Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet403/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Jahon xo‘jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish

Butun jahon xo‘jaligining tashkil topishi uning iqtisodiy hayotining baynalminallashuvi davlatlararo xo‘jalik aloqalarini tartibga solishning mexanizmini yaratish zarurligiga olib keldi. Hozirgi davrda qandaydir tartibga soluvchi tuzilma amal qilmaydigan xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasini topish qiyin. Jumladan, moliya, valyuta va kredit sohalarida Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro ta’mirlash va rivojlanish banki (XTRB), jahon savdosi sohasida – Tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuv – Jahon savdo tashkiloti (TSBK JST)ni ko‘rsatish mumkin.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish milliy-tashkiliy shakllardan boshlanadi. Xo‘jalik hayotining baynalminallashuv jarayoni dastlab milliy davlatlar faoliyatini xalqaro uyg‘unlashtirishga, keyin esa davlatlararo va xalqaro tashkilotlar tuzilishiga olib keldi.
Huquqiy ma’noda tartibga solish xalqaro tartiblarni o‘rnatishga, ya’ni me’yoriy chegaralar va qoidalarni aniqlovchi kelishuvlarni ishlab chiqarishni yoki xalqaro aloqalarning qandaydir sohasini hal qilishda tomonlar zimmasiga majburiyatlarga amal qilishni yuklaydi. Umumqabul qilingan andozalar va qoidalarni o‘z ichiga oluvchi xalqaro tartiblar o‘z navbatida milliy tatibga solishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Birinchi xalqaro tashkilotlar XX asrning 20-yillarida tuzilgan bo‘lsada (Millatlar ligasi – 1919 yil, Xalqaro hisob-kitoblar banki – 1929 yil), xalqaro darajada jahon xo‘jalik aloqalarini ko‘p tomonlama tartibga soluvchi tuzilmalar ikkinchi jahon urushidan keyin shakllana boshladi.
1945 yil maxsus xalqaro uyg‘unlashtiruvchi muassasalar – Xalqaro valyuta fondi (XVF) va Xalqaro ta’mirlash va rivojlantirish banki (XTRB) tashkil topdi. Hozirgi davrda ham ularning ikkalasi muhim xalqaro tashkilot hisoblanib, jahon savdosi, xalqaro kredit va valyuta munosabatlari sohalarini davlatlararo tartibga solishning tartib-qoidalarini aniqlab beradi. Urushdan keyingi davrda tuzilgan Tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuv (TSBK), Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (YeIHT), NATOning iqtisodiy masalalarni uyg‘unlashtiruvchi komiteti (IMUK) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish davriga to‘g‘ri keldi.
Jahon savdosini erkinlashtirish ko‘p tomonlama shartnoma asosida harakat qiluvchi, xalqaro savdo tartib-qoidalarini qayd qiluvchi, 1948 yilning 1 yanvaridan buyon Tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuv (TSBK) nomi bilan faoliyat ko‘rsatib, 1995 yil 1 yanvardan Jahon savdo tashkiloti (JST) deb yuritiluvchi xalqaro tashkilot doirasidagi faoliyat bilan bog‘liq. Hozirgi davrda JST jahon savdo aylanmasining 45 qismidan ko‘prog‘ini tartibga soladi. JST milliy va
mintaqaviy darajada vaqti-vaqti bilan kuchayib boruvchi proteksionizmga qarshi
turadi, milliy manfaatlarni o‘zaro kelishtirishga yordam beradi. Uning faoliyati savdoda kamsitmaslik, savdoda tarifli va tarifsiz cheklashlarni aniqlashda teng asosda maslahatlashish kabi tamoyillarga asoslanadi. JST faoliyatining asosiy shakli qatnashuvchi tomonlarining ko‘p tomonlama savdo muzokaralarini o‘tkazish hisoblanadi. Ammo jahon savdosi raqobat kurashi asosida boradi, shu sababli o‘zaro maqbul qarorlarni qidirib topishga va savdoni xalqaro darajada tartibga solishga ko‘plab qiyinchiliklar bilan erishiladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yana bir ahamiyatga molik sohasi – bu valyuta-moliya sohasidir. Xalqaro moliyaviy munosabatlarni uyg‘unlashtirish XVF, XTRB, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) va shu kabilar doirasida amalga oshiriladi. «Katta sakkizlik» nomini olgan jahondagi yetakchi mamlakatlar (AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Yevropa ittifoqi) ning har yillik kengashi bu sohada muhim rol o‘ynaydi. Bu mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti 2018 yilda jahondagi barcha mamlakatlar YaIMning 51,3 foizini tashkil etgan (25.1-jadval).

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling