari haqida batafsil yoritilgan. Ta’limoti. Qadim yaponlarning diniy tasavvurlari boshqa xalqlarning e’tiqodiy qarashlari bilan uyg‘unlashib ketgan. Shunga qaramasdan, sintoiylik aynan qurama mifologiyaga boyligi bilan o‘ziga xos din sifatida yashab kelmoqda.Sintoiylik ta’limotiga ko‘ra, azalda hukm surgan tartibsizlik oqibatida ilk bora Takama-noxara (Fazo) va Akisusima (Quruqlik, orol) hamda bir nechta ma’budlar juftliklari paydo bo‘lgan. Ma’budlarning o‘zaro birlashuvi natijasida Idzanaki (Kimni taklif qiluvchi) va uning singlisi Idzanami (Nimani taklif qiluvchi) vujudga kelgan. Idzanami samoviy ko‘prikdan ummon yuziga tushib, unda Onnogoro (Butun dunyoning o‘rta ustuni) orolini yaratgan. Ular orolda jiblajibonni kuzatib, o‘zlarining jinsiy mansubligi va uning mohiyatini anglab yetishgan. Dastlabki yaqinlik vaqtida xato qilishgani bois ulardan qaddini ko‘tara olmaydigan Xiruko (zuluk) tug‘ilgan. Keyingi yaqinlikdan yapon orollari va Olov kami (ma’bud)si tug‘ilib, o‘z onasini o‘ldirib qo‘ymagunicha bir qator kamilar tug‘ilgan. Oqibatda jahl ustida Idzanaki aybdorni boshini uzib tashlagach, undan oqqan qonlardan esa boshqa ko‘plab kamilar paydo bo‘lgan. Keyin u Yerosti saltanati (Sariq buloqlar mamlakati)ga jahannam ta’mini tatib ko‘rgani uchun ozod qilinmayotgan Idzanamini qutqarish maqsadida tushgan. Idzanami oldiga Idzanakining tunda kelmaslik sharti bilan Qasos kamisi ularga yordam bergan. Biroq, Idzanaki ahdga vafo qilmagani uchun Idzanami qurtlar bilan o‘ralgan chirigan jasadga aylanib qolgan. Idzanaki esa zulmat saltanatining sakkiz nafar dahshatli jodugarlarining quvg‘iniga uchragan. U ortidagi ta’qibdan o‘zining dubulg‘asi yordamida najot topgan. Ammo, Idzanami ham eriga qarshi bosh ko‘tarib, zulmat saltanatining Chaqmoq kamisi va bir yarim ming nafar qo‘shin bilan uning ortidan tushgan. Idzanaki ularning yo‘lini tog‘ va qoyalar bilan to‘sgan. Oqibatda ularning alohida olamlari vujudga kelgan. Shu zayilda tun kelishi bilan Idzanami o‘z domiga minglab jonzotlarni tortadi, Idzanaki esa dunyo sahroga aylanib qolmasligi uchun yana shuncha jonzotlarni yaratishda davom etavergan. Nihoyat, Idzanaki poklanish marosimi orqali o‘lim kamisiga teginishi natijasida sintoiylik panteonining eng oliy kamisi Quyosh Amaterasu (Buyuk samo chirog‘i) va ayyor bo‘ron va shamol kamisi Susanoo (Ummon sohibasi) paydo bo‘lgan. Sintoiylikda panteonida Ame-no Minakanusi-no, Takami Musubi-no va Musubi-no kamilari mashhur hisoblanadi. Ulardan yuqorida Amaterasu Ninigining nevarasi, yapon imperatorlar sulolasining yaratuvchisi Amaterasu Omikami turadi. Son-sanoqsiz kamilarning avlodlari kelishi davomida ilk ma’bud va insonlarning Idzumo hamda Kyusyu nomli ajralish davri hukm surgan. Kyusyu davrida hozirgi Yaponiya imperatorlarining ajdodi hisoblanadigan afsonaviy qahramon Yamato dunyoga kelgan. II Jahon urushi tugagunicha sintoiylar yapon imperatorlarini iloh sifatida ulug‘lab kelgan. Shundan so‘ng Yaponiya parlamenti maxsus doktrina asosida imperatorlarning ilohiy kelib chiqishini bekor qilgan bo‘lsalar-da, hozirgacha imperatorlar vafot etgach, kamilarga aylanadi deb e’tiqod qiluvchilar mavjud. Shu aqida asnosida jangda halok bo‘lgan askar kamiga aylanishi, ya’ni Kamikadze (Sharaf yo‘lida jonini fido qilish) tushunchasi shakllangan. Sintoiylik ta’limotiga ko‘ra, vertikal olamlar Samoviy, Yer va Yerosti (Marhumlar saltanati)ga, gorizontal esa Yer (Toyouke) va Cheksiz fazoga bo‘linadi. Dastavval qadim insonlarning jamoalari tabaqasiga muvofiq o‘z kamilariga ega bo‘lgan. Biroq, Amaterasu-omikami imperatorligining boshlanishi natijasida barcha kamilar ungagina bo‘ysunishga majbur bo‘lgan. VII asrda imperiyani markazlashtirish maqsadida kamilar uchun ibodatxonalar qurib, ularni muqaddaslashtirish siyosati boshlandi. X asrga kelib mamlakatda ibodatxonalarning soni 3000 dan ortib ketgani yuqoridagi siyosatga jiddiy yondoshilganidan darak beradi. Sinto ta’limotining asosida tabiat va insonning birgalikda mavjudligi g‘oyasi yotadi. Ta’limotga ko‘ra, olam kami, inson va marhumlarning ruhlari yashash makoni hisoblanadi. Kamilar doim barhayot bo‘lib, o‘lim ular uchun qayta tug‘ilish, yangilanish charxpalagi vazifasini o‘taydi. Ammo, bu tarzdagi jarayon abadiy bo‘lmay, balki u Yerning mavjudligiga bevosita bog‘liq xolos. Sinto ta’limotida xoloskorlik tushunchasi mavjud emas. Shuning uchun ham inson hayoti davomidagi yashash tarzi, harakati va amallariga qarab, o‘zining o‘rnini belgilab borishi kerak. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling