Resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish darajasini baholash masalalari
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
САНОАТ ИҚТИСОДИЁТИ
Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 3-сон 144 harakatga keltiriladigan buyumlashgan mehnatga nisbatan kamayishi ishlab chiqarishning rivojlanishi va mehnat sarfini tejashda shaxsiy omil rolining kamayishini bildirmaydi. Fikrimizcha, tejamli foydalanish tushunchasi- ning barcha resurslarga nisbatan ishlatilishi maz- munan resurslarning isrofgarchilikka yo’l qo’ymay, ma’lum me’yorlarga muvofiq holda ishlatilishini anglatadi. Resurslardan tejamli foydalanish, odatda, oqilona va samarali foydalanishdan farqli o’laroq, bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan cheklanmay, balki butun takror ishlab chiqarish bosqichlarini qamrab oladi. Umuman olganda, resurslarni tejash maxsulot birligiga ketayotgan xarajatlarning pasayi- shi, resurslardan foydalanish darajasining ijobiy tomonga o’sishi sifatida aniqlanadi. Bundan tashqa- ri, “resurslarni tejash” tushunchasi ularning sama- rali iste’moli natijasida olinadigan foyda, natijani ham taqozo etadi. Resurslar tejamkorligiga ikki tomonlama, ya’ni mutlaq va nisbiy tejamkorlik nuq- tai-nazaridan yondashish mumkin. Mutlaq tejam- korlik maxsulotni ishlab chiqarish va iste’mol qilish jarayonida uning tarkibiga kiruvchi jonli va buyum- lashgan mehnat miqdorining kamayishi darajasini tavsiflaydi. Biroq, bunda ishlab chiqarilgan maxsu- lotning naflilik darajasi va qiymati o’zgarmaydi. Nis- biy tejamkorlik tushunchasi ostida jonli va buyum- lashgan mehnat xarajatlari nisbatan barqaror bo’l- gan sharoitda ishlab chiqarishning foydali natijalari, ya’ni qiymat hajmining o’sishini ta’minlash jarayo- nini tushunish zarur. Shuning uchun resurslar te- jamkorligi muammosining hal qilinishi iqtisodiyot- ning samarali rivojlanishi uchun juda muhimdir. Tejamkorlik darajasini baholash nisbiy tarzda amalga oshiriladi. Agar jamiyat yagona individdan iborat bo’lsa, uning hatti-harakatini tejamkorlik nuqtai-nazaridan baxolash mumkin bo’lmas edi. Shunga ko’ra, tejamkorlik - jamiyat ijtimoiy-iqtiso- diy taraqqiyotining muayyan darajasida barcha re- surslardan tejamli foydalanish bo’yicha iqtisodiy munosabat bo’lib, ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashning asosiy omili hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorlik ham “xarajatlar - ishlab chiqarish” muammosini o’z ichiga oladi. Aniqroq aytganda, iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish jarayonida qo’llaniladigan taqchil resurs birliklari yig’indisi va iste’mol tovarlari yig’indisi o’rtasidagi aloqani tav- siflaydi[6]. Sarflangan xarajatlar hajmidan olingan maxsulot ning ortiqligi samaradorlikning o’sishini anglatadi. Iqtisodiyotning real sektorida faoliyat ko’rsa- tayotgan har qanday korxonada ishlab chiqarish- ning samaradorligini resurslar tejamkorligi asosida ta’minlash, uni rivojlanishining intensiv yo’liga o’tkazish orqali maxsulotlarning raqobatbardoshli- gini oshirish hozirgi davrning eng dolzarb vazifala- riga aylangan. Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish jara- yonlarining natijasi hamda samaradorligi ularning material resurslar bilan ta’minlanganligiga ham bevosita bog’liqdir. Chunki korxonalarda yara- tilayotgan maxsulot larning hajmi, sifati ulardagi material resurslarining yetarli bo’lishi hamda ular- dagi tejamli foydalanishni taqozo etadi[5]. Korxona- da material resurslardan foydalanishni baholash uchun uning faoliyatini chuqur va har tamonlama tahlil etishning ahamiyati juda kattadir. Ushbu maq- sadda tadqiqot ob’ekti sifatida olingan poyafzal ishlab chiqaruvchi kichik korxonada material re- surslardan foydalanish darajasiga baho berildi. Tadqiqot ob’ekti sifatida olingan korxona moddiy sig’imi katta bo’lgan tarmoqlar jumlasiga kirganligi tufayli ularda materiallardan foydalanish- ni tahlil etish asosida materiallarning iqtisod qilish- ning ichki imkoniyatlarini aniqlashning ahamiyati kattadir[2]. Tahlil maqsadida quyidagi jadval ma’lumot- laridan foydalanildi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling