Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet266/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

bob. ISTE’MOL, JAMG‘ARMA VA INVESTITSIYALAR

Oldingi boblardan ma’lumki, barcha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida yil davomida yaratilgan mahsulotning yig‘indisi yalpi ichki mahsulot deb ataladi. Shu bilan yalpi ichki mahsulot harakati to‘xtab qolmaydi, balki davom etadi va ayirboshlash, taqsimlash jarayonlaridan o‘tib, undan keyin turli xil talab va extiyojlarni qondirish uchun iste’molga borib tushadi. Taqsimlanish jarayonida eng avvalo, undan (YaIMdan) yil davomida iste’mol qilingan (eyilgan) asosiy vositalar qiymati ya’ni ammortizatsiya fondi ajratib tashlanib sof ichki mahsulot hajmi aniqlanadi. Mana shu sof mahsulotning puldagi ifodasi milliy daromad deb yuritiladi. Shu milliy daromad taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlaridan o‘tgandan keyin iste’mol fondi va jamg‘arma fondlariga ajraladi.
Ushbu bobda milliy daromad tarkibiy qismlari tahlili davom ettirilib, uning iste’molning mazmuni, turlari hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni kengaytirishga ijtimoiy taraqqiyotni amalga oshirishga ketadigan qismi bo‘lgan jamg‘arishning iqtisodiy mazmuni qarab chiqiladi. Ularning darajasini aniqlovchi asosiy omillar ko‘rsatib beriladi. Undan tashqari investitsiyaning mazmuni manbalari, uning jamg‘arma bilan bog‘liqligi ham yoritiladi.



    1. Bozor munosabatlari tizimida iste’mol va jamg‘arma, ularning mazmuni va o‘zaro bog‘liqligi

Milliy iqtisodiyotda yaratilgan yalpi ichki mahsulotdan shu yildagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalanilgan asosiy vositalarning eskirgan qismiga (eyilgan) teng miqdorda ammortizatsiya ajratmalari ajratiladi. Bu ajratmalar asosiy vositalarni qayta tiklash uchun ishlatiladi. Yalpi ichki mahsulotning qolgan qismi (sof ichki maxsulot) ya’ni, yangidan vujudga keltirilgan mahsulot sotilgandan keyingi uning puldagi ko‘rinishi milliy daromadni tashkil etadi. Undan iste’mol va jamg‘arish maqsadlarida foydalaniladi. Keng



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling