Respublikasi oliy


Download 304.33 Kb.
bet19/29
Sana16.06.2023
Hajmi304.33 Kb.
#1496518
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi majmua

Maqsad: Bolalarning tovushlar, so‘zlar va so‘z birikmalari haqidagi
bilim va tasavvurlarini, ularning so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajaratish hamda berilgan so‘zlardan gap tuzishni bilishini aniqlash.

  1. «CHiroyli stol» so‘zi ishtirokida gap tuzish.

  2. «Ruchka» chiqib so‘zi bilan so‘z birikmasi o‘yla.

  3. Koptok haqida imkon qadar ko‘p so‘z ayt.

  4. «Bolalar maktabga kelishdi. Ular sinfda o‘tirishibdi. Dars boshlandi. Bir tinglovchini doskaga chaqirishdi». Bu hikoyada nechta gap bor (har bir gapni uchburchak bilan bel- gilang. Qancha uchburchak bo‘lsa, demak shuncha gap bo‘ladi).

  5. «Mashina», «oshxona» so‘zlarini bo‘g‘inlab ayt.

  6. «Bahor keldi» so‘z birikmasidan gap tuz.

  7. So‘z nimadan tashkil topgan?

  8. Gap nimadan tashkil topgan?

  9. Xonadagi «O» tovushi bor narsalarni ayt (boshqa tovushlarni ham aytish mumkin).

Ikkita gapni eplab gapira olmasang, maktabda kanday uqiysan? Sanashni bilmaysan-u, maktabga qanday borasan?
Maktabga borsang, o‘rtoqlaring bu kiligingdan lol qolishadi! Xech narsani bilmaysan, maktabga borsang bizni uyaltirasan!
Kabi ta’na-dashnomlar, bolada maktabdan qo‘rkish, undan xavfsirash-ning shakllanishiga asos bo‘lishi mumkin. SHunday kurkuv bilan mak-tabga borgan bolalarning maktabga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish, ularda o‘ziga nisbatan ishonch uygotish uchun xaddan ziyod kuch, vaqt, meh-nat, sabr-toqat, chidam, e’tibor zarur bo‘ladi. Bu esa bolada oldindan maktabga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishga qaraganda shubxasiz, mu- rakkab jarayondir.
Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o‘zlashtirishga yordam
beradi, buning asosida uning bilish, ko‘rgazmali, o‘yin, eng oddiy meh-nat va o‘quv kabi xilma-xil faoliyat turlari, shuningdek, muomalasi shakllanadi. Bola u yoki bu faoliyatni o‘zlashtirib, faollik ko‘rsatadi, ayni paytda shu faoliyat bilan bog‘liq bilimlar, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi, shu asosda unda xilma-xil qobiliyatlar va shaxs xususiyatlari shakllanadi. Bolaning faoliyatdagi mavqei uni faqat tarbiya ob’ektiga emas, shu bilan birga tarbiya sub’ektiga ham aylantiradi. Bu bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning etakchilik rolini belgilaydi. Bolalarning rivojlanishi va tarbiya-lanishining yosh bilan bog‘liq davrlarida faoliyatning turli xillari yonma-yon bo‘ladi va o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi, lekin bunda ularning roli bir xil bo‘lmaydi: har bir bosqichda faoliyatning etakchi turi ajratiladi, unda bolaning rivojlanishidagi asosiy yutuqlar namoyon bo‘ladi. Har bir faoliyat ehtiyoj, sabablar, faoliyat maqsadi, mavzui, vositalari, buyumlar bilan amalga oshiri- ladigan harakatlar va nihoyat, natija bilan ajralib turadi. Ilmiy ma’lumotlarning dalo-lat berishicha, bola ularni darhol emas, balki asta-sekin va katta yoshdagi odamning rahbar- ligida egallaydi. Bola faoliyatining xilma-xilligi va boyligi, uni egallashdagi muvaffaqiyat oiladagi, mak-tabgacha ta’lim tashkiloti tarbiya va ta’lim sharoitlariga bog‘liq, bo‘ladi. Bolaning dastlabki yoshlaridan boshlab faoliyatning eng oddiy turlari uning shaxsiy qobili- yatlarini, xususiyatlarini va atrofdagi narsalarga munosabatini shakllantirishning asosi hisoblanadi.
O‘zlashtirllgan bilimlar va rivojlangan aqliy qobiliyatlarni bolalar xilma-xil o‘yinlarda va mehnatda qo‘llaydilar. Bularning hammasi bola shaxsining rivojlanishiga ta’sir etadi, unda faoliyat-ning yangi mazmuniga qiziqishni shakllantiradi.
Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his-tuyg‘ular, sabablar, maqsad-larni tarbiyalash va rivojlantirish shu darajaga etadikn, u bolaga maktabdagi muntazam o‘qishga o‘tish im- konini beradi.
Kichik maktab yoshida asosiy narsa o‘qish bo‘lib qoladi va uni bolalar ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat sifatida tushunadilar. Bolaning
jamiyatdagi yangi mavqei o‘z xatti-harakatini va tengdoshlarining xatti- harakatini o‘zga- cha nuqtai nazardan – maktab tinglovchisi nuqtai nazaridan baholashni shart qilib qo‘yadi. Bola faollik, ijodkorlik ko‘rsatib, kattalarning uning xulq-atvoriga va faoliyatiga qo‘ya- yotgan tobora murakkablashib borayotgan talablarini bajarishga intiladi.
Har bir faoliyat turining mazmuni va tuzilishining ijtimoiy-tarixiy tabiati har bir yosh av- lodga ob’ektiv ravishda berilgan bo‘la-di. Odamlarning ishlab chiqarish qurollarida, bilim-
larda, san’atda, ahloqda va hokazolarda jamlangan sermahsul faoliyati natijalari birgalik- dagi faoliyatda va muloqotda bo‘lgan paytda tarbiya va ta’lim vositasida katta avloddan kichiklarga beriladi. Odam shaxsining ijtimoiy tabiati ana shunday shakllanadi.
Bolalar nutqini o‘stirish va savodga tayyorgarlik. Nutq o‘stirish va savodga tayyorlash mini muhitiga M. Montessori va boshqalarning nutq o‘stirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishning turli uslublarini qo‘yish mumkin. Hozir maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qishga o‘rgatish to‘g‘risida munozaralar o‘tkazishayapti. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, tarbiyachi metodik jihatdan ishni to‘g‘ri tashkil etishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan o‘yin faoliyati orqali bolalar harflar bilan o‘yna-shadi, o‘qishga o‘rganishadi, so‘zlar yozilgan turli tuman kartochkalar-dan, yirik bosma shriftlar, chiroyli rasmlardan fo ydalanishadi. M.Montessorining shiori – «Menga o‘zim bajarishim uchun yordam ber, men o‘zim baja- raman». Tarbiyachi doim mehribon, sabr-toqatli, bolani to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishi, o‘zi- ning shaxsiy namunasi bilan nima qilish va qanday qilish lozimligini ko‘rsatishi lozim. U bu erda ustoz emas, balki voqealarning qatnashchisi sifatida ishtirok etadi: faqat bola-larni qiziqtira olishi lozim. O‘zaro bir-birini tushunish, anglash va muhabbat tuyg‘usi asosida muloqot olib boriladi. Tabassum, imo-ishora bilan kichkintoyni qo‘llab quvvatlab turadi, ko‘proq uni maqtaydi. Tarbiyachining ichki dunyosi bilan kichkintoyning ichki tuyg‘usi o‘rta-sida mustahkam o‘zaro bog‘liqlik mavjud,tarbiyachining madaniyat darajasi qancha- lik yuqori bo‘lsa, bolaning madaniyat darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Bunday jarayon davrida tarbiyachi ham, bola
ham shakllanadi, bu esa hamma uchun hissiy qulaylik yaratadi, shuning-dek, ota- onalarni ham ijod qilishga uo‘naltiradi. Ijodiy rivojlan-tiruvchi muhitning samarasi kichkintoyning umumiy taraqqiyotiga, ijodiy tafakkuriga, mustaqilligiga ta’sir ko‘rsatuvchi shart-sha- roitgagina bog‘liq emas, balki tarbiyachining bola bilan bo‘ladigan muloqotiga, vaziyatga, beriladigan topshiriqlarga, ularni berish usullariga ham boliq. Bolalarga ta’lim-tarbiya ber- ish bir tartibda o‘tmaydi. Tarbiyachi bolalarning taraqqiy etish dinamikasini kuzatib bor- ishi, lozim bo‘lsa, yordam ko‘rsatishi lozim.
Ammo bunda bolaning psixikasiga nisbatan yutuqlari darajasi dastur
talablari bilan solishtirilmaydi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, yuqorida ko‘rsatilgan shart- sharoitlarda psixikasi sog‘lom bola sezi-larli darajada an’anaviy davlat ta’lim standartlari- dan o‘zib ketadi, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar esa o‘z yoshlariga mos etarlicha bilim va malakalar oladilar. YUqori darajada olinadigan bilimlar darajasi har bir bolaning individual imkoniyatlariga bog‘liq. Ijodiy–rivojlantiruvchi muhitni to‘g‘ri tashkil etish bola shaxsi-ning har tomonlama etukligi: mustaqil, maqsadga intiluvchan, ishni to‘g‘ri re- jalashtira olish qobiliyatlarini takomillashtiradi. Bunday vaziyat bolani to‘g‘ri anglab hara- kat qilishga o‘rgatadi. Tarbiyachilar bolalarning o‘xshamaydigan xislatlarini qadrlashlari, o‘ziga xos individual bo‘lishlarini hurmat qilishlari lozim. Tarbiyachilar! Bolani majburlamang, bolaning erkin faoliyat yuritishi
uchun imkoniyat yaratib bering. Eng asosiysi, hamma narsa bola uchun qiziqarli bo‘lishi lozim.

  1. Eshitish va tushunish malakasini shakllantirish.

  2. Impressiv muloqotchanlik;

  3. Nutq malakasi. Ekspressiv muloqotchanlik.

  4. O‘qish va savodga tayyorgarlik ko‘rish.

  5. Kitobning qadr-qimmatini tushunish;

  6. O‘qish va savod malakalarini egallash.

Bu yo‘nalishda bolalarning nutqi va ularda shakllanayotgan o‘qish va yozish malakalari orqali muloqot qilishning belgilari rivojlanadi.
Kattalar bilan muloqotda bola:
Kattalar bilan muloqotga kirisha oladi; Kattalarning savollariga javob bera ola oladi; O‘z fikrini kattalarga bayon qila oladi; Dialogik nutqdan foydalanib suhbatlasha oladi; Istagini so‘z bilan ifodalay oladi;
Kattalardan so‘z orqali yordam so‘raydi;
Oilasi va tanishlari to‘g‘risida hikoya qilib bera oladi: Kattalar bilan boshqa mavzularda ham so‘zlasha oladi; Odob bilan muloqotga kirisha oladi;
Muomalada nutq va imo-ishoralarni qo‘llay oladi;
Kattalar bilan muloqot qilishda tanish qonun-qoidalarga rioya qiladi; Kattalarga murojaat qilishning turli usullaridan foydalanadi; Notanish kattalar bilan muloqotga kirisha oladi.
Tengdoshlari bilan muloqotda:
Tengdoshlari bilan yonma-yon o‘ynay oladi; Tengdoshlari bilan muloqotga kirisha oladi; Tengdoshlari bilan salomlasha oladi; Tengdoshlarini ismi bilan chaqiradi;
Olgan taassurotlarini boshqa bolalar bilan o‘rtoqlasha oladi; Tengdoshlari bilan o‘yin qoidalarini birgalikda kelishib oladi Tengdoshlari bilan muloqotda o‘z fikrini ayta oladi; Tengdoshlari bilan yuzaga kelgan nizolarni bartaraf eta oladi; Tengdoshini so‘z orqali baholay oladi;
Tengdoshiga oddiy takliflar, iltimoslar bilan murojaat qiladi; O‘yin davomida tengdoshiga sherik sifatida qaraydi; Tengdoshlari bilan muloqotda dialogik nutqdan foydalanadi.
MASHG‘ULOT
Mavzu: «O o» harflari bilan tanishtirish. Maqsad:
«O o» harflari bilan tanishtirish.
Vazifalar:
«O» tovushining unli tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish,uning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish,
«O» tovushli so‘zlar bilan bolalar nutqini boyitish. Mayda qo‘l motorikasi rivojlantirish
Kutilayotgan natijalar:
«O o» harflarini bilib oladilar.
«O» tovushining unli tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar.
«O» tovushli so‘zlar ayta oladilar. Mayda qo‘l motorikasi rivojlanadi
Kerakli jihozlar:
«Oo» harflari
«O» harfi bor suratlar Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolalar, har bir tovush yozuvda alohida harf bilan yoziladi. Men hozir sizlarga o tovushini bosma yozuvini ifodalovchi o harfini ko‘rsataman.
«O» harfining shakli qanday ekan? («O» harfining shakli: dumaloq ekan.)
«O» harfining necha xil shaklini ko‘ryapsiz? (2 xil shaklini ko‘ryapmiz:
biri katta, ikkinchisi kichik.) Siz katta degan «O» harfi bosh «O» harfi deyiladi. Bosh «O» harfi bilan kishilarning ismi va familiyasi yoziladi (Bosh harflarning ishlatilishi keyingi harflarda to‘ldirilib boriladi.) Bosh «O» harfi bilan yoziladigan bolalarining ismidan toptiriladi: Omon, Otabek, Oydin, Oynisa, Ozod, Oqil, Olim, Oqila kabi. Kichik «o» harfi qolgan so‘zlarda ishlatiladi. Masalan: ot, ona, ota kabi.
Bosh «O» va kichik «o» harflari bir-biriga o‘xshaydimi? (Ular bir- biriga o‘xshaydi; ularning ikkalasi ham dumaloq.)
Mana bu (xattaxta yonidagi) ,,Harf jildi". Bugundan boshlab tanishgan
harflarimizni uning katakchalariga solib boramiz. «Oo» kesma harflari cho‘ntakchaga so- linadi.
Demak, harflarni yozamiz, ko‘ramiz va o‘qiymiz. Bu harflarning uch
xususiyati. Harfning bu uch xil xususiyati bolalarga aytiladi, tovush-ning xususiyati bilan taqqoslanadi Bunda:
«O» tovushini nima qilamiz?
«O» xarfini-chi? Tovush bilan xarf farqlanar ekanmi?
Ikkita bosh va ko‘rsatkich barmoqlaringiz bilan bosh «O» harfini yasab
ko‘rsating. Bitta bosh va ko‘rsatkich barmog‘ingiz bilan kichik o harfini yasab ko‘rsating (tarbiyachi o‘zi ham ko‘rsatadi).
Bolalar uchun amaliy ish. Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar rangli iplardan «O» harfini yasaymiz. Buning uchun biz iplarimizni dumaloq shaklga keltiramiz. Mana «O» harfi tayyor. Bolalar «O» harfi haqida quvnoq she’r eshiting.
G‘ildirakka qarasang
«O» harfini ko‘rasan Bu harfda burchak yo‘q
SHuning uchun dumoloq.
Bolalarga topshiriq beriladi: rasmlarni nomlang va «O» tovushini to‘g‘ri talaffuz qiling. Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
«O» tovushi qaysi harf bilan yoziladi?
Harflarning qanday xususiyatlari bor?( harflarni yozamiz, ko‘ramiz va o‘qiymiz)
«O» harfining shakli qanaqa ekan? (Dumaloq)
«O» harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli) Bosh «O» harfi qaysi so‘zlarda yozilar ekan?
Ikkita bosh va ko‘rsatkich barmoqlaringiz bilan bosh «O» harfini yasab ko‘rsating.
Bitta bosh va ko‘rsatkich barmog‘ingiz bilan kichik «o» harfini yasab ko‘rsating (tarbiyachi o‘zi ham ko‘rsatadi).
Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar hammamiz plastilindan «O» harfini yasaymiz. Buning uchun «O» harfining shakliga diqqat bilan qarab olib, plastilindan shu shaklni yasaymiz.
«O» harfli bo‘g‘in tuzish va uni o‘qish. Tarbiyachi harf terish karto-ni, xattaxta tagligiga yoki xattaxtaga ol, ot, osh, od bo‘g‘inlarini tuzib, yozib qo‘ygan bo‘ladi. Uni bolalarga o‘zi o‘qib namuna ko‘rsatadi. Bolalar bilan xo‘r bo‘lib o‘qiydi. So‘ng yakka-yakka o‘qitadi. Bunda «O» tovushiini ichda saqlab, keyin unlini qo‘shib birga o‘qish lozimligi amaliy ko‘rsatiladi.
SHu bo‘g‘inlar qayta bolalarning o‘zlariga tuzdiriladi va o‘qitiladi.
Bunda tarbiyachi «Ol» deydi va yo‘llanma beradi: avval qaysi tovushni
eshityapsan («O» tovushini), o‘shani harf jildidan olib qo‘y. «Oll», endi oxirida qaysi tovushni eshityapsan? («l» tovushini) «O» harfi-ning qaysi tomoniga «L» harfini qo‘yasan? (orqasiga). Tuzgan bo‘g‘iniingni o‘qi: «Ol» (Qolgan bolalar o‘z joylarida kesma harflardan foydalanib bo‘g‘in tuzadilar).
Kesma harflar bilan ishlash. Bolalarga kesma harflardan bo‘g‘in
tuzdiriladi va o‘qitiladi. Tuzilgan bo‘g‘inlardan yoki bo‘g‘inli kartoch-kalardan bir nechta so‘z tuzdirilib, o‘qitiladi, ulardan birining bo‘g‘in-tovush tahlili o‘tkaziladi: olma, olcha, Olim, o-na, Odina.
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi. Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :

  • Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?

  • «O» qanday tovush ekan?

  • Biz tovushlarni nima uchun o‘rganamiz?»

  • «O» tovushi qaysi harf bilan yoziladi?

  • «O» harfining shakli qanaqa ekan?

  • «O» harfining necha xil shakli bor ekan? (bosh va kichik, bosma shakli)

  • Bosh O harfi qaysi so‘zlarda yozilar ekan?

Bo‘g‘inli kartochkalar bilan qanday so‘zlarni tuzdik?
Bolalarga ona tilini o‘qitishga doir mashg‘ulotlar har bir guruhda
bolalarning yosh imkoniyatlarini va har bir bolaning nutqiy rivoj-langanlik darajasini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim. CHunki bilimlar mazmuni, ularning tarkibi, metod va usullarni tanlash, haftasiga o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar soni, har bir mashg‘ulot- ning davomiyligi shunga bog‘liq bo‘ladi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

  1. Bolalarda o‘qish, yozish va ularda mavzusga qiziqish uyg‘otish jarayoni qanday amalgam oshiriladi?

  2. Bolalarni turli faoliyat yunalishlarida savodga o‘rgatishga tayyorlash jarayoni haqida nimaarni bilasiz?

  3. Bola nutqini rivojlanganligini aniqlashning asosiy davrida (oktyabr- may) qanday ishlar olib boriladi?

  4. Bolalar nutqini o‘stirish va savodga tayyorgarlik uchun qanday ishlar amalgam oshiriladi?

  5. Bolalar nutqini o‘stirish va savodga tayyorgarlik davrida qanday ishlar olib boriladi?

  1. Mavzu: BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORGARLIGI-NING AQLIY RIVOJLANTIRISHNING AXAMIYATI




Download 304.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling