Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023


Download 2.19 Mb.
bet44/171
Sana03.06.2024
Hajmi2.19 Mb.
#1899102
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   171
Bog'liq
Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshke

2. Buddaviylikning yo‘nalishlari. Buddaviylik 2 oqim – Hinayana (“kichik arava”, yoki najotning tor yo‘li ma’nasida) hamda Mahayana (“katta arava”, najot topishning keng yo‘li)ga bo‘linib ketdi.
Xinayana ta’limotiga ko‘ra, dharmalar tabiatini o‘rganishga va nirvanaga ma’naviy yo‘l bilan erishiladi. Bu yo‘l juda og‘ir, shu sababli faqat monaxlargina nirvana holatiga yetishi mumkin. Keyinchalik Xinayanada juda ham murakkab va dabdabali ibodatlar (masalan, «Budda tishiga sig‘inish»), Buddaviylikning muqaddas joylariga ommaviy ziyoratlar joriy qilingan. Bu yo‘nalish Sharqiy Hindistonda, Shri Lanka, Hindi-xitoy davlatlarida tarqalgan.
Kushonlar saltanati Mahayana yo‘nalishini o‘z mafkurasi, deb e’lon qildi. Ayni paytda diniy e’tiqod erkinligi, siyosati amalga oshirilgan. Chunki, Kushonlar davlatida Buddaviylikdan tashqari qadimgi turkiy Tangri e’tiqodi, Zardushtiylik va boshqa dinlarga sig‘inishga erkinlik berilgan edi.
Mahayana ta’limoti aqidalariga jiddiy o‘zgartirishlar kiritilib, “Nirvana”ga faqat ilohiy iqtidor sohiblari bo‘lmish budda avliyolarigina emas, komillikni maqsad qilgan barcha insonlar erishishi mumkin, degan g‘oya ustuvor bo‘lgan. Past, huquqsiz tabaqa – “kasta” a’zolari ham buddaviylikning rohiblik jamoasiga kirishlari bilan ma’lum insoniylik huquqlariga ega bo‘lishgan. Agar Hinayanada bu dunyoning azoblaridan faqatgina rohib qutuladi deb hisoblansa, Mahayanada Xudoga iltijo qilib, rohiblarga in’om beruvchi har qanday kishi najot topishi mumkin, deb ishontiriladi. Undan tashqari Mahayanada jannat haqidagi ta’limot ham qo‘shilgan.
Hinayanada nirvanaga erishgan rohib, dunyo iztiroblaridan faqat o‘zini qutqarsa, “Mahayana mazhabi yo‘lini tanlab, e’tiqodda mukammallik kasb etgan bo‘ddhisatva esa, jismonan nirvanadan voz kechib, o‘z ortidan buddaparastlarni “Haq yo‘li”ga boshlab borishdek ulug‘ ishga xizmat qiladi.”1
Mahayana g‘oyasi, odamlarga tushunarli dinga aylantirishga qaratilgan edi. Buddaviylikda ilohlar tirik jonzotlar bo‘lib, gumrohlik va ehtiroslarga moyil bo‘lganliklari uchun tug‘ilish va o‘limga maxkum edilar. Shu zaylda Buddaviylikning sig‘inish ob’ekti, xudolar emas, “qalb ko‘zi ochilgan”, borliq xaqiqatini bilishga musharraf bo‘lgan kishilar ramzida ifodalangandir.
Lamaizm Buddaviylikning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u tibet tilida «lama» – «eng ulug‘» degan ma’noni anglatadi. Mazkur diniy yo‘nalish rahbari shu nom bilan – lama deb ataladi.
Lamaizm Tibetda VII – XIV asrlarda tibetliklarning qadimiy dini Bon-Po (shamanizmning bir turi) unsurlarini qabul qilgan Maxayana va Tantrizm asosida vujudga kelgan bo‘lib, hozirda tibetliklarning asosiy dini hisoblanadi. U bir necha firqa va mazhablarga bo‘linadi. Lamaizm XVI asr oxiridan mo‘g‘ullar, XVI asr boshlaridan Rossiya hududida yashovchi buryatlar, tuvaliklar va qalmiqlar orasida ham tarqaldi. Buddaviylikning barcha aqidalarini qabul qilgan lamaizmda inson faqat lamalar yordamida najot topadi. Lamalarsiz nirvanaga yetishish u yoqda tursin, kishi bu dunyoga qaytib kelishda ham hech narsaga erisha olmaydi, deb ta’kidlanadi.
Lamaizmning an’anaviy qonunlashgan asosi Kanjur (108 jildli) va Tanjur (225 jildli) nomli muqaddas kitoblarda bayon qilingan. Bu dinda dabdabali ibodatlar, teatrlashtirilgan muqaddas tomoshalar – misteriyalar, ko‘pgina maishiy rasm-rusumlar, xudolarning g‘azabini, yovuz ruhlarning ziyonlarini qaytarish uchun qilinadigan xatti-harakatlar, duo va afsunlar bor. Lamaizmga ko‘ra, lamalarga va dunyoviy hokimlarga so‘zsiz bo‘ysunish asosiy fazilat sanaladi. Masalan, buryat lamalari rus podshohlarini – avatara, ya’ni ma’buda sagan-Daraexening yerdagi ko‘rinishi deb e’lon qilganlar.
Lamaizm ta’limotiga ko‘ra, odam o‘ldirish, o‘g‘rilik, yolg‘onchilik, tuhmat, g‘iybat, bekorchi so‘zlash, ochko‘zlik, kek saqlash, zino qilish – o‘nta «og‘ir gunoh» sanaladi. Gunoh qilishdan o‘zini tiyish insonga eng yaxshi qayta tug‘ilishga imkon beradi.
Lamaizm yo‘nalishining oliy diniy rahnamosi Dalay-Lama sanaladi. U tug‘ilgan mavjudotlarning eng ulug‘i, bodxisatva Avalakiteshvaraning yerdagi ko‘rinishi, tirik xudo hisoblanadi. Dalay – tibet tilida «dengiz» ma’nosini anglatadi. Dalay-Lama «dengizdek ulug‘ lama» deganidir. Bu unvon 1391 yilda joriy qilingan. Birinchi Dalay-Lama Binduidub (1391-1475) bo‘lgan. Hozirgi kunda Dalay-Lama XIV Lozondantzenjanso-Igvant hisoblanadi. U 1935 yilda tug‘ilgan. Uning o‘limi bilan yerda yangi Dalay-Lama paydo bo‘ladi. Oliy lamalardan tashkil qilingan hay’at uning o‘limidan so‘ng bir yil mobaynida yangi tug‘ilgan go‘daklar orasidan yangi Dalay-Lamani qidirib topadilar. Shundan so‘ng go‘dak monastirda tarbiyalanadi. U voyaga yetgunga qadar uning vazifasini regent – muvaqqat vakil bajarib turadi.
Lamaizm diniy hayotining markazini monastir tashkil qiladi. U yerda Dalay-Lama, Lamalar diniy uyushmasi, rohiblar, talabalar faoliyat olib boradilar.
Budda o‘zini ilohiylashtirilishiga qarshi bo‘lgan. Ammo, eramizning I asridan uning haykaliga xudo sifatida sajda qilish rusum bo‘ldi. Bodhisatva, ya’ni Buddaning izdoshlari tasvirlari ham shu vaqtdan e’tiboran yaratila boshlandi.

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling