Respublikasi oliy va o‘rta


Erkin savdo to‘g‘risida Shimoliy Amerika bitimi (NAFTA)


Download 1.87 Mb.
bet413/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Erkin savdo to‘g‘risida Shimoliy Amerika bitimi (NAFTA) 1994 yildan boshlab amalda bo‘lib, o‘z ichiga AQSh, Kanada va Meksikani qamrab oladi. Bu mamlakatlarning o‘zaro savdo va kapital harakati asosidagi iqtisodiy aloqalarining miqyoslarini quyidagi ma’lumotlar orqali tasavvur etish mumkin: AQShda Kanada eksportining 75-80% (yoki Kanada YaMMning 20%) sotiladi. Kanadadagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tarkibida AQShning ulushi 75%dan, Kanadaning AQShdagi ulushi esa 9%dan ortiq. AQShga Meksika eksportining 70%dan ortig‘i yo‘naltirilib, AQShdan Meksikaga 65% import kelib tushadi.
Shimoliy Amerika integratsion guruhining mavjud tarkibi Yevropadagi integratsiya modelidan farq qilib, bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  • AQSh, Kanada va Meksika o‘rtasidagi iqtisodiy o‘zaro aloqalarning teng nisbatlarda emasligi;

  • bu guruh a’zolari rivojlanganlik darajasining keskin farq qilishi.

Erkin savdo to‘g‘risida Shimoliy Amerika bitimi (NAFTA)ning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:

  • barcha bojxona to‘lovlarini bekor qilish;

  • tovar va xizmatlar savdosidagi tarifsiz to‘siqlarning ahamiyatli qismini bosqichma-bosqich tugatib borish;

  • Meksikadagi Shimoliy Amerika kapital qo‘yilmalari uchun shart-sharoitlarni yaxshilash;

  • Meksika moliya bozorida AQSh va Kanada banklarining faoliyatini erkinlashtirish;

  • AQSh, Kanada va Meksika arbitraj komissiyasini tashkil etish.

Shuningdek, kelgusida nafaqat NAFTA doirasida ichki mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, balki boshqa Lotin Amerikasi mamlakatlari hisobiga uning tarkibini kengaytirish ham ko‘zda tutilmoqda.
Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) 1967 yilda tashkil topganligiga qaramay, faqat 1992 yilga kelib uning ishtirokchilari (Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur, Tailand, Bruney, Vetnam, Myanma, Laos) o‘z oldilariga 2008 yilga qadar yagona mintaqaviy erkin savdo hududini tashkil etish vazifasini qo‘ydilar. ASEANning a’zosi hisoblangan har bir mamlakatning iqtisodiyoti Yaponiya, AQSh, Osiyoning yangi industrial mamlakatlari iqtisodiyoti bilan chambarchas bog‘liq.
2018 yil 6 fevral kuni Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN)ga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlarining Singapurdagi navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkaziladi. Unda bir qancha masalalar muhokama qilingan. Jumladan:

  • Mintaqadagi aholining turmush darajasini yaxshilash uchun “aqlli shaharlar” tarmog‘ini yaratish;

  • Terrorizm va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni rivojlantirish;

  • Kiber va transchegaraviy tahdidlarga qarshi jamoaviy barqarorlikni shakllantirish;

  • Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli hududlar masalasi;

  • Myanmalik rohine musulmonlarining taqdiri.

Shuningdek, ASEANga a’zo mamlakatlarda aholining turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritilishi ko‘zda tutilgan.


    1. Download 1.87 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling