Farishta (angel, angel)– nurdan yaratilgan, nafs va xohishga ega bo‘lmagan, faqatgina unga xudo tomonidan buyurilgan muayyan vazifalarni og‘ishmay bajaradigan, insonlar ko‘ziga ko‘rinmaydigan maxluq.
Evolyusionizm (evolyusionizm) – dinshunoslikda din ham dunyoning shakllanishi kabi bosqichma-bosqich soddadan murakkabga qarab rivojlangan degan g‘oyani ilgari suruvchi ta’limot.
Esxatologiya (esxatologiya) – dunyoning oxiri, narigi dunyo, jannat, do‘zax haqidagi tasavvurlar majmui.
E’tiqod (vera, faith) – dunyoqarash. Biror dinga e’tiqod qilish uni haq deb bilib, uning ta’limotini tan olish.
Qiyomat (sudnыy den, the Last Day)– (arab. «tik turish») ma’nolarni anglatsa, atama sifatida o‘liklarning qayta tirilishi va o‘rnidan turishi ma’nosida ishlatiladi.
Mavzu bo‘yicha amaliy mashg‘ulot topshiriqlari
1-o‘quv topshiriq
Dinshunoslik fanining asosiy maqsadi nimalardan iborat?
Dinga qanday ta’riflar berilgan?
Din jamiyatda qanday vazifa(funksiya)larni bajaradi?
Dinlar qanday omillar asosida tasnif qilinadi?
Dinlar qanday guruhlarga bo‘linadi?
Komil insonni tarbiyalashda din omilining o‘rni qanday?
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda vijdon erkinligi, din va diniy tashkilotlarga munosabat masalasida qanday o‘zgarishlar amalga oshirildi?
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar
“Mustaqillik va din” mavzusida doklad tayyorlang.
Dunyo dinlarining farqli va o‘xshash jihatlari haqida so‘zlab bering.
Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari haqida so‘zlab bering.
Turli olimlar tomonidan dinga berilgan ta’riflar haqida ko‘rgazmali slayd tayyorlang (MS Power Point).
|
Do'stlaringiz bilan baham: |