Respublikasi oliy va o‘rta
Download 1.87 Mb.
|
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xizmatlar hajmi, trln. so‘m 26,0 33,7 42,6
2.2-jadval O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha xizmatlar sohasi asosiy
ko‘rsatkichlarining dinamikasi1 1https://stat.uz/uz/432-analiticheskie-materialy-uz/2027-o-zbekiston-respublikasida-xizmatlar-sohasining- rivojlanishi
Aholi tomonidan har xil turdagi xizmat ko‘rsatish turlariga bo‘lgan talabning doimiy o‘sishi va davlat tomonidan ushbu sohaga aloqador infratuzilmalarni (ijtimoiy, transport-kommunikatsiya, savdo va boshqalar) rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan amaliy choralar xizmatlar sohasining barcha tarmoqlarini jadal rivojlanishini ta’minladi. Hozirgi sharoitda milliy hisoblar tizimi amal qilib turgan mamlakatlarda xizmatlar bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Bular quyidagilardir: iste’mol sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlar; ijtimoiy sohada ko‘rsatiladigan xizmatlar; ishlab chiqarish sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlar; taqsimot sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlar. Insonlarning moddiy va ma’naviy hayoti darajasini oshirish, turmush tarzini yaxshilash va takomillashtirishda xizmatlar sohasi muhim ahamiyatga ega. U moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni tejaydi, ishchining bo‘sh vaqtini ko‘paytiradi, mehnatining ijodiy mazmunini oshiradi, ish vaqtidan tashqaridagi nooqilona xarajatlarni qisqartiradi, insonlar hayotini yanada zavqli hamda yoqimli qiladi. Shu orqali O‘zbekiston aholisining barcha ijtimoiy guruhlari va qatlamlari hayotiy manfaatlarini yuzaga chiqaradi. Keyingi yillar xizmatlar sohasida ishlovchilar soni ma’lum bir sabablarga ko‘ra o‘sib bordi. Bu sabablar qatoriga ishlab chiqarishdagi takomillashtirishlar natijasida ko‘plab tovarlar kam ishchi kuchi bilan ishlab chiqarilishini kiritish mumkin. Bu holat ko‘plab ishchi kuchini ishlab chiqarish sohasidan ozod qildi va ularning turli xil xizmatlar ko‘rsatish sohalariga o‘tishiga sabab bo‘ldi. Mamlakatimizda xizmatlar bozori xizmatlarning yangi istiqbolli turlari – turizm, bank-moliya, sug‘urta, axborot-kommunikatsiya va boshqa xizmatlarni rivojlantirish hisobidan takomillashib bormoqda. Oilalarni murakkab maishiy texnika, kompyuter va shaxsiy avtotransport bilan ta’minlashni keskin oshirish ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tobora ko‘payishiga imkon yaratdi. Telekommunikatsiya tarmoqlari, kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va rekonstruksiya qilish milliy dasturlarining amalga oshirilishi, simsiz telefon aloqalarning o‘sishiga, uyali aloqa abonentlari va Internet tarmog‘iga jamoaviy ulanish joylari sonining ko‘payishiga olib kelmoqda. Hozirgi vaqtda, xizmatlar ishlab chiqarish iste’molchilarning daromadlari darajasi, didi va nimani afzal ko‘rishlariga qarab tabaqalanib bormoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholiga xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish quyidagi bir necha yo‘nalishlar orqali amalga oshirilishi lozim: xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida ustuvor o‘rinni egallaydi. Xizmatlar sohasida malakali marketolog-mutaxassislarning etishmasligi ko‘pincha tadbirkorlar intuitsiyasi va tavakkalchiligi hisobiga qoplanadi. Bu holat esa iqtisodiy samaradorlik va ilmiy-amaliy maqsadga muvofiqlikdan ancha uzoq. Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib, shuni ta’kidlash mumkinki, nazariya va amaliyotda xizmatlar marketingiga kam e’tibor beriladi hamda ushbu holat iqtisodiy nazariya va xo‘jalik amaliyotida salbiy ta’sir o‘tkazadi; O‘zbekistonda mavjud mahalliy xizmat ko‘rsatish korxonalarining rivojlanishi asosan tadbirkorlik va tashkiliy bosqichini o‘tmoqda. Xizmat ko‘rsatish korxonalarining kelajakdagi holatini belgilash ma’lum ma’noda xizmat ko‘rsatish quvvatlariga bo‘lgan talab o‘zgarishini oldindan baholashga bog‘liq. Shunday ekan, bu yo‘nalishda ilmiy izlanishlarni kuchaytirish, xizmat ko‘rsatish korxonalari boshqaruvini ilmiy tashkil etish xizmat ko‘rsatish sohasining yanada samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlab beradi. mamlakatimizdagi korxonalar faoliyatini qo‘shimcha moliyalash zaruriyati kelib chiqmoqda. Bu vazifa kredit tashkilotlarining mablag‘lari evaziga amalga oshirilishi mumkin. Xizmat ko‘rsatish sohasini kreditlashni huquqiy takomillashtirish bu vazifani bajarishdagi asosiy omillardan biri hisoblanadi; Xizmat ko‘rsatish korxonalarida korporativ madaniyatning shakllanishi va rivojlanishi, uning korxona mavqeiga ta’siri ushbu korxonada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarga bog‘liq bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatish bozorida korporativ madaniyatni shakllantirish esa bu soha rivoji uchun xizmat qiladi; xizmat ko‘rsatish sohasida marketing yondashuvini va uning zamonaviy xususiyatlarini keng joriy qilish; xizmatlar xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishning yangicha uslublarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Hajmlarning o‘sishi bilan birga, bozor xizmatlarining tarkibiy nisbatlari ham o‘zgardi. Xizmatlar umumiy hajmida transport xizmatlari qisqarib, yangi bozor xizmatlarining ulushi ko‘paydi. Umuman xulosa sifatida aytish mumkinki, mamlakatda iqtisodiyot subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan har qanday xizmat turlarining ikki tomonlama tabiatini o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Xizmatlar ham xuddi moddiy tovarlar singari ikkita hususiyatga (naflilik va qiymat) ega bo‘lib, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida o‘ta muhim ahamiyatga egadir. Respublikamizda xizmat ko‘rsatish sohalarida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, ushbu sohada investitsiya, soliq, pul-kredit va ilmiy-texnik siyosatni takomillashtirish hamda yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, bozor xizmatlarining tarmoq tuzilmasida sifatli tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirish ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash omillari hisoblanadi. Ushbu omillardan samarali foydalanish mamlakatimiz aholisiga turli xildagi xizmatlar ko‘rsatish va ularni iste’mol qilishning oqilona tuzilmasini shakllantirish hamda aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirilishini ta’minlash imkonini beradi. Bejizga “2017- 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da respublikamizda xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish va uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini oshirish uchun – “...turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiyalash va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish, yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” 1 - belgilab qo‘yilgan. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling