Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023


Download 2.19 Mb.
bet27/171
Sana03.06.2024
Hajmi2.19 Mb.
#1899102
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   171
Bog'liq
Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshke

Rigveda. Veda-“muqaddas bilim., Rigveda-“madhiyalar vedasi” ma’nolarini beradi. Veda o‘sha davrda yashagan insonni o‘zi va uni o‘rab turgan olam:xudolar, jin-shaytonlar, fazo, marosimlar, ijtimoiy tuzum. Milliy qadriyatlar va boshqalar haqidagi bilimining barchasini o‘z ichiga oladi.
Rigveda xudolarga aytilgan madhiyalar to‘plami, ya’ni diniy yodgorlik bo‘lib, uning mualliflari va kuylovchilarning vazifalari xudolarni oriylar tomoniga og‘dirish bo‘lgan. Ular xudolarni qahramonliklarini ulug‘lab qurbonlik marosimlariga taklif etganlar. Ular xudolarga madhiyalar etganlar.
Samaveda. Samavedani ohang bilan qo‘shiq tarzida aytish uchun mo‘ljallangan. Ushbu vedaning maqsadi diiny marosimlarda aytiladigan qo‘shiqlarni o‘rgatishdan iborat. Hindistonda xozirgacha vedalarni kuyga solib kuylovchilar-samavedinalarning turli maktablari mavjud.
Yajurveda - qurbonlik marosimi bilan bog‘liq. Uning asosiy qismini qurbonlik usullari tashkil qiladi.
Atxarvaveda qadimiy hind afsunlarini o‘zida kas ettirgan. Atxarvaveda “afsunlar va jodular vedasi” degan ma’noni anglatadi.
Vedalar ta’limoti. Vedalarda butun tabiatning ilohiyligi xaqidagi ta’limot ilgari suriladi. Hindiston ko‘pxudolikning o‘chog‘i hisoblanadi. Undagi tasavurlarda biri ikkinchisidan yuqori bo‘lgan, ikkinchisi, aksincha pastroq bo‘lgan qator ilohlar siymosi namoyon bo‘ladi. Biroq bu darajalao to‘xtovsiz almashinib turadi. Ilohlar orasida “eng ulug‘i, eng kichigi, eng qarisi, eng yoshi” bo‘lmay, ular barchasi ulug‘likda tengdir. Bir vaqtning o‘zida bir xudo butun borliqning xukmdori bo‘lishi va shu bilan birga ikkinchi bir xudoga tobe bo‘lishi mumkin.
Veda xudolari. Vedalarda xudolar-osmon xudolari, quyosh xudolari, yer xudolari, ayol xudolar kabi toifasi xaqida madhiyalar bayon etilgan.
Osmon xudolari. Ular Dyanus, Varuna, Indra kabi osmonlarni boshqarib turuvchi xudolardir.
Quyosh xudolari. Ularning eng qadimiysi Mitra (do‘st0dir. Yunonlarda apollon yetti ot biriktirilgan araavda tasvirlangan. Savitri quyoshning quvvat beruvchi kuchida namoyon bo‘ladi. Vishnu xozirda Hindistonda ulug‘lanadi.
Havo xudolari. Ashvina va Savitar. Ularning boshida ikkita sariq otga qo‘shilgan aravada turuvchi Indra jang xudosidir.
Yer xudolari. Ularning ulug‘i Agnidir. Odamlarning qurbonliklarini xudoga yetkazuvchi ruhoniy sifatida tasavvur qilingan.
Ayol xudolar qatoriga tong va tong nuri ma’budasi Ushas, daryo xudosi Sarasvatilar kirgan.
Veda ibodatlari. Ibodatlar birinchisi, duolar, ikkinchisi, xudolarga atab qilinadigan qurbonliklar. Ma’budlarga kuydirilgan moy, non, suv va sut bilan aralashtirilgan soma ichimligi tortilgan. Xayvonlardan ot qurbonlik qilingan.

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling