Respublikasi oliy
Download 304.33 Kb.
|
Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi majmua
atvorning og‘ishuvi, psixika, qiziqish, extiyoj.
Bolaning psixik jihatdan o‘sishda bog‘cha yoshidagi davr ancha murakkab vajuda mas’uliyatli davrdir. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davr bog‘cha yoshi davri hisoblanadi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Bog‘cha yoshida bola mustaqil bo‘la olish uchun zarur bo‘lgan ikkita qudratli kuchga ega . Birinchidan, ma’lum darajada o‘ziga bo‘ysundirilgan harakat appara-tiga ega. Ikkinchidan esa , atrofidagi katta odamlar va o‘z tengdoshlari bilan bir qadar erkin muosabatda bo‘la oladigan nutqqa ega . Mana shu-ning uchun bog‘cha yoshidagi bolalarning xulq – atvorlari, qiziqishlar va ehtiyojlari bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarnikidan farq qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, bog‘cha yoshidagi bolalar bilan bog‘chaga tarbiya yoshidagi bolalar tarbiyasiga ham turlicha munosabatda bo‘lishni taqozo etadi. Agar yangi tug‘ilgan hamda bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarga berila-digan tarbiya asosan ularni ovkatlanishi gigienalarini tartibga solish va sezgi organlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lsa bog‘cha yoshidagi bolalarga beriladigan tarbiya ularning murakkab hara- kat-larini takomillashtirish, elementar gigiena, madaniy va mehnat malakalari hosil qilish, nutqlarini o‘stirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didning dastlabki kurtaklarini yuzaga keltirishga qara-tilgandir. Demak, asosan bog‘cha yoshidan boshlab bolaning bundan keyin-gi butun shaxsiy hayoti davomida tarkib topa boradigan individual hususiyatlari ham yuzaga kela boshlaydi.Ana shu sababli ham insonning xar tomonlama kamol topa borishi va xususan , psixik jihatdan bog‘cha yoshidagi davrida olgan ta’lim tarbiyasiga bog‘liqdir. Bu haqida N.K.Krupskaya shunday deb yozgan edi: «yosh bolalik chog‘laridan qolgan taasurotlari juda katta ahamiyatga ega». Mashhur rus pedagoglaridan Lestgafning fikricha, insonning boshqa yoshdagi davri shunday bir davrki, bu davrda unda kelgusida qanday harakter hislatlari paydo bo‘lishi belgilanadi va axloqiy harakter-ning asoslari yuzaga keladi. Insonning ka- mol topa borishda bog‘cha yoshidagi davrning ahamiyatiga doir Lestgafning bu fikri buyuk rus pedagogi A.S.Makarenkoning quyidagi fikriga to‘la mos keladi. A.S.Makarenko bolalarni juda kichiklik davridan boshlab tarbiyalash zarurligi haqida gapirib, tarbiyaning eng muhim asoslari bolaning 5 yoshgacha bo‘lgan davri mobaynida yuzaga keltiriladi. Mana shu davrda qilingan ish butun tarbiya prosessining 90 % ni tashkil etadi ,degan edi. Haqiqatdan ham bolaning bog‘cha yoshidagi davri shu qadar mazmun-dor va aktiv davrdirki , bu davr bolaning kelgusi o‘sishida albatta o‘z aksini qoldiradi. Lekin bundan bolaning bog‘cha yoshidagi davri , uning qanday odam bo‘lib chiqishni batamom belgilab beradi, degan ma’no kelib chiqmaydi . Mana shuning uchun bola shaxsining shaklllanishi faqat bog‘cha yoshidagi davr bilangina bog‘lab bo‘lmaydi. Umuman inson o‘z tabiati ji- hatidan deyarli butun umri davomida tarbiyalanuvchi mavjudoddir. Lekin har bir odam harakteriga xos bo‘lgan shaxsiy xislatlarning yuzaga kelishida uning har bir yosh bos- qichida olgan ta’lim tarbiyasini aksi sezilib turadi. 6-7 yoshidagi davr o‘z ta’sir kuchi jihatidan g‘oyat ma’suliyatlidir Bola bogcha davrini o‘tib ,tayerlov guruxiga kelgach , uning yashash sharoitida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Birinchidan, bolatayerlov guruxi yoshiga o‘tgach, uning faoliyat doirasi ancha boshqacha mazmunga ega bo‘la boshlaydi . Ikkinchidan, bola tayerlov guruxiga o‘tgach, muayyan asosida mahsus pedagog tomonidan tarbiyalana boshlaydi. Bolaning yashash sharoitida yuzaga kelgan bu o‘zgarishlar uning psixik jihatdan o‘sishiga ta’sir etmay qolmaydi. Mana shuning uchun bola bog‘cha yoshidagi davrida faqat jismoniy jihatdangina o‘smay, balki psixik jihatdan ham taraqqiyotning yana bir yuqori pog‘onasiga ko‘tariladi. Bog‘cha yoshi-dagi bolaning har bir xatti – harakatidan uning mustaqilligi, nutq-ning elementar bo‘lsa ham , gramatik jihatdan to‘g‘ri shaklini amaliy o‘zlashtira boshlaganligi ko‘rinib turadi. Bog‘cha yo- shidagi bolalarning ko‘zga tashlanib turuvchi hususiyatlaridan yana biri ularning taqlid- chanlik va serharakatliklaridir. 6-7 yoshidagi davrida bolalarning naqadar serharakat bo‘lishlari barcha ota – onalarga tarbiyachilarga ma’lum bu yoshdagi bola butun kun davomi-da xilma – xil va tinimsiz harakat qilish orqali atrofdagi muhit va odamlar bilan munosabatda bo‘ladi. Binobarin, shunday xilma – xil harakatlar tufayli o‘z tasavvuri hamda bilim doirasini ken- gaytirib boradi. Bolalar psixologiyasida keng qo‘llaniladigan yana bir asosiy metod – ek- speriment metodidir. Eksperiment metodi kuzatish metodiga nisbatan aktiv metod xisobla- nadi. Eksperiment metodida u yoki bu psixik protsessni kachon yuzaga kelishini kutib o‘tirmay, bu protsessni eksperimentatorning o‘zi yuzaga keltiradi. SHuningdek o‘rganila- yotgan psixik protsessni bolalarda bir necha marta takrorlab o‘rganishmumkin, yana kulay tomoni shundaki, bu metod kuzatish metodi singani ko‘p vaqt talab qilmaydi. Eksperiment metodi 3 ga bo‘linadi: 1) laboratoriya eksperimenti, 2) tabiiy eksperiment. 3) pedagogik- psixologik eksprement metodi. Laboratoriya eksperimenti maxsus tashkil kilingan laboratoriyalarda turli asboblar yordami bilan o‘tiladi. Tabiiy eksperimentda biror psixik protsess o‘rganilayotganda maxsus sharoit yuzaga keltiriladi. Bolalar psixologiyasida eksperimentning har ikkala tu- ridan keng foydalaniladi. Biroq bu metodlardan bolalar psixiologiyasida foydalanishning o‘ziga xos tomoni shundaki, bog‘cha yoshidagi bolalar laboratoriya sharoitida o‘tkaziladigan eksperimentlar bilan tabiiy sharoitda o‘tkaziladigan eksperimentlarning farqiga bormaydilar. Har ikkila holda ham, tajribalar vazifa tarzida emas, balki o‘yin tarzida o‘tkazilsa yaxshi natija beradi. Eksperiment metodidan guruh-larda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar paytida keng foydalanish mumkin. Masalan: turli yoshdagi bog‘cha bolalar bilan o‘tkaziladigan didaktik mashg‘ulotlarda tabiiy eksperiment metodini qo‘llash mum- kin. Bunda bolalarga xar xil hayvonlar, parrandalar, mevalar, sabzavotlar tasvirlangan rasmli kartochkalarni aralash xolda berib, ularni guruhlarga ajratish topshiriladi. Bolalar bu narsalarni qanday belgilariga qarab guruhlarga ajratishlarida ularning umumlash-tirish xususiyatlarini o‘rganish mumkin. Odatda, guruh sharoitida o‘tkaziladigan bunday eksper- imentni tabiiy eksperiment deb yuriti-ladi. Bolalar psixologiyasida tarkib toptiruvchi ek- speriment meto-didan ham foydalaniladi. Bunda bolalarning u yoki bu xususiyati (psix- ologik xususiyati) tarkib toptiriladi va mustahkamlanadi. Masalan:6-7 yoshidagi bolalar ayni bir vaqtning o‘zida butunni va uning tarkibiy qismlarini to‘la idrok qila olmaydilar. Ular o‘z diqqatlarini yoki bir butun narsaning o‘ziga yoki uning bo‘laklariga qarata olmaydilar. Tarkib toptiruvchi eksperiment orqali bolalarni bir butun narsani uning qismlari bilan bir paytda idrok qilishga o‘rgatiladi. Buning uchun bolalarga bir butun narsaning obrazini yarata olish mashq qildi-riladi. (turli geometrik figuralar – doira, kvadrat, kub, foydala-niladi) Pedagogik eksperiment orqali biron ta’lim – tarbiya metodin- ing effektivligi aniqlanadi. Masalan: Biron tadqiqotchi bolalarni son – sanoqqa o‘rgatishning kandaydir yangicha metodini ishlab chiqqan bo‘lsa, uni pedagogik ekspe-riment metodi orqali sinab ko‘radi. Buning uchun oldindan bog‘cha(MT) ma’muriyati bilan kelishib 1 ta eksperimental va 1 ta nazorat guruh-ini belgilab oladi. SHundan so‘ng tadkikotchi eksperimental guruhda yan- gicha metod bilan elementar mavhum tasavvurlarni o‘stirish mashg‘u-lotini o‘tkazadi. Nazorat guruhida esa bu mashg‘ulotlar odatdagi eskicha metod bilan davom -ettirilaveradi. 1-2 oydan so‘ng har ikkala guruh-dagi bolalarning o‘zlashtirishlari taqqsolab ko‘riladi. Agarda eksperimental guruh bolalar yangicha metod bilan o‘zlashtirishlari nazorat guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishlaridan anchagina samarali bo‘lib chiqsa, bu metod boshqa hamma bog‘chalarga ham tarqatiladi. Bordi-yu, agar natija nazorat guruhdagi bo- lalarning o‘zlashtirishlaridan yomon, ya’ni past bo‘lib chiqsa, yangicha metod bilan mashg‘ulot o‘tish darhol to‘xtatiladi. Bolalar psixologida asosiy metodlardan tashqari yordamchi metodlar-dan ham keng foy- dalaniladi. Bolalar psixiologiyaning yordamchi metod-laridan – faoliyat mahsulotlarini o‘rganish metodidir. Bolalar ham xuddi kata odamlar singari doim ma’lum faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Faoliyatlari jarayonida turli narsalarni, mahsulotlarni yuzaga kelti- radilar. Ana shu narsalarda, mahsulotlarda bolalarning psixik protsesslari va psixologik xususiyatlari o‘z aksini topadi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning faoliyatlari-- o‘yin, rasm chizish, plastilin yoki loydan biron narsa yasash, applikatsiya, qurish –yasash kabilardan iboratdir. Ana shu faoliyatlarining natijasiga qarab bolalarning mayl va istaklari, ehtiyoj va qiziqishlari, qobiliyat va layoqatlarini o‘rganish mumkin. Masalan: bolalarning chizgan rasm-larida ular idrokining xususiyatlari va atrofdagi narsa va hodisalar haqidagi tasavvurlarini ko‘rish mumkin. SHu sababli bu metoddan bolalar psixologiyasida keng foydalaniladi. Bolalar psixologiyasi so‘rash – suhbat metodidan keng foydalaniladi. Bu MTT maktab ta’limiga tayyorlashda ijtimoiy – psixologik tayyor-garlik deganda nimani tushunasiz? --- Bog‘cha yoshi davrining psixologik xususiyatlari nimalardan iborat? --- Ijtimoiy - psixologik tayyorgarlik qanday amalga ishiriladi? ----Kaysi metodni 6-7 yoshli bolalarga nisbatan qo‘llash mumkin? Bunda bolalarga turlimavzularga doir savollar beriladi va ulardan og‘zaki suhbatning mavzui va suhbat paytida bolalarga beriladigan savollar oldindan yaxshilab uylab olinadi. Suhbat jarayonida javoblarni yozib olib, keyinchalik javoblarni taxlil qilish mumkin. Su- hbat metodini o‘tkazishda quyidagilarga rioya qilish talab etiladi: Suhbatning mavzusi va mazmuni bolalarning taraqqiyot arajalariga va yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak. Savollar rejali va maksad asosida tuzilishi kerak. Suhbat paytida «ha» yoki «yo‘q» demay, tuliq javob olish kerak. Suhbatni haddan tashqari cho‘zib yubormaslik kerak. Suhbat orqali bolalarning bilishlari, narsa va hodisalar haqida tasavvurlari, qiziqishlari va odamlar bilan bo‘lgan munosabatlarni o‘rganish mumkin. Bolalar psixologiyasida so‘nggi yillarda test metodi qo‘llanila boshlandi. Test so‘zi inglizcha bo‘lib, o‘lchash degan ma’noni bildiradi. Test metodi orqali bolalarning umumiy aqliy taraqqiyot darajalari va ayrim psixik protsesslarining (tafakkur, xayol, xotira) qanchalik rivojlanganlik darajasi aniqlab taqqoslanadi. Test metodi yordami bilan bolalarning o‘z yoshlariga nisbatan normal taraqqiy etganlik-lari yoki orqada qol- ganliklarini ham aniqlash mumkin. Qo‘llaniladigan testlar orasida intellektual testlar deb (ataladigan) testlar katta ahamiyatga ega. Intellektual testlar – bolalarning umumiy aqliy taraqqiyot darajalari aniqlanadi. Test vazifalari bolalarning o‘yin faoliyatlari bilan bog‘lansa, bolalar bunday vazifalarni bajonu dil bajaradilar. Masalan: biron butun narsan- ing mayda bo‘laklarga ajratib tashlangan qismlarini birlashtirish, mayda bo‘lakchalardan mu- rakkab va chiroyli annimatsiyalar yasay olish, turli labirintli suratlardan tug‘ri yulni topa bilish vazifalaridan foydalanish mumkin. Masalan: test metodida bolalarga topshirilidigan vazifalar bir necha variantda bo‘lib, ular kuchlari etgan variantlardagi vazifalarni bajaradilar. Xar bir bajarilgan vazifaga ball sismasida baho quyib boriladi. Vazifalardan qanchasini bajarganligi va tuplagan baliga qarab, bolalarning o‘rtacha taraqqiyot darajasi elgilanadi,aniqlanadi. Bolalar psixologiyasida so‘nggi yillarda sotsiometriya metoddan foydalanila boshlandi. Sotsiometriya metod yordamida shaxslarning kollektivdagi munosabatlari masalasi o‘rganiladi. Bolalar psixo-logiyasida esa sotsiomet- riya metod yordami bilan xar bir guruhda bolalarning o‘z tengqurlari urtasida yuzaga ke- layotgan o‘zaro munosa-batlari va ularning guruhda tutgan mavqeilari o‘rganiladi. Bolalar psixologiyasida tadqiqot metodlari bilan tanishish tarbiya-chilar va pedagoglar uchun amaliy ahamiyatga egadir. Bu metodlardan ta’lim – tarbiya ishlarida bolalarning psixik protsesslarini taraq-qiyotini bilib olish uchun, shuningdek bolalar bilan individual munosabatda bo‘lishda, ularning individual – psixologik xususiyatlarini bilib olishda keng foydalaniladi. «Agar pedagogika odamni xar jixatdan tarbiyalamokchi bo‘lsa, u oldin usha odamni xar jixatdan bilib olishi kerak» - deb yozgan edi. K.D.Ushinskiy. SHuning uchun ta’lim – tarbiyaviy ishlarni tug‘ri tash-kil qilish uchun bu metodlar bilan tanish bo‘lish lozim. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: Bolalarning maktab ta’limiga tayyorlashda ijtimoiy - psixologik tayyorgarlik deganda nimani tushunasiz? Bog‘cha yoshi davrining psixologik xususiyatlari nimalardan iborat?3. Ijtimoiy - psix- ologik tayyorgarlik qanday amalga ishiriladi? mavzu. BOLALARNING MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHDA IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH R E J A : MTT dasturi va maktabda bolalarning ijodkorligi Bolalarni maktabga tayyorlashda ijodkorlik faoliyati mashg‘ulotining ta’limiy vazifasi Bolani ijodkorlik faoliyati mashg‘ulotlarida maktabga tayyorlash Tayanch tushunchalar: ijodiy faoliya, jamoada ishlash, ijod, konkretlashtirish, rejalashtirish. Ijodiy faoliyati bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) dasturi va maktabda Ijodiy san’at dasturi bolalarda tevarak atrofga nisba-tan, san’at bolalarda estetik munosabatni tarbiyalash ijodiy qobi-liyat va tasvirlashlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) mashg‘ulotlarida, maktabda muvaffaqiyatli o‘qib ketishlari uchun zarur bo‘lgan vazifalar xal etiladi. Rasm, appli-katsiya, loy ishlari jarayonida bolalarda fikr yuritishning analiz, sintiz, takrorlash, konkretlashtirish kabilar shakllanadi. SHuning-dek bu jarayonlarda bolalar jamoada ishlashga, o‘z harakatini o‘rtoq-larining harakatiga bo‘ysindirishga o‘rganadilar. Bolalar bog‘chasida Ijodiy faoliyati mashg‘ulotlari bolalarda, o‘quv faoliyatida zarur bo‘lgan malaka ko‘nikmalarni shakllantiradi. Bular: Topshirikni tinglash va edda tutish ma’lum vakt orasida bajarish o‘z ishini re- jalashtirish va baxolashga, boshlangan ishni oxiriga etkazishga, xato va kamchiliklarini topishga va uni tuzatishga material kurollarini va ish joyini tartibga saklashva boshkalar. Pedagoglarning olib borgan tekshirishlari shuni kursatadiki bolalar bogchasida ta’lim-tarbiyaning bunday tizimi bolalarni maktabga tayyorlashga ta’sir kursatadi. SHuningdek boshka psixologlar E.A. Labunskiy va bosh- kalar tomonidan maktab o‘quvchilarining tasvirlash faoliyatini urganish jarayonlari shuni ko‘rsatib o‘tadi, maktabda Ijodiy san’at darslarini tuzilishi, bolalarning bogchasida olgan bilim, malaka va ko‘nikmalar asosida ularni xisobga olgan xolda tashkil etiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarii (MTT) Ijodiy faoliyat mashg‘u-lotlarda bolalar asosan amaliy ish bajaradilar, san’at asarlarini bilan rasmga karab xikoya kilish kitobdagi ilyus- tratsiyalarni kurib chikish jarayonida tanishadilar, maktabda Ijodiy san’atning turlari rang tasvir, grafik, xaykaltaroshlik va dekorativ san’at asarlar bilan yanada chuqurroktanishad- ilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotida Ijodiy faoliyat mashg‘ulotlari xilma-xildir, rasm, mazmunli deko-rativ va loy applikatsiya mashg‘ulotlari. Maktabgacha ta’lim tashkilotida mashg‘ulotlarning hammasiga katta ahamiyat beriladi. Maktabda esa Ijodiy san’at darslarida rasm (naturaga karab) mavzu asosida va dekorativ turlari o‘tkaziladi. Bunda predmetli rasm buyicha naturaga karab rasm chizish o‘quv predmeti ahamiyatiga ega buladi. Loy applikatsiya, kurish-yasash buyicha amaliy ishlar maktabda ishlar qo‘l mexnatiga kiritiladi. Boshlangich sinf Ijodiy san’at das- turini analizi, ishni kursatadiki, predmetli, rasm buyicha o‘quv vazifaari- ni ancha murakablik kiritilishdan tashkari bolalar bogcha dasturi buyicha ayrim takrorlash ishlari kiritildi. 1-sinfda bolalar doira, kvadrat, turtburchak, oval kabi tuzilishga ega bo‘lgan predmetlarni aniklashga o‘rganadilar, bolalar oldiga bogchada kuyilgan vazifa rasm chizish texnikasini egallash buyicha kuyiladi. Bunga sabab, hamma bolalar bog- chadan maktabga kelmaydilar va shu sababli bolalar bilan ishni maktabga kelguncha tayyorlov guruxda olgan bilimlaridan boshlash lozim. Mavzu asosida rasm chizish bolalar bogcha-sida utkaziladigan mazmunli rasmni davomi sifatida o‘tka-ziladi. Bolalar tevarak -atrofdagi hodisa va predmetlarni kuzatib, ko‘rib chiqadilar, so‘ng xotiralariga asoslanib, ularni chizadilar. Talabalar obektlar o‘rtasidagi mazmunli bog‘lanishlarni asvirlashga uzoqdagi predmetlarni kichiklashtirib tasvirlaydilar. Dekorativ rasm maktabda texnik tartiblar bo‘yicha vazifalarko‘yiladi, ya’ni naksh tuzilishi ketma-ketligida tasvirlash bilan birgalikda yordamchi chiziklardan foydalanish va o‘z ishlarda xalk amaliy deko-rativ san’at elementlaridan foydalanishga san’at xakida o‘tkazila-digan dars suxbat jarayonida urganadilar. Bolalarni Ijodiy sanatga urgatish metodlaridan bolalarni xususiyatlarini xisobga olgan xolda foydalanish lozim. Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar va kichik tinglovchilarining ish xususiyatlari o‘rtasida kup yakinlik bor. SHuning uchun u yoki bularni urgatish metodikasi urtasida ham kup o‘xshashlik bor. Maktabda ukituvchining rasmini ba’zi bir elementini kursatish va shu jarayonda tushuntirish tarbiyachining ish usullarini ko‘rsatib berishga yakin turadi. Mak- tabda ishning ketma-ketligi tartibli kurinishda buladi Agar tasvirlanadigan predmetning tuzilishi sodda bulsa, tartib tushintirilgandan sung, o‘chirib tashla-nadi. Agarda murakkab tuzilishga ega bo‘lgan pred- metni tasvirlanganda esa, ukituvchining doskada kursatib berishi bilan ketma-ket tas- virlaydilar. Ukituvchi predmetni umumiy konturini kalamning uchi bilan engilgina bel- gilab chikib, uning kengligini balandligini ham belgilab ko‘rsatadi. So‘ng talaba predmetni xomaki rasmi bilan naturani solishtiribuning kismlarini, shaklini aniqlaydi, tuzatadi. Ish jarayonida ko‘rsatish va analiz kilish uchun rasmlar to‘plami, bolalar kitobchalaridagi rangli rasmlar, shuningdek, o‘kuv harakteriga ega bo‘lgan alohida rasmlaridan foydalanadi. Rasm bo‘yi- cha o‘tkaziladigan har bir dars ukituvchining suhbatidan va tushuntirishdan va rasmni ni- madan boshlash kerakligini tushuntirishdan boshlanadi. Ishni amaliy bajarilishga o‘tishda o‘qituvchi bolalarining tartibli ravishda chizishi va qoida va yullarni eslatib turadi. Katta bog‘cha yoshidagi bolalar va kichik maktab o‘kuvchilarining ishiga yoki rasmiga qo‘yilgan talablar bir-biriga juda yaqin. Bolalar ishini analiz qilishda diqqatni predmet pro- porsiyasi, konstruksiyasi, kism-larining bog‘likligi, rang va kompozitsion to‘zilishiga tor- tish lozim. SHunday qilib boshlang‘ich sinflarda ta’lim-tarbiya masalalarining muvaffa- qiyatli hal etilishi, bolalar bog‘chasida olib boriladigan Ijodiy faoliyat mashg‘ulotlari bilan uzviy ravishda olib boriladi. Bolalarni maktabga tayyorlash maktabgachata’limtash- kilotlarida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari katta guruxdagi kuzatishlar bo‘yicha rasm chizishga katta e’tibor beriladi, chunki bu narsa bolalarni naturaga qarab rasm chizishga tayerlashda etap hisoblanadi. Bu narsa bolalarda ko‘rish xotirasini rivojlantiradi, ba’zida predmet bolalarda natura sifatida to‘g‘ri tasvirlashga yordam beradi. Bolalar guruxdagi olib boriladigan Ijodiy faoliyat mashg‘ulotlarida, qalamdan, mo‘yqalamdan erkin foydalanishga o‘z harak- terini va qo‘l kuchini idora etishga o‘rganadilar. Bu malakani egallash, bolalarda qo‘lini engil, erkin bir tekisdagi harakat qilish xususiyatlarini rivojlantiradi. Bolalar urlisha- kldagi,katalikdagi, turli proporsiyadagi predmetlarni chizish jarayonida predmetning ish xususiyatiga qarab yo‘nalishni saqlash zarurligiga, harakatini, predmetning uzunligiga mos ravishda harakatlanishga o‘rganadilar. Bolalar bog‘chasida olib boriladigan Ijodiy faoliyat materialdan toza va tartibli foydalanishga o‘rganadilar ularni toza saqlashga faqat zarur materiallardan foydalanishga, ularni ishlatish yo‘llarini rejalashtirishga o‘rganadilar. Bu mashg‘ulot bolalarda diqqatni, ko‘rish xotirasini rivojlan- tiradi. Bolalar bog‘chasining tayyorlov guruxida naturaga qarab rasm chizish yoki tasvirlashga nisbatan talablar oshadi va bu talablar maktab talabiga yaqinlashadi. Bolalar naturani analiz kilishga butun umumiy formani xomaki qog‘ozga tu- shirib olishga, rasmni naturaga solishtirishga, xato va kamchiliklarini to‘g‘rilashga, naturaga o‘xshatishga urinadilar. Naturaga qarab tasvirlashda ishning ketma-ketligini ko‘rsatib, bolalar bog‘chasining tayyorlov va katta guruhida o‘rganishning boshlan-g‘ich bosqichidagina amalga oshiriladi. Ko‘rsatishda doimo foydalanish, bolalarni rasmni mexanik ravishda ishlashga odatlantirib qo‘yadi. Bolalar naturaga qarab tasvirlash bularning barchasi bolalarni barcha darslarda ayniqsa qarab asvirlash bularning barchasi bolalarni barcha darslarda ayniqsa mehnat dars- larida o‘quv faoliyatining muvaffaqiyatli bo‘lishiga ta’sir etadi. Bolalarni Ijodiy faoliyat mashg‘ulotlari geometrik shakllarni topa yoki ko‘ra olishga, ularni terminlar bilan atashga, kengligi kattaligi, o‘zunligi, balandligini, kismlarning bir- biriga nisbatan fazoviy joylashishini bilan tanishishni bolalarni maktabni 1-sinfda ele-men- tar matematik tushunchalarini puxta egallashlariga yordam beradi. Bolalar bog‘chasida kerakli materiallardan qurish, yasash bolalarda ko‘z bilan chamalashni shakllantiradi va bolalarni maktabdagi texnik darslarni egallashga yoki o‘zlashtirishga yordam beradi. Bo- lalar bog‘cha-sining katta guruhidagi naturaga qarab rasm chizish mashg‘ulotlarda manti- qiy fikr yuritishga, kuzatishga asosiy ajratib ko‘rishga pred-metni fazoviy xususiyatlarini analiz qilishga o‘zlari mustaqil ravishda tasvirlash vositalarini tanlashga o‘rganadilar. Bu- larning hammasi esa maktabda o‘qish jarayonida zarurdir. SHunday qilib, Ijodiy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalardagi badiiy did va ijodiy qobiliyatlar o‘sadi va bu orqali maktabda o‘qishga tayyorlanib boriladi. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: MTT dasturi va maktabda bolalarning ijodkorligini rivojlan-tirish o‘rtasidagi uzviylik qanday? Bolalarni maktabga tayyorlashda ijodkorlik faoliyati mashg‘ulotining ta’limiy vazifasi nimalardan iborat? Bolani ijodkorlik faoliyati mashg‘ulotlarida maktabga tayyorlashda nimalarga e’tibor qaratiladi? Download 304.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling