G L O S S A R I Y
Adonay – Yahudiylikda ibodat vaqtida zikr qilinadigan Xudoning ismlaridan biri.
Aron Kodesh – Sinagogalarda «Tavrot» o‘ramlari saqlanadigan maxsus joy.
Bar–Misva (ibr., «buyurilgan amrlar o‘g‘li») – yahudiylikda 13 yoshga to‘lgan o‘g‘il bola, balog‘at yoshiga yetgani munosabati bilan o‘tkaziladigan marosim.
Bibliya (Bibliya, The Bible) (yunoncha - “kitoblar”) – yahudiylik va xristianlik dinlarining asosiy muqaddas manbai. Yahudiylar “Bibliya”si “Kitve kadesh” va “Tanax” ham deb nomlanadi. Xristianlar tomonidan tan olinadigan Bibliya “Qadimgi Ahd” va “Yangi Ahd”dan iborat bo‘lib, umumiy hisobda 66 kitobdan iborat.
Vasaniya (idolopoklonnichestvo, paganism) (arab. «vasan» – «yog‘ochdan ishlangan but») butparastlik.
Galaxa (galaxa, galakha) – yahudiylikdagi diniy, oilaviy va fuqarolik qonunlari majmui.
Dao ( Dao, Dao) – daolik dinidagi oliy ilohiyot.
Yesseylar (yesseyi,esseys) – qadimiy yahudiylikdagi oqim.
Zabur) (Psaltыr, psalter – Dovud payg‘ambarga tushirilgan kitob. “Qadimgi Ahd” tarkibiga kiritilgan bo‘lib, turli qo‘shiq va madhiyalardan iborat.
Isroil, Izrail, Israel – (ivrit. «isro» – «banda», «iyl» – «xudo») Ya’qub payg‘ambarning ikkinchi nomi, yahudiylar unga nisbat berilib, «Isroil bolalari» deb ataladi.
Yom-Kipur, Yom-kipur, Yom-Kipur – yahudiylik dinida nishonlanadigan gunohlardan poklanish bayrami.
Konfutsiy, Konfutsiy, Confucianism – Qadimgi Xitoy faylasufi va pedagogi, konfutsiylikning asoschisi.
«Lyu I» ning olti san’ati – Mil.avv 6–5 asrlarda Xitoyda diniy marosimlarni bajarish, musiqani tushunish, o‘qish, sanash, ikki g‘ildirakli jang aravasini boshqarish va kamondan o‘q otish san’ati shunday nom bilan atlagan va uni egallagan odam bilimli hisoblangan.
Magen David – Yahudiylik dinining ramzlaridan biri bo‘lmish olti bo‘rchakli «Dovud yulduzi».
Meditatsiya, Meditatsiya, Meditation – (lot. «fikrlash, o‘ylash») shaxsning ruhiy faoliyatga chuqur berilish holati.
Do'stlaringiz bilan baham: |