Respublikasi oliy va o‘rta


Download 228.89 Kb.
bet22/35
Sana04.02.2023
Hajmi228.89 Kb.
#1157488
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi

Dars ishlanmasi


Mavzu: Nechta? qancha? yoki nechanchi? so‘roqlaria javob bo‘lgan so‘zlar.
Maqsad: Sanoq va tartibni bildirgan so‘zlarni aniqlash va ulardan nutqda ongli foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish.
Darsning borishi:

  1. Uy vazifasini tekshirish.

  2. Sanoqni va tartibni bildirgan mazmuniga mos so‘zlarni qo‘yib matnni yozish. 261-mashq

  3. Maqolalar ustida ishlash. Sanoqni bildirgan so‘zlarni aniqlash 262-263-mashlar.

  4. O‘yin “Qancha qoldi?” To‘qqiz vagon bor poyezd Chiqdi janub tomonga. To‘qqiz tadan televizor Yuklangan har vagonga.

Qirqda televizorni Jizzax, Samarqand oldi. Xo‘sh qancha televizor Termiz shahriga qoldi.
B.Omonov.
O‘quvchilar she’rni o‘qiydilar.Sanoqni bildirgan so‘zlarni aniqlab,o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga yozadilar.(Qancha?) To‘qqiz vagon, (Qancha?) Qirqta televizor.Javob. (Qancha?) Qirq bitta televizor qoldi.
264-mashqdagi “Pul” matni orqali iqtisodiy bilim beriladi. Matn o‘qilib, savollarga javob beriladi. So‘ng grammatik topshiriq bajartiriladi.

  1. Darsni yakunlash.

  2. Uyga vazifa. 265-mashq.Sheyriy topishmoqni ko‘chiring.Sanoqni bildirgan so ‘zlarni savollar berib aniqlang.

3-sinfda “Son-so‘z turkumi” tushunchasi kiritiladi. O‘quvchilarga son predmetning miqdorini bildirishini otga bog‘lanib kelishi yordamida aniqlash ko‘nikmasi o‘stiriladi. Bularni o‘rganishda sonning leksik xususiyatlariga asoslanishi talabalarga aytib o‘tiladi.
Dars ishlanmasi
Mavzu: Son- so‘z turkumi.
Darsning maqsadi: Shaxs narsalarning sanog‘ini bildirgan so‘zlarni gap tarkibidan ajratish, ularga so‘roq berishga o‘rgatish, sonlarni o‘zi bog‘lanib kelgan so‘zlar bilan yozish malakasini rivojlantirish, o‘quvchilarda do’stlik -o‘rtoqlik, mehnat, mehnatsevarlik hissini tarbiyalash.
Darsning turi: bilimlarni hisobga oluvchi, yangi bilim beruvchi. Darsning jihozi: turli narsalarni tasvirlovchi rasmlar.
Darsning borishi.

  1. Darsga qadar doskaga yozib qo‘yilgan quydagi matn o‘qitiladi.

Sinfimizda o‘ttizta o‘quvchi bor. Ular o‘n besh qiz, o‘g‘il boladan iborat. Men uchinchi partada, Husan to‘rtinchi partada o‘tiramiz.Sinfimizdagi yigirma o‘quvhi besh bahoga, o‘n o‘quvchi to‘rt bahoga o‘qiydi.Ularning hammasi bir- birini hurmat qiladi.
-Sizning sinfingizda nechta o‘quvchi bor?
-Siz bir-biringiz bilan qanday munosabatdasiz?
-O‘qishda, ishda o‘rtog‘ingizda qanday yordam berasiz?
Yuqoridagi gaplarni o‘qib savollar yordamida sonlar aniqlanadi va xulosalanadi.
Darslik bilan ishlash 261-mashqni bajarish orqali son haqidagi bilimlar mustahkamlanadi. Mashqda berilgan gaplar o‘qitilib, har qaysi gapdagi shaxs va narsaning sanog‘ini bildirgan so‘zlar aniqlanadi. Ular bilan bog‘langan so‘zlar birgalikda aytiladi.

    1. Mustaqil ish.

Mustaqil ish uchun topshiriq. Matn doskaga yoziladi O‘quvchilar narsalarning sonini bildirgan so‘larninig tagiga to‘lqinli chiziq -chiziq chiziladi.

    1. Husnixat mashqlari.

O‘quvchilar matnni doskadan husnixat qoidalariga rioya qilgan holda ko‘chirib yozadilar. Savollar yordamida matn mazmuni ochiladi.

    1. Darsni yakunlash. 6.Uyga vazifa 262-mashq.

7.Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va reyting ballari e’lon qilinadi.

  1. sinfda sanoq va tartib sonlarning harf, rim va arab raqamlari bilan yozilishi qo‘sh undoshli sonlarning, grammatik shakllangan sonlarning (ikkov, o‘ntacha, beshtadan) imlosi sonlarning gramm, kloggramm, metr, letr, so‘m, tiyin so‘zlari bilan qo‘llanishi va shu so‘z bilan bitta so‘roqqa javob bo‘lishi o‘rganiladi. O‘quvchilarning sonlarning otga bog‘lanishi, so‘roqlar yordamida sonni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chirish ko‘nikmalari o‘stiriladi.

O‘qituvchi yordamida talabalar bilan dars ishlanmalari tuziladi. 4-sinf ona tili darsligidagi mashqlar ustida ishlanadi.

Download 228.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling