Respublikasi oliy va o‘rta


Mavzu: Kishilarning ism va familiyasida bosh harf. Maqsad


Download 228.89 Kb.
bet20/35
Sana04.02.2023
Hajmi228.89 Kb.
#1157488
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi

Mavzu: Kishilarning ism va familiyasida bosh harf.
Maqsad.Kishilarning ismi va familiyasida bosh harfni ishlatish ko‘nikmasini o‘stirish. Darsning borishi:

  1. Uy vazifani tekshirish. 1.Mashq ko‘rib chiqiladi.

2.O‘qish kitobidan qaysi yozuvchilar ismini yozdingiz deb so‘raladi va 4-5 o‘quvchiga alifbo tartibida yozganlar o‘qitiladi.

  1. Kishilarning ismi va vamiliyasida bosh harf bilan boshlab yozuv ko‘nikmasini o‘stirish yuzasidan mashq.

  1. Nuqtalar o‘rniga bolalar ismini qo‘yib yozgan javoblar 2-3 o‘quvchiga o‘qitiladi. 188-mashq.

  2. Uzluksiz berilgan matndagi gaplar chegarasini qanday aniqlab yozganlarini o‘qib tushuntiradilar. 189-mashq.

  3. “Onangiz va otangizning familiyasi va ismini ayting” degan vazifani bajaradilar va daftarlariga yozadilar.

  1. Darsni yakunlash.

  2. Uyga vazifa 190-mashq.

Keyin talabalarga mustaqil ravishda 3-sinfda ot so‘z turkumi, otlar birlik va ko‘plikda,ot yasovchi qo‘shimchalar mavzusiga oid dars reja konspekti ustida ishlaydilar. 3-sinf ona tili darsligidagi mavzuga oid mashqlar bajariladi.
229-mashq.Berilgan otlarga ot yasovchi –chi, -kor, -zor, -loq qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib otlar hosil qiling. Ijod+kor, pardozchi, gallakor, archazor, atlaschi, chamanzor, suvoqchi, qumloq.
Shu tartibda mashlar bajartiriladi. 4-sinfda talabalarga otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo‘llanishi, otlarning kelishik qo‘shimchalar bilan tuslanishi mavzulari o‘tilishi haqida ma’lumot beriladi.Otlarning egalik qo‘shimchalar bilan qo‘llanishini o‘rgatish mavzusi o‘quvchilar uchun murakkab jarayon hisoblanishi aytib o‘tiladi. Chunki, bu mavzu o‘rganilganga qadar o‘quvchilar shaxs tushunchasi
bilan hali tanishtirilmagan bo‘ladilar. Bu mavzuni o‘tishdan oldin o‘quvchilarga egalik so‘zini leksik ma’nosini tushuntirish lozim ekanligi talabalarga aytib o‘tiladi.
Shuningdek otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi mavzusini o‘tishdagi izchillik haqida o‘qituvchi talabajarga ma’lumot beradi.Ya’ni bu sinfda ot quydagi izchillikda o‘rganiladi.

  1. Otlarning kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish.

  2. Ko‘plikda otlarning turlanishini o‘ganishi .

  3. Har – bir kelishikning xususiyatlarini alohida va u bilab bo‘g‘liq holda, kelishik qo‘shimchalarining yozilishi haqida ko‘nikma hosil qilish.Talabalar 4-sinf ona tili darsligidagi mashqlar ustida ishlaydilar. Shunday qilib talabalar boshlang‘ich sinflarda ot yaxlit holda, o‘rganilishi va uni o‘rganish o‘quvchilar shu so‘z turkumining belgilarining vazifasini o‘zlashtirishga shuningdek, ularda kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri yozish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilishini bilib oladilar.

Download 228.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling