Respublikasi oliy va o‘rta


iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari – transport, aloqa, atom va elektr


Download 1.87 Mb.
bet374/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari – transport, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish. Bunda davlat mulk sohibi va tadbirkor sifatida o‘ziga qarashli korxona va tashkilotlarning iqtisodiy hayotida faol qatnashadi. Davlat tadbirkorligi ma’lum doirada amal qilib, ko‘pincha texnologiya sharoiti xususiy kapital uchun qulay bo‘lmagan korxonalar doirasi bilan cheklanadi. Davlat tadbirkorligi bir tomondan, ma’lum sharoitlarda iqtisodiy o‘sish uchun zarur bo‘lsa, ikkinchi tomondan vaqt o‘tishi bilan samarasiz bo‘lib qolishi ham mumkin. Bunday holda ular xususiy tadbirkorlik obyektiga aylantiriladi.

Mamlakatimizda «iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifa – eng avvalo, davlatning boshqaruvchilik vazifalarini – funksiyalarini qisqartirish, uning korxonalar xo‘jalik faoliyatiga, birinchi galda xususiy biznes faoliyatiga aralashuvini cheklash»1 hisoblanadi;

    1. narxlar va ish haqini «muzlatib» qo‘yish siyosati. Bu iqtisodiyotni tartibga solishning inflyatsiyaga qarshi tadbirlari hisoblanib, inflyatsiyani yumshatishga qaratiladi. Mazkur siyosatni yuritishda narxlar va ish haqini oshirish qonun bilan taqiqlanadi yoki ma’lum doira bilan cheklanadi. Inflyatsiyaga qarshi tadbirlar ta’sirida inflyatsiya darajasining pasayishi investitsiyalar hajmining oshishini rag‘batlantiradi;

v) ish bilan bandlik xizmati (mehnat birjalari) faoliyatini tashkil qilish. Davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko‘radi. Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta’minlanmaganlarga nafaqa beradi, muhtojlarga yordam ko‘rsatadi;
g) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish. Bunday qonunlar qatoriga monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik to‘g‘risidagi, bank sohalari, qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlar kiradi.
1 Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: «Yangi asr avlodi», 2001, 62-bеt.
Shu orqali bozor munosabatlarining rivojlanishi qonun yo‘li bilan kafolatlanadi, turli mulk shakllarining daxlsizligi ta’minlanadi, monopoliyalarga yo‘l berilmaydi va erkin raqobat uchun sharoit yaratiladi.
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va budjet siyosatida o‘z ifodasini topadi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling